“Kuch-qudratimiz, salohiyatimiz timsoli” nomli Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan tadbir SSENARIYSI Bayram tadbiri: 2022 yil 9 aprel, soat 11:00 da boshlanadi O‘tkaziladigan joy: Mirzaobod tumani 12-maktabi Maqsadi: Amir Temur hayoti haqidagi tushunchalarni kengaytirish, Amir Temurning davlat tuzumi va uni boshqarishdagi mohiyati, kelajak avlodlarga qoldirgan merosi, tuzuklari haqida tushuncha berish.
Jihozlar: Amir Temur byusti, rasmi, tuzuklaridan namunalar, Amir temur haqidagi kitoblar, gazeta va jurnallarda bobokalonimizga bag‘ishlab yozilgan maqolalardan namunalar.
Tadbir shiori: “YUrtingga sodiq bo‘l, har nafas, har on, Kelajak sendadir, ey, buyuk avlod!” (Tadbir maktab zalida o‘tkaziladi. Sahna Amir Temur portreti hamda ibratli so‘zlari, asarlariga ishlangan rasmlar tasvirlangan devoriy gazetalar bilan bayramona bezatiladi. Musobaqa tarzida o‘tkaziladigan tadbir davomida ishtirokchilar hakamlar tomonidan baholab boriladi).
Mayin musiqa sadosi ostida sahnaga boshlovchilar chiqib keladi.
1-boshlovchi:- Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, o‘quvchilar! Bugun shoh, buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 686 yilligini nishonlashga yig‘ilganmiz.
2-boshlovchi: “Kuch-qudratimiz, salohiyatimiz timsoli” nomli bobokalonimiz Amir Temur tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbirimizni e’tiboringizga havola etamiz.
1-boshlovchi: - Sahnaga ishtirokchilarni taklif etamiz.
2-boshlovchi: - Tadbir musobaqa tarzida o‘tadi. Ishtirokchilar uch shart bo‘yicha bellashadilar. Birinchi shartda erkin mavzuda sahnalashtirilgan chiqish, ikkinchi shartda Amir Temurning hayoti bo‘yicha savol-javob, uchinchi shartda esa Amir Temur haqida yozilgan asarlar asosida bahslar o‘tkaziladi.
1-boshlovchi: - Amir Temur Amir Temur Ko‘ragoniy melodiy 1336 yil 9 aprel kuni tavvalud topdi.
2-boshlovchi: - Hozir o‘quvchilarimiz bobokalonomiz Amir Temurning hayot yo‘li haqida gapirib berishadi (sahnaga 4 nafar o‘quvchi chiqib, Amir Temur hayoti haqida gapiradi).
1-boshlovchi: Bobokalonimizning harb yurishlarida, yurgizgan siyosatlarida Vatanga muhabbat, erksevarlikni his etamiz (Ishtirokchilar tomonidan kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi. Mayin musiqa yangraydi. Amir Temur taxtda o‘tiribdi. Uch-to‘rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy ahvol to‘g‘risida suhbatlashmoqda. Bunda Amir Temurning xalq manfaati yo‘lidagi ibratli ishlari, ya’ni Vatanda bunyodkorlik qilishga yo‘naltirilgan suhbat kompozitsiyasi namoyish etiladi.
Ikkinchi shartda har ikkala guruh vakillari 4 tadan savolga javob beradi.
Savollardan namuna: Amir Temur nechanchi yil va qaysi oyda tavallud topgan?
Amir Temur Nechanchi yil taxtga o‘tirgan va taxtni necha yil boshqargan?
Sohibqiron Amir Temurning nechta farzandi bo‘lgan va ularning ismlarini aytib bering?
Amir Temurning onasining ismini ayting?
Javoblar: Amir Temur Ko‘rogon melodiy 1336 yil 9 aprel kuni tavvalud topdi.
Melodiy 1370 yil 9 aprel kuni 34 yoshida davlat boshiga keldi, podshohlik masnadida 36 yil o‘ltirdi.
Xudoiy taolo Sohibqironga ko‘p farzandlar ato etdi. El koriga yaraydigan bo‘lib voyaga etganlari oltita – to‘rt o‘g‘il, ikki qiz. Jahongir Mirzo, Umarshayx Mirzo,SHoxruh Mirzo, Oqa Begi xonim, Sulton Baxt begim.
1-boshlovchi: - Navbatdagi shart – Bobokalonimiz Amir Temur hayoti, buyuk ishlari to‘g‘risida zilgan asarlar to‘g‘risida bo‘ladi. Sahnaga har ikkala guruhdan 4 nafardan o‘quvchini taklif etamiz.
(O‘quvchilar bilimi 10 tadan test savollari orqali sinaladi).
1-boshlovchi: - Bobomiz Amir Temur bilan har qancha faxrlansak arziydi. O‘zbek xalqining dovrug‘ini dunyoga tanitgan bu zotning ibratli hayot yo‘li tariximizni o‘rganishga, kelajakka ishonch bilan qarashga o‘rgatadi.