Kurs ishining predmeti. Xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishni o‘rganishdagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari.
Kurs ishining obekti. Xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarish omillarini o‘rganishda ―Ipoteka Bank‖ ATIB Chilonzor filialining ma‘lumotlaridan foydalanildi va bitiruv malakaviy ishning ob‘ekti sifatida o‘rganildi.
Kurs ishning asosiy maqsadi va vazifalari. Xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarish yo‘llarini o‘rganish. Tashkilotlarni boshqarishda va raqobatbardoshligini ta‘minlashda xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish va istiqbollarini ko‘rib chiqishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi: 6 -xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilishning nazariy asoslarini o‘rganish; -marketingning mazmuni va iqtisodiyotni rivojlanishida tutgan o‘rnini o‘rganish;
-xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot hisoblanuvchi bank tizimida marketing xizmatini shakllanishi va rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini o‘rganish;
-bank xizmatlarida marketing tizimi va strategiyasini o‘rganish;
-ATIB ―Ipoteka Bank‖da marketing faoliyatini samarali tashkil qilishning amaliy holatini tahlil qilish;
-xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarish yo‘llarini o‘rganish;
-xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishda xorij tajribasidan foydalanish yo‘llarini o‘rganish.
Kurs ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Xorijiy mamlakatlarda marketing faoliyatini tashkil qilish va samarali boshqarish A.Smit, F.Kotler, P.Druker, I.Belyayev, Y.Shumpeter, A.V.Chayanov, K.A.Raitskiy kabi iqtisodchi olimlar tomonidan o'rganilgan. Ular marketing nazariyasini rivojlantirishga o'z hissalarini qo'shganlar. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz olimlari tomonidan ham ushbu mavzu bo‘yicha qator ilmiy izlanishlar olib borildi. Xususan S.S.G‘ulomov, G‘.H.Qudratov, Yo.Abdullayev, M.S.Qosimova, B.Xodiyev, S.Soliyev, A.Buzrukxo‘jayev, A.Abdullayev va D.Suyunovlar kabilarning bu borada olib borgan tadqiqotlarini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Kurs ishi natijalari, xulosa va takliflari xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishning zamonaviy boshqaruv usullari, vazifalari va mexanizmlari to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlar doirasi o‘rganiladi. Kurs ishining amaliy ahamiyati O‘zbekiston Respublikasining xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini samarali boshqarish, marketing faoliyatini qo‘llash, zamonaviy boshqaruv tizimini rivojlantirish, qarorlar qabul qilish, amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin. 7
Do'stlaringiz bilan baham: |