16.2. Kriptovalyuta turlari va Bitkoyn
Bugungi kunda dunyo boʻyicha 2396ta kriptovalyutalar roʻyxatga
olinib, ularning jami bozor kapitallashuvi 204.09 mlrd AQSH dollariga
teng.
107
16.2-rasmda kriptovalyutalarning bozor kapitallashuvi
ulushlarda tasvirlangan.
107
https://www.investing.com/crypto/currencies (11.10.2018)
Blokcheyn texnologiyalarda kriptovalyutalarni bir hamyondan
boshqasiga mablagʻ oʻtayotganini koʻrib turish mumkin, ammo uni
taqiqlab ham, bloklab ham boʻlmaydi. Shuningdek kriptovalyuta larning soni chegaralangan boʻladi va ularning inflyatsiyaga
uchramasligiga sabab boʻladi. Masalan, tahminan 2040-yilga borib
maynerlar tomonidan 21,000,000 Bitkoyn topiladi, soʻng toʻxtatiladi.
Undan keyin nima boʻlishi haqida taxminiy tasavvurlargina mavjuddir.
16.2-rasm. Kriptovalyutalarning bozor kapitallashuvi (11.10.2018)
Kriptovalyutalarning oʻziga xos xususiyatlaridan biri ularning
maxfiyligidir, ya’ni anonim ismlar orqali ularning kimga tegishli
ekanligini aniqlab boʻlmaydi. Natijada noqununiy pul aylanmasi,
giyohvand moddalar uchun, terrorizmni moliyalashtirish uchun yaxshi
toʻlov vositasiga aylanib qolishi mumkin. Kriptovalyutalarning yana
bir xususiyati ularning nomarkazlashgan tizimga egaligi tufayli ularda
vositachilar boʻlmaydi, shu tufayli oʻzaro ikki shaxs oʻrtasida bitim tez
va kamroq xarajatlar orqali amalga oshiriladi. Biroq xato amalga
oshirilgan toʻlovlarni ortga qaytarishning imkoni mavjud emas.
Bugungi kunda dunyoda eng yuqori qiymatga ega TOP 20
kriptovalyutalar roʻyxati 15.1-jadvalda keltirilgan.
292
15.1-jadval
108
Eng yuqori qiymatga ega TOP 20ga kiruvchi kriptovalyutalar
haqida ma’lumot (11.10.2018y holatiga)
№
Kriptovalyuta
nomi
Belgisi
Narxi
(dollar)
Bozor
kapitallashuvi
(mlrd dollar)
24 soatlik
aylanmasi hajmi
(mln dollar)
1 Bitcoin BTC 6,304.2 $109.26 $4510
2 Ethereum ETH 204.13 $21.06 $1730
3 XRP XRP 0.41891 $16.88 $626.81
4 Bitcoin Cash BCH 456.26 $7.98 $472.71
5 EOS EOS 5.3937 $4.89 $738.11
6 Stellar Lumens XLM 0.2205 $4.19 $53.89
7 Litecoin LTC 52.644 $3.10 $373.30
8 Tether USDT 0.98204 $2.69 $3.12
9 Cardano ADA 0.07696 $2.01 $54.67
10 Monero XMR 102.61 $1.71 $179.70
11 TRON TRX 0.022635 $1.51 $172.33
12 IOTA MIOTA 0.51961 $1.46 $32.51
13 Dash DASH 169.14 $1.42 $220.99
14 Binance Coin BNB 9.8204 $1.15 $31.92
15 NEO NEO 16.51 $1.08 $189.65
16
Ethereum
Classic
ETC 9.97 $1.05 $233.73
17 NEM XEM 0.09466 $0.851 $11.48
18 Tezos XTZ 1.2862 $0.780 $2.01
19 VeChain VET 0.0121 $0.674 $13.39
20 Dogecoin DOGE 0.005471 $0.628 $13.18
Bitkoyn 2009 yilda yaratilgan eng birinchi yaratilagan blokcheyn
texnologiyalar asosida yaratilgan kriptovalyuta hisoblanadi. Eng
qiziqarlisi, oʻzini Satoshi Nakamoto deb nomlovchi Bitkoyn tizimi
yaratuvchisi deyarli anonym shaxs hisoblanib, u 2011 yildan soʻng
gʻoyib boʻldi va hattoki Internetdan ham yoʻqolib qoldi. Albatta
bunday holatni tushunish mumkin, bu inson haqiqatda oʻz hayotidan
xavfsirayotgan boʻlishi mumkin.
Biroq kutilmaganda oʻtgan yil avstraliyalik Kreyg Rayt omma
oldida aynan u Bitkoyn kriptovalyutasini yaratuvchisi ekanligini
108
https://coinmarketcap.com/ru/all/views/all/
oshkor etdi. U oʻz fikrlarini 3ta – BBC, GQ va Economist nashrlariga
intervyu berish orqali bildirdi. BBC bilan uchrashuvda Rayt Bitkoyn
tizimi dastlabki rivojlanishni boshlayotgan davrda yaratilgan,
kriptografik kalitlar qoʻllanilgan elektron imzoni qoldirdi. Aynan
ushbu kalitlar birinchi partiya Bitkoynlarni yaratishda ham
qoʻllanilgan. 2009 yil yanvar oyida Bitkoynlar Xolu Finney
kriptografikasiga oʻtkazilgan va bu kriptovalyuta bilan amalga
oshirilgan birinchi bitim hisoblangan.
Raytning ta’kidlashicha, u Satoshi Nakamoto nomidan
foydalanishga chek qoʻyishga qaror qilib, aynan u Bitkoyn
yaratuvchisi ekanligini isbotlovchi axborotni e’lon qilishni va’da berdi.
U shuningdek kriptovalyutalarni vujudga keltirishda unga katta
koʻlamdagi yaratuvchilar jamoasi yordam berganligini aytib oʻtdi.
Oʻtgan yili dekabr oyida Wired va Gizmodo jurnallari tekshiruv
natijalarini nashr qilishdi, unda Bitkoyn yaratuvchisi Rayt ekanligi
aytilgan. Shundan soʻng Avstraliya hukumati Raytning uyida tintuv
oʻtkazishdi. Rayt esa bu tintuvlar soliqlarni toʻlanishi bilan bogʻliq
tekshiruvlar sababli ekanligini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga koʻra,
2017 yil 21-oktyabrda Nakamoto Bitkoyn orqali 5.9 mlrd AQSH
dollariga ega boʻldi. Umuman olganda, 2018 yilning oktyabr oyida 17
million 311 ming dona Bitkoyn muomilada boʻlgan. Biroq, maynerlar
tomonidan topiladigan Bitkoynning maksimal miqdori 21 million
donani tashki etadi. Muomalada boʻlgan Bitkoynlarning 34.28 foizini
top-1000 Bitkoynning anonim egalari egalik qiladi. Barcha Bitkoyn
anonim egalarining 90 foizi 0.1 BTC kam miqdorga egalik qiladi.
2010 yil 22 may oyida Laszlo Haynkez 2 ta Papa John’s Pizza
pitstsalari 10000 BTC ayriboshladi va bu birinchi qonuniy tovar
ayriboshlanishi uchun Bitkoynning ishlatilishi edi. Usha vaqtda 10000
BTCning narxi 41$ edi. 2018 yil oktyabr oyi holatiga 10000 BTC
taxminan 66.67 mln dollarga teng.
16.4-rasmda Bitkoyn narxining soʻnngi 3 yilda oʻzgarish
diamikasi tasvirlangan. Unga koʻra, Bitkoynning narxi 2016 yildan
2017 yilning yanvariga qadar juda sekin miqdorda oʻsish kuzatilgan
boʻlsa, 2017 yilning 2-choragidan boshlab Bitkoynning narxi yuqori
sur’atlarda koʻtarila boshlangan va 2017 yilning dekabr oyida esa
maksimal nuqtaga erishdi. Biroq, keying 2018-yil boshidan keskin
tushish kuzatilgan. 2018-yil oktyabr oyida esa 6500 dollar atrofida
kuzatilgan. Tahlil natijalariga e’tibor qaratadigan boʻlsak narxi yuqori
tebranuvchan boʻlganligiga guvoh boʻlish mumkin.
16.4-rasm. Bitkoyn narxining soʻnngi 3 yilda oʻzgarish diamikasi
Bugungi kunda dunyoda 500dan ortiq kriptovalyuta birjalari
mavjud boʻlib, Binance, KuCoin, Huobi Pro, Chagelly, Bittrex,
Poloniex, Bitfinex, Bitmex, Cryptopia kabilar dunyodsagi eng yirik
kriptovalyuta birjalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |