Krediy munosabatlari rivojlanishini belgilovchi omillar.
Kredit munosabatlari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari.
O’zbekistonda kredit munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari.
1. Kreditning tarixiy rivojlanish bosqichlari
Boshlang‘ich shakllanish. Boshlang‘ich rivojlanish bosqichi natural xo‘jalikdan tovar xo‘jaligiga o‘tish bilan yuzaga kelgan. Ishlab chiqarish davrning o‘zaro mos kelmasligi, bir mahsulot egasi ikkinchi zarur mahsulotni olish uchun o‘z mahsulotini sotishga majbur bo‘ladi. Bunday jarayonda to‘lovlarning ikkinchi mahsulotni ishlab chiqarilgunga qadr kutishni talab qiladi. Ushbu jarayonda xaridor qarzdor bo‘lib, sotuvchi kreditor bo‘ilb yuzaga chiqadi. SHu bilan tovar ko‘rinishidagi kredit munosabatlari shakllana boshlangan. Ushbu rivojlanish bosqichining rivojlanishida sudxo‘rlik krediti muhim ahamiyat kasb etdi. Boy oilalar o‘z mahsulotlarini vaqtinchalik kreditga berib, evaziga shaxsning o‘zini garovga yoki er, mol-mulkini garovga olishgan.
Bu bosqichning asosiy belgisi ssuda kapitali bozorida maxsus vositachilar faoliyat yuritmasdan, kredit munosabatlari, bo‘sh pul mablag‘lar egalari va qarz oluvchilar o‘rtasida bevosita amalga oshirigan. Bu erda kredit sudxo‘rlik kapitali sifatida namoyon bo‘ladi.
Tarkibiy rivojlanish. Ushbu bosqichda boshqariladigan kredit munosabatlariga o‘tilgan. Kredit rivojlanishining ushbu bosqichi ssuda kapitali bozorida kredit-moliya tashkilotlari kabi maxsus ilk vositachilarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Kreditga zaruriyat tug‘ilganda quyidagi manbalardagi bo‘sh mablag‘lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin.
asosiy fondlarni tiklash, kapital ta’mirlash uchun ajratiladigan eskirish sifatidagi pul mablag‘lari;
tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining bir biriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari;
tovarlarni sotishdan tushgan tushum bilan ish haqini to‘lash vaqtlari orasida vaqtincha bo‘sh turib qolgan pul mablag‘lari;
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig‘iladigan va kapitallashtirish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha mablag‘lar;
shaxsiy sektor daromadlari, jamg‘armalari va boshqa bo‘sh pul mablag‘lari.