Minerallarning rangi - bir qator hollarda muhim diagnostik belgi bo‘lib xizmat qiladi, tabiatda minerallar juda hilma-xil rangda uchraydi.
Minerallar rangi uch hil omillar bilan belgilanadi:
1. Idioxromatik. Rangni bu turi mineralning kristallik panjarasida rang beruvchi ionlarning yoki xromoforlarning (titan, vanadiy, xrom, marganets, kobalt va h.k.) mavjudligi bilan bog‘liq.
2. Alloxromatik. Barcha minerallarning rangi qo‘shimcha kimyoviy elementlarning aralashmalari borligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kvars tarkibiga kiruvchi moddaga qarab oq, shaffofdan to qoragacha tabiatda uchraydi.
3. Psevdoxromatik. Ayrim minerallarning rangi ularning yuzasidan qaytgan nurning tarqalishiga qarab o‘zgarib turadi. Masalan, labrador, aslida qora rangda bo‘lib, yuzasiga nur tushgan vaqtda tovlanib turadi.
Minerallarning rangini aniqlashda uning chinniga qoldirgan rangidan foydalaniladi - bu rang mineralning kukun holidagi rangi bo‘lib, ayrim hollarda u mineralning o‘zini rangidan farq qilishi mumkin (piritning rangi- sariq bo‘lgan holda, uning chizig‘ining rangi - qora bo‘ladi).
Minerallarning kimyoviy xususiyatlari.Minerallarning tarkibini kimyoviy analiz usuli yordamida aniqlanadi va uning natijalari asosida mineralning formulasini hisoblab chiqiladi. Hisoblash tartibi quyidagicha bo‘ladi:
1. Hamma komponentlarni bir ustunga yozish kerak (N2O gidroskopik namlik bo‘lib, mineral tarkibiga kirmaydi).
2. Ikkinchi ustunga har bir komponentning % miqdorini yoziladi.
3. Uchinchi ustunga har bir komponentning molekulyar massasi yoziladi (Mendeleev jadvalidan foydalangan holda).
4. To‘rtinchi ustunga har bir komopnentning molekulyar miqdori yoziladi. Molekulyar miqdor kimyoviy natijaning molekulyar massaga nisbatidir.
5. Kationning va kislorodning atom miqdorini aniqlaymiz.
6. Mineral formulasidagi atomlar koeffitsientlarining miq dorini aniqlanadi, buning uchun beshinchi ustundagi katoinlar miqdorini umumiy bo‘luvchiga bo‘lib, har bir kimyoviy modda uchun alohida-alohida yoziladi.
7. Arifmetik hisob-kitoblar to‘g‘riligini zaryadlar miqdori orqali aniqlaymiz. Musbat zaryad sonining yig‘indisi manfiy zaryad sonining yig‘indisi bilan teng bo‘lishi shart.
8. Hisoblab chiqilgan formulani kimyoviy elementlar miqdorining
kamayib borishi tartibida yoziladi.
Mineral qorishmalarni izomorf aralashmalar bilan ifodalash mumkin.