Krivoship-shatun mexanizmi silindrlar bloki va kallagi



Download 325,09 Kb.
bet1/14
Sana21.07.2022
Hajmi325,09 Kb.
#834485
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Азамат (2)


KRIVOSHIP-SHATUN MEXANIZMI
SILINDRLAR BLOKI VA KALLAGI


Silindrlar bloki va kallagi (yoki kallaklar) krivoship-shatun mexaniz- mining eng yirik va murakkab detallari hisoblanadi. 2.1-chizmadan ko'rinadiki, silindrlar bloki (5) va silindrlar kallagi (I) murakkab shaklga ega. Shuning uchun ular quyish usuli bilan tayyorlanadi. Ular orasiga germetiklikni saqlash uchun qistirma (prokladka) (9) qo‘yiladi. Blokning old tomoniga (ba'zan orqa tomoniga) qistirma (6) qo‘yib taqsimlovchi shesternalar qopqog'i (8) mahkamlanadi. Krivoship-shatun mexaniz- mining qolgan barcha detallari (2.2-chizma) silindrlar blokida joylashadi va ular. odatda, bir necha guruhga ajratiladi.
Silindrlar bloki. Uni asosan cho‘yandan (CH 21-40, CH 18-36) va aluminiy qotishmasidan (masalan, АЛ4) quyish usuli bilan tayyorlanadi. Cho‘yan va aluminiy blok-karterlarining massalari nisbati taxminan 4:1 ga teng. Karterning yuqori qismi blok bilan bir butun holda qo‘yilgan bo'ladi.
Quyib tayyorlangan silindrlar blokida, silindrlarni qamrab turuvchi sovitish g‘i1ofi, tirsakli valning o'zak podshipniklari va taqsimlovchi valning podshipniklari uchun tagliklar (uyalar), boshqa uzellar hamda detallarni o‘matish uchun maxsus joylar mavjud bo'ladi. Cho‘yan blok- karterlar silindrlar bilan yaxlit tarzda, bir butun yoki silindrlari (gilzalari) olib-qo'yiladigan qilib, aluminiy blok-karterlar esa faqat gilzalari olib- qo'yiladigan qilib tayyorlanadi. Gilzalar blokka zichlovchi qistirmalar yoki rezina halqalar (3) (2.1-chizmaga qarang) yordamida zich o'tkaziladi. Gilzaning (yoki silindrlarning) juda aniqlik bilan ishlov berilgan ichki yuzasi uning ko'zgusi deb ataladi.

Download 325,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish