Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklarni mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. Qarshiliklarni yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yonaltirilgan kuchlar, yon beruvchi ishlarda esa harakat yonalishi boyicha ta’sir etuvchi kuchlar qarshilik kuchi hisoblanadi. Maktablardagi oquvchilar uchun jismoniy tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi kozda tutilgan.
Har bir kishi harakatlarni bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror ogirlikdagi shtangani kotara oladi, qandaydir bir vaqt oraligida 1000 m masofani yugurib ota oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qoyadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining ba’zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar kishining o`z funksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi
Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin:
1. Oz uzunliklarini ozgartirmay (statik, izometrik tartib).
2. Oz uzunliklarini kamaytirib (qarshiliklarni yenguvchi, miometrik tartib).
3. Uzayib (yon beruvchi, pliometrik tartib).
Masalan, oyoqlar togri kotarilgan vaqtdan to togri burchak hosil bolgunicha mushaklar faoliyatining uchala tartibi uchrashadi. Oyoqlar kotarilganda – mushak ishi uzunligining kamayishi, oyoqlarni 90 gradus burchak ostida ushlab turishda – statik ish; dastlabki holatga qaytib oyoqlarni tushirishda – mushaklarning uzayishi.
Qarshiliklarni yenguvchi va ularga yon beruvchi tartiblarning birlashuvi “dinamik tartib” deyiladi.
Oquvchilar jismoniy tarbiyasida umumiy va maxsus kuch tayyorgarligi amalga oshiriladi.
Umumiy kuch tayyorgarligi insonning mehnat faoliyatiga tayyorligi va jismoniy rivojlanishi uchun ahamiyatga ega bolgan barcha asosiy mushak guruhlarining uygun rivojlanishiga qaratilgan.
Maxsus kuch tayyorgarligining maqsadi faoliyatning tanlangan turiga tatbiqan musobaqalashuvchi harakat texnikasi bilan muvofiq mushak guruhlari kuchining qoshilib yuzaga chiqishi – jismoniy sifatlarning rivojlanishidir
Do'stlaringiz bilan baham: |