Kredit-iqtisod


PЕDАGОGLАRNING O‟QUVCHILАR BILАN O‟ZАRО



Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/585
Sana03.01.2022
Hajmi8,74 Mb.
#315939
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   585
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi

PЕDАGОGLАRNING O‟QUVCHILАR BILАN O‟ZАRО 

MUОMАLАSI

 

 



RЕJА: 

1.

 



Muloqot haqida tushuncha 

2.

 



Muloqot va faoliyat 

3.

 



Pedagogik muomala madaniyati 

4.

 



Tаrbiya pеdаgоgik kаtеgоriya sifаtidа 

5.

 



Mulоqоt tаrbiya vоsitаsi sifаtidа, mulоqоtning ijtimоiy аsоslаri 

6.

 



Pеdаgоgik mulоqоt vаzifаlаrini аmаlgа оshirish vоsitаlаri 

7.

 



Bugungi kun pеdаgоglаrining o‘quvchilаr bilаn o‘zаrо muоmаlаsi  

 

TAYANCH IBORALAR:

 

Muloqot,  pedagogik  muloqot;  pedagogik  muomala,  pedagogik  faoliyat; 



pedagogik  madaniyat,  tаrbiya,  muomala  va  munosabat,  motivatsiya,  insonparvarlik, 

muloqot  jarayoni 

 

1. Muloqot haqida tushuncha 

 

Muloqot (arabcha so‗z bo‗lib – ―uchrashish, ko‗rishish; qabul qilish‖ ma‘nosini 

anglatadi) insonlar o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar va fikr almashuv shaklining bir turidir. 

Shunday ekan, inson muloqot  jarayonida  ijtimoiy tajriba, ta‘lim-tarbiya, turli 

munosabatlar,  axloqiy  me‘yorlar,  g‗oya  va  mafkura  omillari  ta‘sirida    yashab, 

ijtimoiylashadi va barkamol shaxs sifatida  shakllanadi va rivojlanadi. Tarixiy tajriba 

va  amaliy  faoliyat  shundan  dalolat  beradiki,  insonni  jamiyatdan  va    shaxslararo  

bo‗ladigan  o‗zaro muloqotidan ajratib qo‗yish  uning shaxs sifatida  shakllanishiga  

imkon  beradigan  ijtimoiy  sifat,  xususiyat  hamda    fazilatlardan    mahrum  bo‗lishiga 

olib keladi. Chunki muloqot inson amaliy faoliyatining  moddiy-ma‘naviy shakllarini  

hamda uning  ehtiyojlarini  aks ettiradi.  

Kishilarning bir-birlari bilan o‗zaro munosabatlaridagi shirinsuxanlik, go‗zallik, 

so‗zlashuv  ohangidagi  muloyimlik  ―muosharat  odobi‖  deyiladi.  Mushorat  odobi, 

ya‘ni  ilk  muomala    madaniyati  bolaning  go‗dakligida  ota-ona  bag‗rida,  oilada 

shakllanadi.  Shu  bois  ham  xalqimiz  ―qush  uyasida  ko‗rganini  qiladi‖  deydi.  Yosh 

avlodda muosharat odobini, ya‘ni muomala  madaniyatini shakllantirishda o‗qituvchi-

pedagogning  o‗zi  xushmuomalaligini  namoish  etib,  o‗quvchi-talabalar  qalbiga  va  

yo‗l  topa  olishi,  mehribonligi,  ular  bilan    hamdard,  hamfikr  bo‗lib,  o‗rnak  bo‗lishi 

muhim ahamiyatga egadir. 

Muomala va munosabatda o‗quvchi-talabalar qalbiga yo‗l topa olgan, xushfe‘l, 

shirinsuxan,  adolatparvar,  muomalasi  yaxshi,  tili  shirin  o‗qituvchi-pedagog  va 

tarbiyachilarni yoqtirishadi va hurmat-e‘tibor qilishadi, ulardan ibrat olishadi.  

Darhaqiqat,  o‗qituvchi-pedagog va  tarbiyachilarning  muomala  madaniyati,  aql-

zakovati, fikri, his-tuyg‗ulari, bilimi va madaniy saviyasi, tafakkuri ma‘lum darajada 

so‗zda ifoda  etiladi.   Muomala  madaniyatida so‗z  aqldan  kuch,  tildan  ixtiyor  oladi. 



62 

Shunday  ekan,  o‗qituvchi-pedagog  va  murabbiylar  o‗z    so‗ziga,  tiliga  nihoyatda 

ehtiyot  bo‗lmog‗i  lozim.  Eng  avvalo,  o‗quvchi-talabalarga  muomala  madaniyatini, 

yoshi  kattalar  oldida  o‗zini  tuta  bilishini,  ularning  gapini  bo‗lmaslik  va  yoshi 

ulug‗larga gap qaytarmaslikni o‗rgatishi zarur. 

Kelajagimiz  bo‗lgan  yoshlarning  ichki  dunyosi,  maqsadi,  muomala  va 

so‗zlashuv  munosabatlari  nihoyatda  go‗zal  bo‗lishida  ota-ona  bilan  birga  pedagog 

o‗qituvchilarning ham roli katta. Shu bois o‗quvchi-talabalarni bir-biriga, qolaversa, 

insonlarga  mehru-muruvvatli  bo‗lishga  o‗rgatish  diniy  aqidaparastlik,  jaholat  tomir 

otayotgan  hozirgi  davr  uchun  jamiyatni  insonparvarlashtirish  dolzarb  vazifa    bo‗lib 

qolmoqda. Aslida bu vazifa  inson va jamiyat paydo bo‗lgandan buyon kun tartibida 

turgan  bo‗lib,  hali-hanuz  muloqot  va  muomala  madaniyatini  takomillashtirish 

umuminsoniy ehtiyoj sifatida o‗z ahamiyatini yo‗qotmagan. Atoqli dib Bernard Shou 

so‗zlari  bilan  aytganda:  ―Biz  hozir  havoda  qush  kabi  uchishni,  suvda  baliq  kabi 

suzishni  o‗rganib  olgan  bo‗lsak-da,  bizga  bir  narsa-yerda  insondek  yashashni 

o‗rganib olish etishmaydi‖.  

Shunga  ko‗ra,  muloqot  va  muomala  madaniyatiga  bo‗lgan  ehtiyojni  oqilona 

anglab  olish  muhim  ahamiyatga  ega.  Zero,  pedagogik  muloqot  va  muomala 

madaniyati  asosida  erishiladigan  yutuqlar  o‗qituvchi-pedagogning  ijodiy  mehnati 

mahsulidir.  O‗qituvchi-pedagog  har  bir  vaziyatni  oqilona  baholashi,  uni  to‗g‗ri 

rejalashtirishi,  ta‘lim  va  tarbiya  jarayonlarida  aql-idrok  bilan  muloqot  va  muomala 

madaniyatini shakllantirishi lozim. 

37-rasm 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Muloqot 

– bu «Shaxsning eng yaxshi tomonlarini aniqlash va ochib  berishga 

yordam  beruvchi  ijodkorlik  shaklidir.  U  boshqa  insonning  qadr-qimmatini  hurmat 

qilish,  insoniyat  tomonidan  ishlab  chiqilgan  axloq,  odatlarning  oddiy  qoidalariga 

amal  qilishga  asoslanishi»,  shaxslararo  muloqot  funksiyalarini  amalga  oshirish-

muloqot  subyektining  ma‘naviy-axloqiy  ko‗rsatmalari,  shuningdek,  insonparvarlik, 

emotsional-ijobiy,  shaxsiy  yondashuv,  individuallik  va  o‗ziga  xoslik  kabi 

yo‗nalishlari bilan belgilanadi (37-rasm). 

Muloqot  funksiyasi  faqat  muloqot  subyektlarining  ma‘naviy-axloqiy  

yo‗nalishigina  emas,  balki  ko‗p  jihatdan,  uning  insonparvar-axloqiy  mazmuniga  

bog‗liq  bo‗ladi.  Muloqotning  shakli,  lahzali,  tasodifiy,  tematik  rejalashtirilgan  – 

 

Muloqot –- bu 

bir vaqtda boshqa insonlar bilan harakatlar, 

fikrlar, sezgilar, hayajonlar almashish hamda 

insonning o‗z qalbiga, xotiralariga, vijdoniga,  

orzulariga murojaat etishidir. Muloqot – 

ijtimoiy-faol, individual-ijodiy, amaliy-

predmetli faoliyatdir. Muloqotda asosiysi-

birdamlik, do‗stonalik, bag‗rikenglik, 

fidokorlik hisoblanadi

 



63 

bayon  etish,  axborot,  xabar,  suhbat,  suhbatlashish,  gaplashish,  munozara  kabilardan 

iborat. 

E‘tibor  berish,  qiziqish,    ma‘qullash,  hamdardlik,  istiqbolni  ko‗ra  bilish 

yordamida  ta‘sir  ko‗rsatish,  tushunilgan  va  anglab    etilgan  motivatsiya  asosidagi 

faoliyat kabilar muloqot turiga kirib,  masalani hal  etishga yo‗naltirish, emotsional 

muhit yaratish, rag‗batlantirish, yo‗naltirish bilan hamkorlikdagi harakatlar yakunini 

yasashga yo‗naltirish, shuningdek, muloqotning samaraliligi, uning mavzusiga ijobiy 

motivatsiyasi, e‘tibori, qiziqishiga bog‗liq bo‗ladi. Motivatsiya muloqot jarayonining 

boshqaruvchisi sifatida ma‘no, onglilik, ishonch va qat‘iylikni talab qiladi. 

Muloqotning ma‘noli jihatlariga uning maqsad hamda  umumiylikka erishishda 

o‗z  individualligini  ko‗rsatishi,  shuningdek,  muloqotning  turli  funksiyalaridan 

foydalanish  –  qo‗zg‗atuvchi,  ekspressiv,  tashkiliy,  informativ,  emotsiyali,  dalilga 

asoslanganligi va boshqalarni kiritish mumkin. Shaxslararo yuzma-yuz muloqotlarda 

individning  potensial-shaxsiy,  kasbiy-ehtiyojli  hamda  amaliy-idrok  etish  jarayoni 

sodir bo‗ladi. 

 


Download 8,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish