Kuchlanish kuchaytirgichi.
13.3-rasm. Kuchlanish kuchaytirgichida transiztorning ishlatilishi: (a) oddiy sxema, (b) aralash sxema.
Elektron sxemalarda signallar doimiy yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Bunday qurilmalar, masalan mikrofon o‘zgaruvchan kuchlanish hosil qiladi, hosil bo‘lgan kuchalnish kuchaytirilish zarur. Ba’zi signal manbalari, masalan fototranzistor va ba’zi detektorlar tok manbalari bo‘lishi mumkin, bundan tashqari kuchlanishga ham o‘zgartiradi.
Quvvat kuchaytirgichi
Garmonik signallarning quyi chastotali quvvat kuchaytirgichlari istalgan tizimning zaruriy elementi bo‘lib hisoblanadi
Bunday kuchaytirgichlarning asosiy parametrlaridan biri quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsientidir. Koeffitsient yuklama qarshiligiga va kirish qarshiligiga bog‘liq, shuningdek ta’minot kuchlanishi o‘zgarishiga ham bog‘liq.
Chastota ishchi diapasoni – kuchaytirish koeffitsienti o‘zgatmas qoladigan kuchaytirish chastotalar yo‘lagi(oralig‘i). Quyi chastotali kuchaytirgichlar uchun qanoatlatiruvchi sifatdagi ishchi diapazon 16Gs dan 20Gs gacha
Transformatorsiz quvvat kuchaytirgichi 13.4-rasmda ko‘rsatilgan. Bunday kuchaytirgichlar uchun yuklamadagi quvvat Pyu=10Vt, yuklama qarshiligi Ryu=8Om, chastota polosasi(yo‘lagi, oralig‘i) quyi chegarasi fq=250Gs dan yuqori chegarasi fyu=10 000 Gs gacha, garmonikalar koeffisienti Kg=10%
Pnevmatik kuchaytirgichlar gazning kuch oqimlari bilan boshqarish uchun ishlatiladi. Bunda boshqarish signalining kichik quvvati chiqish signalining katta quvvatiga o‘zgaradi.
Pnevmatik kuchaytirgichning ijro mexanizmi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.
1-rasm. Pnevmatik kuchaytirgich sxemasi.
bu yerda 1- korpus, 2 – membrane, 3 – yopuvchi element, 4 – prujina.
Membrana yopuvchi elementni pastga siljitadi, gazni atmosferaga chiqish yo‘lini yopadi va kuchaytirgichni chiqish liniyasiga o‘tish yo‘lini ochadi. Qachonki gazning atmosferaga chiqishi to‘liq yopilganda chiqish bosimi ta’minlash bosimiga teng bo‘lib qoladi. Boshqarish bosimi yo‘qolganda yopuvchi element ta’minlash liniyasidan kuchaytirgichning chiqish liniyasiga o‘tish yo‘lini qayta yopib, yuqori ko‘tarilgan holatga o‘tadi. Bu holatda chiqish bosimi atmosfera bosimiga teng bo‘ladi. Boshqarish bosimining kuchi statik holatda prujina kuchi bilan kompensatsiyalanadi.
Chiqish liniyasiga o‘tish yo‘lining to‘liq yopilish holatidan tashqari yopuvchi elementning barcha holatlarida havo ta’minlash liniyasidan atmosferaga chiqib ketadi. Bu energiyani isrof bo‘lishiga olib keladi. Bu holatni yo‘qotish uchun kuchaytirgich konstruksiyasi germetik qilinadi (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |