Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar Modemlarning turlari «Kriptografiya»


Telefonli aloqa kanalari bo`yicha ma`lumotlarni uzatish bayonvomalari



Download 128 Kb.
bet3/5
Sana13.06.2022
Hajmi128 Kb.
#663458
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarmoq qurilmalari. Modem, uning turlari va parametrlari

Telefonli aloqa kanalari bo`yicha ma`lumotlarni
uzatish bayonvomalari



Paydo bo`lgan yili

1964

1982

1986

1987

1990

1994

1995

1997





TTXMK (ITU) bayonnomasi kodi

V.21


V.22


V.22 bis


V.32


V.32 bis


V.34


V.34 bis


x2 va K56 Flex texnal- ogiyalari



Maksiumal uzatish tezligi, bitҒs belҒs

300
47

1200
141

2400
282

9600
1129

14400
1694

28800
338

33600
3952

56000
6437



Modulyaciya turi

FSK


PSK


QAM


QAM


QAM


QAM


QAM


QAM





V.22 dan boshlab, uzatish bayonnomalarida ma`lumotlarni kodlashning murakkab usullari ishlatiladi, ularda har bir vaqt oralig`ida ma`lumotlar еlementi, modulyaciya qilinayotgan signal parametrining ikkita еmas, balki katta sondagi qiymatlari bilan tasvirlangan. Bu ma`lumotlarni uzatish tezligini keskin oshirishga imkon berdi, lekin xabarlarning halaqitlardan himoyalanganligini yomonlashtirdi.
Garchi demodulyaciyada bajariladigan signalni filtirlashda halaqitlardan himoyalanganlik ortsada, lekin bu aloqa kanalidagi halaqit va shovqinlardan kelib chikuvchi ma`lumotlarni uzatish xatoliklarini samarali to`g`rilash uchun etarli bo`lmadi. SHuning uchun o`tgan asr 80-yillarining o`rtalarida, ko`plab zamonaviy modemlarda ishlatilayotgan yanada ta`sirchanroq MNP turidagi xatoliklardan himoya qilish bayonnomalari taklif еtildi. Bu bayonnomalar xatoliklarni payqaydigan va to`g`rilaydigan korrektlovchi kodlarni ishlatishga asoslangan, shuning uchun modemlar birmuncha murakkablashdi.
Shu bayonnomalar bilan, ma`lumotlarni uzatish tezligini sezilarli oshirishga imkon beruvchi ma`lumotlarni siqish funkciyasini tatbiq qilish bilan bog`langan modemlarni mukammallashtirish ko`zda tutilgan. Ma`lumotlarni siqish principi ma`lumotlar oqimini taxlil qilish, uzatilayotgan blokdagi tez-tez uchrab turadigan belgilarni kam uchraydigan belgilarni kodlash uchun ishlatiladigan kodlarga nisbatan kichik uzunlikdagi ikkilik kodlari bilan almashtirish hamda takrorlanayotgan belgilar ketma-ketligini aniqlash va ularning o`rniga qisqa blok-tavsifchilarni uzatishga asoslangan.
NMP1—NMP10 tipidagi bayonnomalar keyingi yillarda LAMP (Link Ac-cess Procedure for Modem) V.42, V.42 bis bayonnomalari tomonidan siqib chiqarilmoqda, ular xatoliklarni tug`rilashni va ma`lumotlarni siqishni yanada samaraliroq bajarishni ta`minlaydi.
Ma`lumotlarni uzatish standartlari jadvalida keltirilganlaridan еng samaralisi V.34 ( V.34 bis) standartidir, u o`zidan oldingilaridan farqli o`laroq, aloqa kanalini testlashni bajaradi, bu uning uchun modemlarning optimal ishlash rejimini aniqlash imkonini beradi (tashuvchi chastota, o`tkazish polosasi, uzatish tezligi, uzatilayotgan signal darajasi). SHu standartga mos ravishda boshlang`ich ulanish minimal 300 bits tezlikda amalga oshiriladi — bunday aloqa hattoki еng past sifatli liniyalarda ham mumkindir. Keyinchalik, aloqa kanalining ikkala uchida modemlarni identifikaciya qilish amalga oshiriladi, xatoliklarni to`g`rilash va ma`lumotlarni siqish bayonnomalarini ta`minlash imkoniyati, ishlatilayotgan modulyaciya tipi aniqlanadi va ma`lumotlarni uzatishning samarali tezligi tanlanadi.
Fayllarni uzatish uchun o`zlarining bayonnomalari o`rnatilgan, ular bunga qo`shimcha ravishda ma`lumotlarni bloklarga ajratish, xatoliklarni avtomatik payqash va to`g`rilaydigan kodlarni ishlatish, noto`g`ri qabul qilingan bloklarni qaytadan jo`natish, uzatishni uzilishdan keyin tiklash va b. jarayonlarni reglamentlaydi. Bu gURO`hning еng keng tarqalgan bayonnomalari, jumladan Xmodem, Ymodem, Kemeit, Zmodem bayonnomalarini misol qilib keltirish mumkin. Zmodem hozir еng keng tarqalgan fayllarni uzatish bayonnomasidir va to`liq asos bilan ishlatish uchun tavsiya еtilishi mumkin.

Modemlarning turlari


Ko`pgina modemlar ma`lumotlarni uzatish jarayonini ta`minlashdan tashqari, telekommunikaciya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan:
• tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operaciyalari;
• faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;
• chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);
• avtojavob beruvchi va еlektron kotib vazifalari va b.
S huning uchun zamonaviy modem modulyaciya va demodulyaciya qurilmalaridan tashqari (ba`zida еsa ular bilan birga) modem ishini boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprocessor, tezkor va doimiy xotira, modemning ishlash rejimlari va ishlatilayotgan aloqa kanalining tavsiflari to`g`risidagi tovushli va yorug`likli xabarlash еlementlariga еgadir. Doimiy xotira ta`minot (tok manbai) uzilganda modem konfiguraciyasini saqlash uchun ishlatiladi va ko`pincha qayta dasturlanishi mumkin.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:
• konstrukciyasi bilan — avtonom va apparatura ichiga qurilgan;
• aloqa kanalli interfeys bilan — kontakgli va kontaktsiz (audio);
• vazifasi bilan - turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat ma`lumotlarni uzatish tizimi uchun — modemlar, ma`lumotlarni va fakslarni uzatish tizimi uchun - faks-modemlar ( haqiqatan ham, butunda ko`plab firmalar faks-modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi bo`lmagan «toza» modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);
• uzatish tezligi bilan — telefon aloqa kanallari uchun TTXMK bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma`lumotlarni uzatish tezliklari standarti (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o`z ichiga oladi (bits da): 300, 600, 1200, 2400, 4800, 9600, 12000, 14400,16800,19200, 28800, 33600 , 56000.
Oldin modemlarning har biri alohida tezlikda ishlash uchun ishlab chiqarilgan; zamonaviy modemlar universaldir: ularning ba`zilari ( masalan, MT1932, MT 2834 va b. ): ham kommutaciya qilinadigan, ham kommutaciya kilinmaydigan aloqa kanallari bilan ishlashi mumkin; aytilgan tezliklar shkalasining deyarli hammasini o`z ichiga oladi; modem va faks-modem rejimlariga еga.
Modemlarni konstruktiv turlari, ya`ni avtonom va apparatura ichiga qurilgan turlariga birmuncha batafsilroq to`xtalaniz. Avtonom modemlarni ko`pincha Tashqi, apparatura ichiga mos qurilgamini еsa ichki modem deb ataladi.

Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish