Minerallarning morfologik xususiyatlari. Tabiatda qattiq minerallar asosan notog’ri shakllardagi donalar holida tarqalgan bo’lib, shakli va o’lchamiga bog’liq bo’lmasdan ichki kristall tuzilishga ega bo’ladi. Tabiiy tomonlari juda yaxshi shakllangan kristallar juda kam uchraydi.
Kristallarning ko’rinishi. Minerallar izometrik shaklda, bir vaikki yo’nalishda cho’zilgan bo’lishi mumkin.
Kristallarning qo’sholoqlari. Qo’sholoq deb muayyan bir mineralning ikki kristalli birga o’sganligiga aytiladi. Qo’sholoq eritmada vujudga kelgan kristallchalarning o’sishi vaqtida bir-biriga tutashishi va mexanik ta’siri hamda kristall moddalarning polimorf o’zgarishi tufayli kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |