3-TOPSHIRIQ
Quyonboqar bozordan qora yungli erkak va urg‗ochi quyonlar sotib olgan edi. Ular
urchiganda naslda faqat qora yungli quyonlargina emas, ozgina miqdorda kul rang
yungli va oq rangli quyonlar ham tug‗ildi. Quyonboqar hayron. Siz bu hodisani
qanday izohlaysiz?
4-TOPSHIRIQ
Dastlab «Kelajak tongi» korxonasida o‗rtacha doimiy xarajat o‗rtacha umumiy
xarajatlarning 30% ini tashkil qilar edi. Ishlab chiqarishning xarajatlariga ko‗ra
foydaliligi esa 40 % ga teng edi. Inflyasiya jarayoni natijasida o‗rtacha doimiy
xarajatlar 10 %, o‗rtacha o‗zgaruvchan xarajatlar esa 20 % o‗sdi. Agar korxona
mahsulot narxini 17 % ga oshirsa, xarajatlarga ko‗ra ishlab chiqarish rentabelligi
nimaga teng bo‗ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |