4 – mavzu: Kredit hisobi
Kredit hisobi
Ipoteka ssudasi. Qarzlarni birlashtirish va almashtirish.
Sarmoya jarayonlari tahlili.
Kredit hisobi
Kredit operatsiyalari tushunchasi va ko'rsatkichlari
Kredit deb bir subyekt ikkinchi subyektdan pul yoki tovarni ma’lum bir muddatga mukofot tolash va qaytarib berish sharti bilan olishiga aytiladi. Kreditni banklar, korxona va tashkilotlar, aksionerlik jamiyatlari, xususiy firmalar, sug'urta kompaniyalari, investitsiya fondlari, davlatlar, xalqaro tashkilotlar va jismoniy shaxslar berishi mumkin. Yuqorida sanalganlar qarz oluvchi bo'lishi ham mumkin. Kredit bir qancha turlarga bo'linadi.
Muddati bo'yicha: qisqa muddatli, uzoq muddatli.
Ta’minlanishi bo'yicha: ta’minlangan va ta’minlanmagan.
Kreditor turlari bo'yicha: davlatlararo, banklararo, bank, davlat, tijorat, lizing kompaniyasi krediti, sug'urta kompaniyasi krediti, shaxsiy kredit.
Debitorlar turi bo'yicha: qishloq xo'jaligi, sanoat, kommunal kredit, nomli kredit.
Foydalanishi bo'yicha: iste’mol, sanoat.
Aylanma mablag'larini yaratish bo'yicha: investitsiya krediti, moliyaviy tanglikni yo'qotish uchun, o'rtacha kredit, mavsumiy kredit, qimmatli qog'ozlar bo'yicha kredit, eksport va import kredit.
Bulardan tashqari kreditni yana quyidagi turlari mavjud: ipoteka, forfeyting; imtiyozli, diskotli (hisobli), lombard, aval, yevrokredit va boshqalar.
Respublika Moliya vazirligi va Markaziy bank hujjatlarida qarz oluvchining moliyaviy faoliyatiga, uning kredit qobiliyati darajasi, kreditni qaytarish imkoni, tegishli va to'liq hujjatlashtirilgan ta’minot mavjudligi va boshqalarga qarab kredit quyidagi toifalarga bo'linadi: yaxshi, qoniqarli, substandartli, shubhali, ishonchsiz kreditlar.
Kreditning barcha turlari va ko'rsatkichlari statistikaning o'rganish predmeti hisoblanadi. Statistikaning vazifalariga kredit hajmi, tarkibi, dinamikasi, muddati va boshqalarni tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimini yaratish, kredit olish va qoplash sharoitlarini o'rganish, kredit bo'yicha daromad va kredit operatsiyalari samaradorligini aniqlash va boshqa vazifalar kiradi. Bulardan tashqari, bizning fikrimizcha, har bir kredit operatsiyasini (hajmidan qat’iy nazar) o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish, kredit stavkalarining kreditni olish va qoplash shart- sharoitlari hisobga olingan holda har bir kredit operatsiyasi uchun differensialini belgilash, kredit stavkalarining narx, soliq, inflatsiya va boshqa ko'rsatkichlar bilan bog’liq holda belgilash va tahlil qilish statistikaning muhim vazifasidir. Bu vazifani bankirlar, amaliyotchi iqtisodchilar, moliyachilar va statistiklar birgalikda bajarsa, natija yanada yaxshi boladi. Kredit munosabatlarini baholashda statistika hajm, tarkibiy, o'rtacha, dinamik va samaradorlik ko'rsatkichlaridan foydalanadi. Statistika bu ko'rsatkichlarni, ularga ta’sir qiluvchi omillarni, ularning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy voqealikka (va aksincha) ta’sirini aniqlaydi va oichaydi.
Kredit hajmi muhim ko'rsatkichlardan biridir. Amaliyotda bu ko'rsatkichning ma’lum bir davrda olingan va berilgan summalari hisoblanadi. Bundan tashqari, qoplangan kredit va kredit bo'yicha qarz summalari ham hisoblanadi. Bu summalami hisoblashda hisob- kitob asosiy qarz va foizlar (muddatida va muddati kechiktirilgan summalar bo'yicha alohida) bo'yicha olib boriladi. Muddati uzay- tirilgan (prolongatsiya qilingan) kredit bilan muddati toigan kreditni adashtirmaslik kerak.
Yuqorida keltirilgan ko'rsatkichlar boshlangich aktuar (hujjatlashtirilgan) malumotlar asosida oddiy qo'shib chiqish usuli bilan aniqlanadi va navbatdagi ko'rsatkichlarni hisoblashda asos bo'lib xizmat qiladi. Kredit hajmi, darajasi, tarkibi, o'zaro bogliqligi, dinamikasi va samaradorligini tavsiflovchi ko'rsatkichlar va ularni hisoblash masalalariga keyingi paragraflarda batafsil to'xtalamiz. Kredit statistikasi ko'rsatkichlari orasida kredit riski ko'rsatkichi eng muhimi sanaladi. Berilgan kredit summasi bilan (o‘z vaqtida qaytarmaslik va kapitaldan ajralish) risk yonma-yon yuradi. O'z muddatida qaytarilmagan summa kredit boqimandasidir. U asosiy qarz va kredit foizlaridan tashkil topadi. Qaytarilmagan asosiy qarzlar va ular bo'yicha foizlar summasi qo’ldan boy berilgan kapital. Qo’ldan boy berilgan kapital, odatda, yalpi zarar sifatida ko'riladi. Ko'rilgan zarar hisobdan chiqqan aylanma mablag'dir. Agar qarzdordan yoki boshqa manbalardan ko'rilgan zaraming bir qismi qoplansa, ko'rilgan zarar o'sha summaga kamayadi. Kredit bilan bogliq bo’lgan boqimanda summasi, qo‘ldan boy berilgan kapital, zararlar kredit kamomadining xususiy hollari hisoblanadi. Shunday qilib, kredit munosabatlarida riskning uch xil turi mavjud ekan: boqimandalik, kapitalni qo‘ldan boy berish, zarar riski. Riskni oldindan ko‘ra bilish yoki uni hisoblash mumkin. Buning uchun bizda kreditni berishdan boshlab to qoplash shart-sharoit- larigacha har tomonlama o‘rganilgan, boshlang‘ich hujjatlardan olingan kafolatlangan axborot bo'lishi kerak. Asosiy qarz bo'yicha kredit boqimandasi summasini quyidagicha hisoblashimiz mumkin. Masalan, o‘z muddatida qoplangan asosiy qarz bo'yicha aylanma 200 mln. so'm, muddati kechiktirilib qoplangan asosiy qarz — 20 mln. so'm, qoplanmagan summa — 25 mln. so'm. Bu yerda boqimanda riski 0,18 [(20+25):(200+20+25)] ga teng. Muddati kechiktirilib qoplangan ssuda summalariga, odatda, yuqori foizlar (jarimalar) qo'llaniladi. Shuning uchun ham, jami risk boqimanda riskidan yuqori bo'ladi.
Kreditor uchun kechiktirilgan to'lovlami ikki parametri muhim: summa va muddat. Bu ikki parametr birlashtirilsa, kapital- kunlar soni kelib chiqadi. Kapital-kunlar soni boqimanda summasi va kechiktirilgan kunlar sonining ko'paytmasiga teng. Masalan, boqimanda summasi 20 mln. so'm, kechiktirilgan kunlar soni 36 kun. Demak, qarzning mutlaq miqdori 720 mln. so'm-kunni tashkil qiladi. Bu miqdor (720 mln. so'm-kunni) moliya tilida kreditg‘azabi deyiladi. Kredit g'azabi bo'yicha riskni aniqlash uchun qarzning mutlaq miqdori rejadagi kapital-kunlar soniga bo'linadi. Masalan: 60 kunga 40 mln. so'mlik kredit berilgan. Kredit ikki martada qoplangan: 60 kundan keyin 36 mln. so'm, yana 6 kundan so'ng 4 mln. so'm. Kredit g'azabi bo'yicha risk 0,01 [(4x6):(40x60)] ga teng. Qo'ldan boy berilgan kapital riski va kapital g'azabi riski o'zaro uzviy bog'liq. Bundan foydalanib qo'ldan boy berilgan kapital bo'yicha riskni aniqlash mumkin: L=V K, bu yerda: L— qo'ldan berilgan kapital riski; V — kredit g'azabi riski; К — parametr.
Quyidagi misolni ko'rib chiqaylik. Respublika tijorat banklari tomonidan berilgan 300 ta kredit operatsiyasini tahlil qilganimizda, parametming o'rtacha mohiyati beshdan bir qismga teng bo'ladi. Tahlil qilingan oyda kredit g'azabi bo'yicha risk 0,018 ni tashkil qiladi. Reja bo'yicha qoplash hajmi 40 mln. so'mni tashkil qilishikerak. Bankning kutilayotgan qoidan boy berilgan mablagi 0,144 (40x0,018x0,2) mln. so‘mgateng. Kredit tizimida kredit resurslari va kredit qo‘yilmalari ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Bu ko‘rsatkichlar o'zaro uzviy bogiiq boiishi bilan birga bir-biridan farq qiladi. Kredit resurslari banklar, xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sug'urta kompaniyalari, chet el faoliyati va aholi resurslaridan tashkil topadi. Bank mablagiariga ustav fondi, zaxira fondi va maxsus fondlar qo‘shiladi, xalq xo'jaligi tarmoqlari mablagiari esa korxona va tashkilotlarning hisob raqamidagi pul qoldiqlari, kapital qo'yilmalar schyotidagi mablagiar va turli xil buyurtmachilaming mablagiaridan tashkil topadi. Aholi mablagiariga ularning jamg'arma va tijorat banklari schyotlaridagi pullari, qoidagi naqd pullar kiradi. Shunday qilib barcha kredit resurslari (ya’ni bo‘sh turgan mablagiar) ning yigindisi mamlakatning ssuda fondiga teng. Kredit qo'yilmalari deb banklar va boshqa kredit muassasalari tomonidan korxona, tashkilot va aholiga haqiqiy berilgan sum- malarga aytiladi. Kredit qo'yilmalarining hajmi, tarkibi, dinamikasi va samaradorligini tavsiflovchi bir qancha ko'rsatkichlar mavjud. Ularga batafsil to'xtalish bu mavzuning vazifasi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |