Кучга кириш санаси


-§. Tashishlarning turlari va ularni tashkil etish



Download 92,43 Kb.
bet3/26
Sana20.06.2022
Hajmi92,43 Kb.
#686068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
lex

2-§. Tashishlarning turlari va ularni tashkil etish
7. Yo‘lovchilarni tashish quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) shaharda tashish;
b) shahar atrofida tashish;
v) shaharlararo tashish;
g) xalqaro tashish.
Yo‘lovchilar:
a) yo‘nalishli avtobuslarda;
b) yuridik va jismoniy shaxslarga ularning buyurtmanomalari (buyurtmalari)ga yoki tashishning boshqa shartnomalari bo‘yicha beriladigan avtobus va yengil avtomobillarda;
v) yo‘nalishsiz taksilarda;
g) yo‘nalishli taksilarda tashiladi.
8. Yo‘nalishli avtobuslar va yo‘nalish taksilari harakati:
a) shahardagi yo‘nalishlarda — shaharlarning hokimliklari yoki shaharlar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan shahar yo‘lovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan;
b) shaharlar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarda — viloyatlar hokimliklari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan yo‘lovchilar tashish transporini boshqarish organlari tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
v) viloyatlararo-shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tuziladigan jadvallar bo‘yicha tashkil etiladi;
(8-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Yangi yo‘nalishlarni tashkil etish (ochish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
a) shaharlarda — shaharlar hokimliklari yoki shahar yo‘lovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan yo‘nalishlar sxemalarini kelishgan holda;
b) shahar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki yo‘lovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan yo‘nalishlar sxemalarini kelishgan holda;
v) viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan yo‘nalishlar sxemalarini kelishgan holda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 2-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 2-son, 20-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Har bir yangidan ochiladigan va foydalaniladigan yo‘nalishlar uchun yo‘nalish pasporti tasdiqlanadi, unda quyidagilar bo‘ladi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) yo‘nalishning asosiy ko‘rsatkichlari bilan birga titul varaqasi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) yo‘nalish sxemasi (sxemada to‘xtab o‘tish manzillari, harakatlanish uchun xavfli bo‘lgan yo‘l uchastkalari, temir yo‘lni kesib o‘tish joylari, kesishgan yo‘l ustidan o‘tkazilgan ko‘ndalang yo‘llar va shu kabilar ko‘rsatiladi). Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlar sxemalarida, bundan tashqari, dam olish joylari, ovqatlanish shoxobchalari ko‘rsatiladi;
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
v) masofani o‘lchash protokoli va avtotransport vositasining harakatlanish vaqti xronometraji;
g) avtotransport vositasining yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish jadvali;
d) yo‘l haqi tariflari.
11. Yo‘lovchilarning ayrim toifalariga transportda imtiyozli (shu jumladan bepul) yurish huquqi beriladi.
Avtomobil transportida imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar toifalari va ushbu imtiyozlarni berish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Muntazam yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlaridagi avtotransport vositalarida yurishda yo‘lovchi yo‘l chiptasi sotib olishi, uni butun yo‘lda yurish vaqti davomida saqlashi va uni nazoratchining birinchi talabiga ko‘ra ko‘rsatishi shart.
13. Yo‘lovchilar yo‘l chiptalarini kassalardan yoki konduktordan (haydovchidan) sotib oladi.
14. Yo‘nalishdagi avtotransport vositasi nosoz bo‘lgan taqdirda yo‘lovchilarga berilgan yo‘lda yurish hujjatlari aynan shu yo‘nalishdagi boshqa avtotransport vositasida yurish uchun haqiqiy hisoblanadi. Yo‘lovchilarni boshqa avtotransport vositasiga o‘tkazish nosoz avtotransport vositasining haydovchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Yo‘lovchilar yo‘qotib qo‘ygan chiptalar tiklanmaydi, ular uchun to‘langan pul qaytarib berilmaydi.
15. Avtobusda:
a) yo‘lovchilarning mast holda yurishi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;
(15-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 148-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 22-son, 244-modda)
v) haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish;
g) oynadan tashqariga osilish;
d) tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qo‘lansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, g‘ilofsiz o‘q otar qurol, tig‘li va keskir ashyolarni olib yurish;
Keyingi tahrirga qarang.
e) o‘lchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta o‘rin uchun og‘irligi 60 kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq bo‘lgan buyumlarni olib yurish;
j) salonni yoki yo‘lovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlar va ashyolarni olib yurish;
z) tumshuqbog‘siz itlar va boshqa hayvonlarni olib yurish taqiqlanadi.

Download 92,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish