Krivoship-shatun mexanizmi silindrlar bloki va kallagi



Download 325,09 Kb.
bet13/14
Sana21.07.2022
Hajmi325,09 Kb.
#834485
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Азамат (2)

1.5.6,7-indikatorlar; 2-shlifllar; j koromislo o'qi;
4-koromislo; S-IO-kattava kichik jo'va; 9,1/ stoyka iar;
72-plita; /J-dasta.
ishlatiladi. 34.11 -chizmada ko'rsatilgan moslamada hir paytning o'zida sha- tundagi egilishlar va bura- lishlar hamda kallaklar- ning markazlararo maso- si tekshiriladi. Agar ruxsat etilgan qiymatdan chetga chiqishlar mavjud bo‘lsa, u holda shatunni moslama- dan chiqazmagan holda maxsus kalit yordamida to'g'rilanadi. Bu paytda shatunning yuqorigi kal- !agi vertikal va gorizontal plitalar orasidagi vaziyatni egallashi lozim.


34 11-chizma.
Shatunni to'g'rilash va nazorat qilish uchun moslama:
Stoyka (9) orqali o't- kazilgan katta jo'va (8) yordamida shatun mosla- maga ztch qilib o'rnatiladi. Kichik jo'va (10) esa shatunning yuqoridagi kalla- gidagi ishlov berilgan te- shikka joylashliriladi. Avvalo, shatunning bura- lishi dastlabki tekshiruv- dan o'tkaziladi, Buning uchun gorizontal holatda o'rnatilgan shatun qo'l bilan shunday buraladiki, kichik jo'va stoykalari (11) suxariklariga navbati bilan tayansin. Tirqishning mavjudligi shatunni buralib ketgan- ligidan darak beradi.
Buralish va egilish miqdorini aniqlash shatun vertikal holatda joylashganda amalga oshiriladi. Bunda kichik jo'va (10) koromislo (4) tiraklariga tutashgan holda shatunning buralishini ko'rsatuvchi (1 va 7) indikatorlarning shtifllari (2) bilan kontaktda bo'ladi. Shatunning pastki va yuqorigi kallaklaridagi teshiklarning o'qlari orasidagi masofani o'zgarishini indikator (5) ko'rsatadi, indikator (6) esa teshik o'qlarining paralell emasligini aniqlaydi.
To'g'rilash hamda nazoratdan so'ng dastani (13) keskin harakat- lantirib katta jo'va (8) chiqarib yuboriladi va shatun ozod qilinadi. Ish boshlashdan avval moslama indikatorlari etalon shatunga to'g'rilangan bo'lali.
Tirsakli valdagi asosiy nuqsonlar uning egilishni, shatun va o'zak bo‘yinlarining yeyilishi. uzatmalar qutisidagi yetaklovchi valning podshipnigi joylashadigan teshiklarni hamda val flanesidagi maxovik boltlari qotiriladigan teshiklarni yeyilishidir. Dvigatel tirsakli valining egilishini stendda, nazorat plitasiga o'rnatilgan prizmalarda yoki tokarlik dastgohiga o'rnatilgan markazda indikator yordami bilan tekshirilali. Texnik shartlarda bclgilangan ruxsat etilgan qiymatdan ortib ketgan egilish (o'rtadagi o'zak bo‘ynini chekkadagilarga nisbatan tepishini) zarb yordamida to'g'rilanadi. Tirsakli val prizmalarga chekkadagi o'zak bo'yinlari bilan o'rnatiladi va uning egilishiga qarama- qarshi tomonidan mis yoki latun qistirma qo'yib zichlov shtokida bosiladi. Bu paytdagi egilish bartaraf etilayolgan egilishdan 10 marta ko‘p bo'lishi lozim. Valni zichlovda, yuklanish ostida 2-4 daqiqa mobaynida ushlab turiladi. To'g'rilashdan keyin valga termik ishlov berisb, ya’ni uni 180 200aC gacha qizdirish va shu haroratda 5-6 soat
kutib turish tavsiya etiladi. Shundan so'ng valni tepishi tekshiriladi. O'rtadagi bo'yinlarni chekkadagi bo'yinlarga nisbatan tepishi 0,05 mm dan ko'p bo'lmasligi lozim.
Tirsakli valning yeyilgan shatun va o'zak bo'yinlari ta’mirlash o'lchamiga jilvirlanib liklanadi. Barcha shatun bo'yinlariga bir xildagi ta’mirlash o'lchami, o'zak ho'yinlariga ham alohida bir xildagi ta’mirlash o'lchami belgilanadi. Bu o'lchamlar texnik shartlardagi tavsiyalarga hamda vat bo'yinlarini o'lchash natijasida olingan eng kichik diametrga bog'liq bo'ladi. Val bo'yinlariga ishlov berishni yaltiratish va superfinishlash orqali kerakli g’adir-budurlikdagi yuzani olish bilan yakunlanadi. Yaltira- tishni maxsus yaltiratish dastgohlarida ГОИ №10 pastasi yoki ЭБ 220 tasmasidan foydalanib amalga oshiriladi. Shundan so’ng valni maxsus vannaga solib, uning tashqi yuzalari va moy kanallari kerosinda yuviladi.
Agar barcha ta’mirlash o'lchamlaridan foydalanib bo'lingan bo'lsa hamda val diametrini bundan keyin kichraytirishga ruxsat etilmasa, ammo uning mustahkamligi yetarlicha bo'lsa, u holda val bo'yinlari suyultirib qoplash yo'li bilan tiklanadi va ishlov berib nominal o'lchamga keltiriladi.
Tirsakli val bo'yinlarini tiklashda, o’rnatish bazasini to'g'ri tanlash ancha muhimdir. Valni dastgohga o'rnatishda uni tayyorlash chog'ida ishlatilgan bazaviy yuzalardan foydalanish tavsiya etiladi. Shundagina o'rnatish bilan bog'liq bo'lgan xatolik eng kichik bo'ladi.ЗИЛ-130, ГАЗ-53, ЯМЗ-236 va boshqa dvigatellardagi tirsakli val konstruksiya-
larida ikki tomondagi faskalar ko'zda tutilgan (xrapovik joylashadigan teshik tomonidagi va yetaklovchi valning yo'naltiruvchi uchini podshipnigi joylashadigan teshik tomonidagi). Ushbu faskalarni o'rnatish bazalari sifatida qabul qilinadi. Ularni oldindan tekshirib ko‘riladi va zarurat bo‘lganda tozalanadi yoki to‘g‘rilanadi.
ГАЗ-51, ЗИЛ-164 dvigatellaridagi tirsakli vallaming konstruksiya- larida, tayyorlash chog'ida foydalanilgan markazlovchi teshiklar keyinchalik olib tashlanadi. Shuning uchun tirsakli val bo‘yin!arini jilvirlashda unga qo'yiladigan talablarni qanoatlantiradigan yangi o‘rnatish bazalarini to‘g‘ri tanlash zarur. Bunday vallar uchun o'rnatish bazasi qilib quyidagilarni qabul qilish mumkin: o'zak bo'yinlarini jilvirlashda faskani, xrapovik joylashadigan teshikni va yetaklovchi valning yunaltiruvchi uchini podshipnigi joylashadigan teshikni; shatun bo'yinlarini jilvirlashda shesterna o'tkaziladigan bo'yinni va maxovik o'rnatiladigan flanesning tashqi silindrsimon yuzasini; valga ishlov berishda talab etiladigan aniqlikni ta’minlash uchun, tanlab olingan hu sirtlar oldindan tayyorlanadi.
Jilvirlangan o'zak bo'yinlari shatun bo'yinlarini jilvirlash uchun texnologik baza sifatida qabul qilinishi mumkin Bunda shatun bo'yinlarini aylanish o'qi dastgoh shpindelining o'qiga aniq mos tushishi kerak. Uzatmalar qutisidagi yetaklovchi valning podshipnigi o'rnatiladigan teshikni, vtulka o'rnatib tiklanadi (34.12-chizma). Maxovik boltlari mahkamlanadigan val flanesidagi yeyilgan teshiklarni
maxovik bilan hirgalikda razvyort- kalab, ta'mirlash o'lchamiga keltiriladi. Yig'ish chog'ida kattalashtirilgan ta’- mirlash o'lchamidagi boltlar ishlatiladi.
Bajarilgan ishlar sifatini hamda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan chuqurchalar va darzlarni aniqlash uchun ta’mirlashdan so'ng, tirsakli valni albatta nazoratdan o'tkaziladi.


Download 325,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish