Kredit tizimining holatini tavsiflovchi ko`rsatkichlar. Kredit tizimini tartibga solish va nazorat qilish. Kredit tizimining barqarorligiga ta`sir etuvchi omillar
4. Kredit tizimining holatini tavsiflovchi ko`rsatkichlar. Kredit tizimini tartibga solish va nazorat qilish. Kredit tizimining barqarorligiga ta`sir etuvchi omillar. Turli tarmoklardagi darajasiga ko`ra, kredit iqtisodiy stixiyali makroboshqaruvchisi sifatida namoyon bo`ladi. Ba`zi xollarda bu funktsiyaning amalga oshirilishi bozor tizimiga nomutanosiblikni chukurlashuviga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday xolat MDX davlatlarida bozor iqtisodiga o`tish boskichida namoyon bo`lmokda shuning uchun kredit tizimini davlat tomonidan boshkarishning muxim vazifalaridan biri bu iqtisodiy ustunlikni okilona tavsiflash va kredit resurslarini u yoki bu tarmokka jalb kilishni rag’batlantirishdan iborat.
Markaziy bank-bank tizimi mavjud bulgan barcha davlatlar pul-kredit tizimining asosini tashkil kiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi o`rni mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga boglik.
Bu esa uz navbatida ikki pog’onali bank tizimini shakllanishiga asosiy omil bo`lib hisoblanadi. CHunki buning tepasida Markaziy bank bo`ladi.
Ikki pog’onali bank tizimining zarurli bozor munosabatlarining qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablag’laridan erkin foydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pog’ona banklar-tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma`lum mikdorda tartibga solish nazorat kilish maksadli yo`naltirish zarur. Bunday maxsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chikadi.
Tijorat bankining faoliyatini olib borishning asosida, eng avvalo, uning likvidliligi yotadi. Likvidliligi bo`lmagan bank to`lovga layoqatli bo`la olmaydi. Amalda aynan nolikvidlik banklarning to`lovga layoqatsizligi, ularni bankrotlikka va bank tizimining beqarorligiga olib keladi.
“Likvidlik” atamasi (lotincha liquidus - oquvchan, suyuqlik) sotish, aktivlarni pul mablag’lariga aylantirishning amalga oshirilishini, ya`ni bankning Markaziy bank yoki vakil banklardagi naqd pul mablag’laridan oqilona foydalanish, likvid aktivlarni sotish imkoniyati va h.k.larni anglatadi.
Tijorat bankining likvidligi uning balans tuzilmasi bo`yicha belgilanib, unda aktivlar passivga doir muddatli majburiyatlarni qoplash uchun o`z qiymatini tushirmagan holda yo`qotishlarsiz pul mablag’lariga aylantirilishi lozim.
Bank o`z likvidligini tahlil qilish masalasi bank nazorati bo`yicha Bazel bitimida, ayniqsa, chuqur ko`rib chiqilgan. Ushbu bitimga muvofiq “likvidlikni tahlil qilish bankning o`z majburiyatlarini muddatida va zarar ko`rmagan holda bajarish layoqatini aniqlash zaruratini ko`zda tutadi. Aholining bank tizimiga bo`lgan ishonchi banklarning o`z majburiyatlarini benuqson bajarishiga bog’liq. Demak, banklarning likvidligi hamda to`lovga layoqatliligi banklarning umumiy moliyaviy barqarorligini ta`minlash lozim bo`lgan bank nazorati organlarini ko`proq o`ylantiradigan soha hisoblanadi. Mijoz har safar o`z hisobvarag’idan pul olmoqchi bo`lganda bankning o`z majburiyatini bajarish zarurati yuzaga keladi. Majburiyat bajarilmagan taqdirda bank o`z obro`sini yo`qotadi va bu ham bankni bankrotlikka olib kelishi mumkin. Likvidlikni ta`-minlashning eng oddiy usuli bankning bir qism aktivlarini likvid shaklida, masalan naqd pul, Markaziy bank va boshqa banklardagi vakillik hisobvarag’idagi qoldiqlar, davlat qisqa muddatli obliga-tsiyalari (DQMO) shaklida saqlash hisoblanadi.
Banklar likvidligining o`zgarishiga ta`sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda likvid aktivlarining zarur miqdorini belgilab olishlari lozim. Mazkur omillarga quyidagilar kiradi:
– omonatlarning ko`payishi yoki kamayishiga ko`ra mablag’larga ega bo`lish yoki ularni yo`qotish; bank jalb qilingan mablag’lar bo`yicha majburiyatlarni yaqin muddatlarda bajarishi lozim, bu omonatlar va boshqa passivlarning muddatlari bilan bog’liq hamda bankda qoladigan depozitlar miqdorini (asosiy depozitlar) hisobvaraqdan olinadigan yoki darhol to`lanadigan depozitlar va boshqa passivlar (“Uchuvchan mablag’lar”) bilan qiyoslagan holda tahlil qilishni ko`zda tutadi;
– omonatlar summasining o`sishi yoki qisqarishiga muvofiq majburiy zaxiralar me`yoriy miqdorining ko`payishi yoki kamayishi ham likvidlikka bevosita ta`sir ko`rsatadi, chunki majburiy zaxiralar me`yorini bajarishga yo`naltirilgan mablag’lar likvid aktivlarning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi;
– ssudalar va investitsiyalar summasining oshishi yoki kamayishiga ko`ra mablag’lar oqib kelishining ko`payishi yoki kamayishi; ushbu omilning ta`siri shundan iboratki, ssudalar va investitsiyalar miqdorining oshishi likvid aktivlar ulushini kamaytiradi, chunki investitsiyalar aksariyat hollarda uzoq muddatga jalb qilinadi.
Daromadlilik oshayotgan bir paytda likvidlikning maqbul darajasini ta`minlash uchun bank jalb etilgan omonatlar muddatlari va ularga doir xarajatlarni tahlil qilib chiqib, kredit qo`yilmalari va investitsiyalar muddatlari hamda rejalashtiriladigan daromadlar bilan taqqoslash lozim. Bunday taqqoslash joylashtirilgan va jalb etilgan mablag’larni muddatlari bo`yicha solishtirish asosida bank likvidligi holatini aniqlash, shuningdek, likvidlikning zarur darajada eng ko`p foydaga erishish uchun qisqa, o`rta va uzoq muddatli kreditlarning optimal nisbati bilan kredit siyosatini olib borish imkoniyatini beradi.
“To`lovga layoqatlilik” “likvidlik”ka nisbatan kengroq tushuncha bo`lib, bank zarur muddatlarda kreditlar-omonatchilar, banklar davlat oldidagi majburiyatlarini to`la summada bajara olish layoqatini bildiradi. Lekin u faqat balans likvidligiga bog’liq bo`lib qolmasdan, balki boshqa bir qator faktorlarga ham bog’liqdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: mintaqa yoki respublikadagi siyosiy va iqtisodiy holat, pul bozorining holati, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish imkoniyati, qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanganligi, bank qonunchiligining mavjudligi va zamonaviyligi, bankning o`z kapitali bilan ta`minlanganligi, mijozlar va partner-banklarning ishonchliligi, bankdagi menejment darajasi, mazkur kredit muassasasi bank xizmatlarining maxsuslashtirilganligi hamda xilma xilligi va boshqa omillar kiradi. SHu bilan bir vaqtda ko`rsatilgan omillar to`g’ridan-to`g’ri yoki bilvosita bank balansi likvidligiga ta`sir ko`rsatadi, shuningdek, bir-biri bilan ma`lum darajada aloqada bo`ladi. (Aytilganlarni chizma tarzida ko`rsatish mumkin).