Kredit – modul tizimiga o’tish matematika sohasidagi talabalarga qanday
imtiyozlar beradi:
Birinchidan, akademik mobillik – talabalar kreditlarini saqlagan holda, istalgan
mos oliygohga o’qishni qiyinchiliksiz ko’chirib o’tishlari mumkin bo’ladi. U xoh,
jahon universiteti, xoh, o’zimizdagi istalgan OTM bo’lishining ahamiyati yo’q. Faqat,
talaba to’plagan krediti ko’chirib o’tish kerditiga yetsa bo’lgani.
Ikkinchidan, talabalarga o’qituvchini tanlash erkinligi beriladi. Bu orqali,
o’qituvchi va talaba o’rtasida akademik muloqot ta’minlanadi.
Uchinchidan, talabalar o’z istaklaridan kelib chiqqan holda, fanlarni tanlash
imkoniyatiga ega bo’ladi. Albatta, bu o’rinda majburiy o’rganilishi lozim bo’lgan
(mutaxassis) fanlar ham bor, ammo talaba mustaqil tanlov fanlarini belgilay oladi.
Matematika sohasidagi talabalar uchun bu ayni muddao. Sababi, ular mutaxassis
fanlarini mukammal o’rganishlari uchun bu ularga yetarlicha vaqt beradi.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
267
http://oac.dsmi-qf.uz
To’rtinchidan, talabalarga ta’lim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyatini
yaratish va qo’yiladigan baholarning oshkoraligini ta’minlash yo’lga qo’yiladi. Bu
esa, o’z - o’zidan ta’lim tizimidagi korruptsiyani barham topishini ta’minlaydi.
Amaldagi o’qitish tizimidan farqli o’laroq, kredit tizimida majburiy fanlardan
tashqari tanlov fanlari hamda talabaning shaxsiy dars jadvali bo’ladi. Talabalar
o’qishdan haydalmaydi yoki kursdan kursga qolmaydi. Qaysi fandan belgilangan
kreditlarni yig’olmasa, o’sha fanning o’zidan qayta o’qish va qayta imtihon bo’ladi,
xolos. Qayta o’qish – bu birinchi darsdan to oxirgi darsgacha o’tilgan ma’ruza,
labaratoriya va amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi. Qayta o’qish pullik. Uning
kredit summasi kontrakt summasidan kelib chiqib hisoblanadi. Oliy ma’lumot
olinganligi to’g’risidagi diplom esa, belgilangan kreditlar yig’ilgandan so’nggina
beriladi. Semestr yakunida talabalar bahosining 50 foizini fan o’qituvchisi, 50 foizini
OTM rahbariyati qo’yadi. Ya’ni, bir semestr davomida oraliq nazorat, uyga vazifalar
va amaliy mashg’ulot (labaratoriya) ishlarini professor – o’qituvchilar baholaydi.
Yakuniy nazorat OTM rahbariyati tomonidan olinadi. Unda o’qituvchi – professor
ishtirok etmaydi. Mutaxassislar fikricha, kreditlarni yig’ish uchun talabalardan
darslarda qatnashish, berilgan vazifalarni vaqtida bajarish, o’z bilim saviyasini
namoyon etish talab etiladi [4].
O’zbekistondagi OTM larini kredit – modul tizimiga o’tkazish uchun qanday
ishlarni amalga oshirish kerak? (Tavsiyalarim).
Avvalo, buning uchun har bir OTM lari uchun Oliy ta’lim vazirligi tomonidan
ishlab chiqilgan OTM larida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va
samaradorligini oshirish chora – tadbirlari to’g’risida nizom ishlab chiqish.
Va bu asosda, ta’lim jadalligini ta’minlash maqsadida chet el OTM lari
amaliyotidan kelib chiqqan holda, o’qitish sistematik dasturini ishlab chiqish.
Kredit–modul tizimining eng katta afzalliklaridan biri – fanlarni asosli
ravishda qisqartirishni barcha OTM larda joriy etish.
Misol uchun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universitetida avval, o’quv reja bo’yicha 43 ta fan bo’lgan bo’lsa,
kredit – modul tizim joriy etilgandan so’ng, ularning soni 31 taga kamaydi.
Talabarga berilgan mustaqil ish, uyga vazifa va labaratoriya topshiriqlari
uchun, OTM tomonidan maxsus sayt yaratilinishini ta’minlash.
Bu saytga talabalar, vazifalarni berilgan tartibda yuklab boradilar, o’qituvchiga
esa uni og’zaki himoya qiladilar. Bunda talabaning reyting ko’rsatkichi ham online,
ham o’qituvchi tomonidan deadline belgilanib boriladi. O’z vaqtida mustaqil ish va
uyga vazifalarni saytga yuklamagan talabalar baholanmaydi. Bu tizimda qayta
topshirish degan gap yo’q. Faqat qayta o’qish mumkin.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
268
http://oac.dsmi-qf.uz
Matematika sohasidagi talabalar uchun har semestr oxirida dunyo standartlari
asosida tuzilgan nazorat va test topshiriqlarini tashkil etish va ular asosida talabalarni
bilimlarini mustahkamlashni tashkil etish.
Bu, talabalarimiz bilim saviyasini dunyo standartlariga javob bera olishini
ta’minlaydi.
Matematika sohasidagi talalabalarga maxsus matematik yordamchi dasturlar
(MATlab, MATHcad, geogebra…) dan foydalanish ko’nikmalarini o’rgatish va
ulardan amaliyotda keng ko’lamda foydalanish shart – sharoitlarini yaratish.
Bu ularga fan nuqtai nazaridan hisob – kitoblarni tezlikda bajarish va matematik
tasavvurlarini kengroq shakllantirishda juda katta yordamchi bo’lib hizmat qiladi.
Keng bazali kutubxona resurslarini ham bosma, ham elektron shakllari bilan
barcha OTM larni ta’minlash.
Albatta, talabalarimizning bunday tizimga moslashishlari uchun yetarlicha vaqt
kerak. Ularni bunga tayyorlash avvalo, pedagog ustozlarning vazifasi. Shuning uchun
bunday sistemani shakllantirish uchun, avvalo, OTM larini professional va yetuk
malakali ustozlar bilan ta’minash lozim.
Shu bilan birga ta’lim kredit – modul tizimi o’quv jarayonini tashkil qilish
tamoyillarini takomillashtirish, talabalarni bilimini nazorat qilish, oliy ta’lim
muassasalarining o’qituvchi – professorlar tarkibini moddiy rag’batlantirish va
mehnat haqqini yaxshilash tamoyillarini ko’rib chiqishni talab etadi. Bundan tashqari,
talabalarni o’quv qo’llanma va materiallar bilan ta’minlanganlik, amaldagi
me’yorlarni ta’lim krediti tizimini talablariga mos bo’lishi, zamonaviy jihozlar va
ko’paytirish texnikasi bilan jihozlangan shaxsiy matbuot markazini mavjud bo’lishi
muhimdir. Ishonchim komilki, bunday tizimni O’zbekiston ta’lim tizimiga olib kirish
mamlakatimizning hamma sohalarining rivoji yo’lidagi katta burilishni yasaydi.
Zotan, oliy ta’limdan yetishib chiqqan bilimli, kreativ kadrlar yurtimiz kelajagi
poydevoridir.
Maqola oxirida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti kredit tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Farhod
Alisherovni so’zlarini keltirmoqchiman: ”Bilasizmi, ko’p talabalar kredit – modul
tizimi nimaligini haligacha tushunib yetganlari yo’q. xattoki, tizimni
xushlamayotganlar ham yo’q emas. sababi negaligini mendan ko’ra yaxshiroq
tushunib turibsiz… Hatto, oldingi tizim tarafdorlari ham topiladi. Ularga savol: xo’sh,
aytingchi, avvalgi tizim zo’r ekan, nega unda ta’lim tizimimizning tanqiddan boshi
chiqmay qoldi?.. Ammo, yangi tizim, yangi ta’lim hammasini o’z izmiga solmoqda.
Talabalardan so’ralayotgan yagona narsa bu – chuqur bilim egallash! Endi
boshqachasiga ta’lim olish, o’quv jarayonini davom ettirish mumkin emas!”
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
269
http://oac.dsmi-qf.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |