KR1VOSHIP-SHATUN MEXANIZMl
Silindrlar blokidagi nuqsonlarni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish, silindrlarni o'lchash va bosim ostida sinab ko'rish orqali aniqlanadi. Blokni ko'rib chiqib, undagi teshilishlar, singan joylar, ko'zga tashlanadigan yoriqlar, rezbaning buzilishi va silindrlar ko‘zgusining holati aniqlanadi. Stendda bosim ostida sinab ko'rish orqali (34.1- chizma), ko'zga tashlanmaydigan yoriqlar topiladi. Blokning sovitish g'ilofiga 0,4 - 0,5 MPa bosim ostida suv haydaladi. Bu paytda blok kallagi o‘z joyiga qo'yilgan yoki uning 0‘rniga rezina qistirmali cho'yan plita o'rnatilgan bo'ladi. Stend ramasini aylantirib, suv oqayotgan- oqmayotganligim bilish o'chun blok ko'zdan kechiriladi.
Silindrlar ko'zgusidan, klapan uyalaridan va kallak joylashadigan tekislikdan o'tgan darzlar bo'lsa silindrlar bloki yaroqsizga chiqariladi.
Y
34.1-chizma. Dvigatelning silindrlar blokini va blok kallagini bosim ostida sinash uchun stend:
oriqni payvandlashdan oldin, uning uchlari diametri 5 mm bo'lgan parma yordamida parmalanadi va butun uzunligi bo'ylab devor qalinligining 4/5 qismigacha chuqurlikda jilvirlash doi- rasi bilan 90° burchak ostida ishlanadi. Payvandlashdan oldin silindrlar bloki 600 - 650°C gacha qizdiriladi.
Yorik gaz bilan payvandlab to'ldiriladi. Buning uchun neytral alanga, flyus va diametri 5mm bo'lgan cho'yan- mis chivig'i ishlatiladi Pay- vand chok boshdan-oyoq bir tekisda qo'yilgan bo'lishi va asosiy metalldan 1,0 - 1,5mm gacha baland bo'lishi lozim.
P
/-suv lo'ldirilgan bak; Z-rama; j boshqansh pulli;
4-pnevno-gidravlik bosim kuchaytiigich; 5-buriluvchi
maydoncha; 6-siqib qo'yuvchi plita; 7 ishchi silindrlar.
ayvandlashdan so'ng silindrlar bloki termoshkafda yoki qizdirish chuqurchasida asta-sekin sovitiladi. Yoriq- larni payvandlash ishlarini, blokni qizdirmasdan turib ham hajarish mumkin. Bunday holatda yoriqlarm payvandlash uchun teskari qutblangan o'zgarmas tok ishlatiladi, ya’ni e!ektr-yoy bilan payvandlanadi. Silindriar orasidagi yoriqlar monei-metalldan (tarkibida Fe, Mn bo'lgan Ni-Cu qotishmasidan) tayyorlangan elektrodlarda, tok kuchi 120 A va kuchlanish 65 - 75 V bo'lgan rejimda payvandlansa yaxshi nalijalar beradi.
Payvand chokni asosiy metall tekisligi bilan barobar bo'lgunga qadar egov yoki charx tosh yordamida tekislanadi. Shundan so'ng chokning germetikligini tekshirish uchun blokni stendga qo'yib, bosim ostida sinaladi. Payvand chokdan suv sizishiga yo‘l qo'yilmaydi.
Silindriar blokidagi yoriqlar va teshiklarni epoksid pastalar bilan ham berkitish mumkin. Yoriqning ikkala tomonidagi blok yuzalari yaltiragunga qadar, metall cho'tka yoki detallami tozalash uskunasida danak parchalari bilan tozalanadi. Yoriq uchlari yetib borgan joyga, diametri 3-4 mm bo'lgan parmada teshik parmalanadi va unga rezba ochib mis yoki aluminiy simdan tayyorlangan tiqin burab kiritiladi. Yoriqqa, 60 90° burchak ostida zubilo yoki charxtoshda, devor
qalinligining 3/4 qismicha chuqurlikda ishlov beriladi.
Yoriq atrofvdagi 30 mm gacha bollgan blok yuzasida, zubiloda kertib yoki pitir oqimida ishlov berib g'adir-budurlik hosil qilinadi. Tayyorlangan blok yuzasi aseton yoki benzinda moysizlantiriladi. So'ng shu quruq yuzaga shpatel yordamida epoksid pastasining qatlami navbatma-navbat surtiladi, Avvalo, shpatelni blok yuzasida keskin harakatlantirilib I mm gacha qalinlikda pasta surtiladi. Shunlan keyin pastaning ikkinchk qatlami 2 mm dan kam bo'lmagan qalinlikda yaxshilab surtiladi. Butun yuza bo'ylah surtilgan pastaning umumiy qalinligi 3 4 mm bo'lishi lozim.
Yoriqni yamalgandan so'ng pasta to'liq qotgunga qadar silindriar bloki 25 - 28 soat tutib turiladi. Pastaning qotish jarayonini (nur qaytargichli ) elektr pechda 100°C gacha qizdirib yoki qattiqlagichni (polietilenpoliaminni) 105 110°C da bug'latih va shu haroratda 3 soat
tutib turish orqali tezlatish mumkin Ta’mirlangan yuza egovda yoki charxtoshda tozalanadi. Pastaning oqib qotib qolgan qismi zubilada kesib tashlanadi.
Tashqi tomondagi la’mirlasa bo'ladigan teshiklar yamoq solish orqali tuzatiladi. Avvalo, teshik qirrasi va uning atrofidagi yuza tozalanadi hamda moysizlantiriladi. So'ng pasta surtilib, 0,3 mm qalinlikdagi shisha matodan yamoq solinadi va rolik (jo'va) yordamida tekislanadi. Teshik qirrasidan yamoq chekkasigacha bo'lgan masofa 15-20 mm dan kam bo'lmasligi kerak. Shundan keyin pastaning ikkinchi qatlami surtiladi va ikkinchi yamoq shunday qo'yiladiki, u birinchisini har tomondan 10-15 mm gacha qoplab tursin. Rolik dumalatib yamoq tekislanadi. Xuddi shu tartibda shisha matodan 8 ta qatlam qo'yiladi. Oxirgi yamoqning ustidan, uni shikastlanishdan himoya qilish maqsadida pasta qoplanadi
Teshiklarni - detal devorining qalinligidagi yumshoq po'latdan tayyorlangan yamoqlarni payvandlab ham berkitish mumkin. Yamoqning shakli shikastlangan joyning shakliga mos tushishi, uning o'lchami teshikning o'lchamidan 1,5 2,0 mm ga kichik bo'lishi lozim.
Teshikning va yamoqning qirralariga burchak ostida ishlov beriladi. Avvalo, yamoqni ikki joyidan, so‘ng butun perimetri bo'ylab payvand- lanadi. Elektr payvandlashdan va tunukaga o’ralgan mis elektrodlardan foydalaniladi. Shikastlangan joy epoksid smolada germetiklanishi zarur. Teshiklarga yamoq solinib va surtilgan pasta qatlamiga mexanik ishlov berilgandan so‘ng silindrlar bloki stendga o'rnatilib bosim ostida sinaladi. Agar 5 6 daqiqa mohaynida suv sizishi kuzatilmasa, u holda blokni
ta’mirlash sifatli bajarilgan deb hisoblanadi.
Blokning sovitish g'ilofidagi yoriqlarni shtiftlar o'rnatish orqali yo'qotish mumkin. Avvalo, yoriqning uchlari yetib borgan joyga, diametri 4 5 mm bo'lgan parmada teshiklar ochiladi. So‘ng shu parma
yordamida yoriqning barcha uzunligi bo'ylabbir-biridan 7 8 mm
masofada joylashgan teshiklar parmalanadi. Ularga rezba ochib, blok devorining qalinligiga teng chuqurlikkacha mis cbiviqlar burab kiritiladi.
Chiviqlar temir arrada kesib tashlanadi, bunda chiviqlar detal sirtidan 1,5 - 2,0 mm chiqib turishi lozim. O'rnatilgan shtiftlar orasiga yana teshiklar parmalanadi Bu teshiklar shtiftlar diametrini 1/4 qismini qoplab turishi kerak. Rezba ochib, mis chiviqlar burab kiritiladi va mos holdagi chiqiqlar qoldirib kesib tashlanadi. Shundan keyin shtift uchlarini bolg'a bilan ohista urib (chaqib) zich chok hosil qilinadi. Agar zarur bo'lsa chok egov yordamida tekislanadi. So'ng silindrlar bloki bosim ostida sinaladi. Ushalib tushgan joylari ta’mirlasa bo'ladigan silindrlar bloki, suyultirih qoplash yoki yamoq solib payvandlash usulida tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |