Kristallografiya, kristallokimyo va mineralogiya



Download 2,67 Mb.
bet45/49
Sana22.06.2022
Hajmi2,67 Mb.
#691716
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
Kristallografiya, kristallokimyo va mineralogiya

Oltin gruppasi. Bu gruppaga quyidagi tipik sof tugma metallar: mis, kumush, oltin va ularning kimyoviy tarkibi boshqacharoq bo‘lgan hillari kiradi. Oltin tabiatda asosan sof tugma holatda, kamdan-kam telluridlar tarkibida uchraydi. Kumush ko‘pincha oltingugurtli va galoid birikmalari shakli uchraydi. Misning oltingugurtli, kislorodli va boshqa birikmalari uning sof tugma shakldagisiga qaraganda ancha ko‘p tarqalgandir. Bu metallarning hammasi bir hil tipdagi kristall strukturaga ega bo‘lib, kubik singoniyada kristallanadi. Deyarli bir hil o‘lchamli elementar yacheykali oltin va kumush qattiq eritmalar hosil qila olsa, kichik o‘lchamli yacheykaga ega bo‘lgan mis esa faqat yuqori temperaturada oltin bilan qattiq eritmalar beradi. Lekin temperatura pasayishi bilan parchalanib ketadi.
Kumush-mis sistemasining biri-ikkinchisi bilan qattiq eritma hosil qilishi xaddan tashqari tor doirada bo‘ladi.
Mis - Cu odatda sof holatda bo‘ladi, ba’zan tarkibida aralashmalar sifatida temir (25%gacha), kumush (ko‘pincha sof tugma kumushning qo‘shimchasi sifatida), kamdan-kam 2-3% (oltinli mis) qattiq eritma sifatida uchraydi.
Singoniya - kubik, uning simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik 3L4L366L29PC. Fazoviy gruppasi - F3m(O5h). ao=3,6077. Kristall struk-turasi juda sodda va atomlari zich joylashgan bo‘lib yonlari markazlashgan kubdan iboratdir.
Misning rangi ko‘pincha aynagan- mis qizil bo‘ladi. Chizig‘i metallarniki kabi yaltiroqdir. U yaltiroq metall. Qattiqligi 2,5-3. Solishtirma og‘irligi - 8,5-8,9.
Kumush ni kimyoviy toza kumushdan boshqa tarkibida 10%dan va undan ortiqrok oltin izomorf aralashmasi kyusterit; misli kumush, surmali kumush va x.k. lar topilgan. Singoniyasi - kubik. Simmetriya ko‘rinishi - geksaoktaedrik. 3L4 L36 6L2 9PC . Fazoviy gruppasi - Fm3m(O5h). ao=4,0772. Kristall strukturasi yonlari markazlashgan kub bo‘ladi. Qattiqligi - 2,5, solishtirma og‘irligi 11,1.
Oltin kimyoviy toza holatda tabiatda kam uchraydi, sof tugma deb ataladigan oltin tarkibida kumushning izomorf aralashmasi 15% gachan bo‘ladi. Kumushga boyrok ham hili uchraydi. Oltinning hillari qatoriga quyidagilar kiradi: misli oltin (tarkibida 20% gachan mis), porpitsit-paladiyli oltin (5% dan Pb 10% gacha), vismutli oltin (Bi qattiq eritma holda 4% gachan yetadi). Singoniyasi - kubik. Simmetriya kurini-shi - geksaoktaedrik. 3L4 4L36 6L2 9PC. Fazoviy gruppasi - Fm3m(O5h). ao=4,0699. Kristall strukturasi yonlari markazlashgan kub bo‘ladi. Qattiqligi - 2,5-3, solishtirma og‘irligi 15,6-18,3.Bu metallning boshqa xususiyatlari yuqori darajada issiqlik, elektr o‘tkazuvchanlikiga egadir.

Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish