3. Kredit va uning bozor iqtisodiyotidagi roli. Kreditning roli uning mohiyati va funkiyalari orqali aniqlanadi.
Kreditning rolini kreditni intensifikatsiyalash dastagi va rag’batlantiruvchisi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda bajaradigan funktsiyalarining natijasi sifatida aniqlashtirish mumkin.
Kredit takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va ijtimoiy ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydi.
Korxonalarga beriladigan kredit ularni vaqtinchalik moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojini qondiradi va takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom etishini ta’minlaydi.
Pul mablag’lariga ehtiyoj ishlab chiqarishnining nafaqat mavsumiy, shuningdek, boshqa sabablariga ham bog’liq. Barcha hollarda kreditni jalb etish asosiy va aylanma fondlarining uzluksiz doiraviy aylanishini, ishlab chiqarish jarayoni va tovarlar muomalasini tezlashtirishni ta’minlaydi.
Boshqa iqtisodiy kategoriyalar singari kredit mahsulot ishlab chiqarish va muomala sohasini rag’batlantiradi. Shuningdek, kredit ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishga, iqtisodiy vazifalarni bajarishiga muhim ta’sir ko’rsatadi.
Yoozirgi sharoitda ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni muammolari echilayotgan bir davrda kreditning ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqarishga jalb etishdagi roli ortib bormoqda.
Ilmiy-texnika taraqqiyotga ijobiy ta’sir etish jahon talablariga mos mahsulot ishlab chiqarish, mehnat xarajatlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshirishga imkon beruvchi yangi texnika va texnologiyalarni kiritish jarayonlarini imtiyozli kreditlashda ko’rinmoqda.
Yoozirgi kunda ko’pgina korxonalarda chuqur tarkibiy o’zgarishlar tufayli ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yangi texnik asosdagi asosiy fondlar bilan ta’minlash ehtiyojini qondira olmaydi. Bunday sharoitda korxonalar texnik qayta qurollanish uchun kreditga ehtiyoj sezadi. Bundan ko’rinib turibdiki, kreditni paydo bo’lish shart-sharoitlariga nafaqat unga bo’lgan ehtiyoj, shuningdek, bo’sh pul mablag’larini mavjudligi, ulami vaqtinchalik foydalanishga berish imkoniyatiga bog’liq.
Kredit texnologik jarayonlarni takomillashtirish, asbob-uskunlarni modernizatsiya qilish, asosiy fondlar parkini yangi mashinalar bilan ta’minlash asosida, minimal kapital xarajatlar hisobiga xalq xo’jaligiga kerak mahsulotni hajmini oshirishda korxonalarni samarali yo’llarni tanlashida ularga iqtisodiy turtki beruvchi vositadir.
Samarali tadbirlarni amalga oshirish uchun beriladigan kredit fond qaytimi va kapital xarajatlar samaradorligini oshirishga, asosiy fondlar strukturasini yaxshilashga va ishlab chiqarish quvvatlarini o’z vaqtida ishga tushirishga yordam beradi.
Kreditning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirishga ta’siri fondlar va mehnat unumdorligini qiymat shakllari o’sish su’ratlarini bir-biriga munosabatini ifodalaydi va o’z navbatida, ishlab chiqarish fondlari samaradorligi darajasini xarakterlaydi.
Kredit shunday ishlab chiqarish vositalari sotib olish va kiritishga ishlatilishi kerakki, bunda bu vositalar asosida mehnat unumdorligini va mehnatni fond bilan qurollanish darajalari oshsin.
Kreditning muhim roli sof daromadni ishlatish sharoitlarini to’lashligini ta’minlashdan iborat. Sof daromadni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatish uchun avval uni ishlab chiqarishni kengaytirish talab qiladigan darajada pul ko’rinishida jamg’arish kerak.
Kreditni rolini to’g’ri aniqlash uchun uni ishlatish maqsadlarini, shu jumladan, umumiy va xususiy maqsadlarini yoritish kerak.
Kreditning umumiy maqsadi bu ijtimoiy ishlab chiqarishni dinamik va proportsional rivojlanish asosida aholining moddiy va madaniy turmush darajasini oshishini ta’minlaydi.
Kreditning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni rivojlantirishning intensiv omillarini qo’llash asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir.
Kredit davlatning iqtisodiy dastaglaridan biri sifatida butun iqtisodiyotning rivojlanishiga va alohida korxona faoliyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Kredit ishlab chiqarishga ijtimoiy xarajatlarni iqtisod qilish yo’li bilan ta’sir
etadi.
Ammo, kredit tovar-moddiy boyliklardagi jonli yoki buyumlashgan mehnatni bevosita iqtisod qila olmaydi, chunki uning o’zi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi.
Kreditning roli uni xalq xo’jaligiga ta’sir etish mexanizmi va yo’nalishida ifodalangan nazariy tushunchadir.
Kreditning iqtisodiyotni va ilmiy texnika taraqqiyotini rivojlanishiga ta’siri uni xo’jalik hisobini mustahkamlanishdagi rolini oshiradi.
Xo’jalik hisobida qarz oluvchi yuridik mustaqil shaxs sifatida kreditor bilan kredit shartnomasi tuza oladi.
Kreditning xo’jalik hisobiga ta’siri quyidagicha amalga oshiriladi:
qarz maqsadli yo’nalishiga ega bo’ladi;
qarzni qaytarib berish va muayyan to’lov to’lash majburiyati qarz oluvchini olingan qarzni samarali ishlatishga undaydi.
Kreditning hozirgi sharoitda rolini oshirish uchun banklar kredit resurslaridan foydalanish samaradorligini ta’minlashlari, likvidlik qobiliyatiga ega bo’lmagan zahiralar va xarajatlarga kreditlar bermasliklari, kreditni muomala xarajatlarini iqtisod qilishda keng qo’plashni hisobga olishlari zarur.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida kreditning roli ortib bormoqda.
Yoozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tishdek qiyin sharoitda respublikamiz xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasiga kirib bormoqda va bunda kredit ham muhim rol o’ynamoqda.
Kredit mamlakatlararo o’zaro hamkorliklarni amalga oshirishda, xususan, qo’shma korxonalar qurishida va ularning faoliyatini taminlashda muhim rol o’ynaydi.