Kreativ jarayon bosqichlaroi
KREATIV JARAYON BOSQICHLAROI
Oʻquvchining tanlovidan hosil boʻlgan barcha dalillar butun vazifalar bo‘yicha qanday sintez qilinmoqda? Muayyan tuzilma uchun yigʻilgan barcha dalillar boshqa oʻquvchilar alohida vazifani bajarib koʻrganlarida ham taqqoslanishi mumkinmi?
1.Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, sanʼat va gumanitar fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan (Hennessey va Amabile, 2010 [1]).Demak,kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxs hiroq natijaga erishishga im kon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir.
Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqdalar (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), 2010 [2]), bu esa, oʻz navbatida, jamoaviy ish boʻlgan innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda.
2. Kreativ fikrlash taʼsiri butun jamiyatga sezilarli innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va teng lashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, yaʼni har qanday sh axs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega (IHTT, 2017 [3]).
Darhaqiqat, taʼlim sohasidagi mutaxassislar va psixologlarning fikriga koʻra, ijodiy faoliyat bilan bogʻliq fikrlash jarayonlarida mashgʻul boʻlish deb tushunil gan kreativ fikrlash bir qator boshqa shaxsiy koʻnikmalarning ham rivojlani shiga olib keladi.
Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish taʼlim siyosati va ikasida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mutasaddi larga dalillarga asoslangan toʻxtamga kelishda koʻmaklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin boʻlgan baholash vositasini taqdim etadi.
Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu muhim koʻnikmani taʼlim orqali rivojlantirishning ahamiyati va usullari borasidagi bahslarga sabab boʻladi. PISA dasturidagi ushbu faoliyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (matnda keyinchalik IHTT) ijodiy fikrlashni rivojlantirish borasidagi yangi ikani qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa bir loyihasi bilan bogʻliqdir.
Taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan muhim koʻnikmadir (Lucas va Spencer, 2017 [15]). Bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari «XXI asr» koʻnikmalariga ega ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga moslashishga koʻmaklashadi.
Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kela jakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. Oʻquvchida kreativ fikrlash koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi.
Maktabda kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati faqatgina mehnat bozori bilan cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun oʻz qobiliyat va koʻnikmalarini, shu jumladan ijodiy talantlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega.
Kreativ fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida koʻr-koʻrona yodlash oʻrniga tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali rivojlantirilishi mumkin (Beghetto, Baer va Kaufman, 2015 [20]). O‘qituvchilar kreativ fikrlashni ajrata olishlari, bunday fikrlashga mos shart-sharoitlarni bilishlari va oʻzlari ham oʻquvchilarga fikrlashda koʻp roq ijodiy yondashishga yordam bera olishni bilishlari kerak.
Kreativ fikrlash qay tariqa vujudga kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, oʻz navbatida, o‘qituvchilarga taʼlim jarayonida o‘quvchilarda ijodiy gʻoyalar «inkubatsiya» boʻlishi uchun muayyan vaqt talab etishini anglashga yordam beradi (Csikszentmihalyi, 1996 [21]).
Isbotga tayangan dizayn (ITD) (Mislevy, Steinberg va Almond, 2003 [22]) innovatsion va puxta baholashlarni shakllantirishda nazariy asos sifatida xizmat qiladi. Bu baholashlar isbotga tayangan dalillar asosida shakllantirilib, oʻquvchilar kompyuter platformasida qilayotgan, oʻqiyotgan va yaratayotgan narsalarni koʻp jihatli malakalar bilan bogʻlaydi
ITDdan PISA tadqiqoti kreativ fikrlashni baholashning asosiy doirasi sifatida foydalanish test tuzilishining bir qator muhim savollariga javob beradi: sinovdagi har bir vazifa kreativ fikrlashning aynan qaysi jarayonini oshkor etmoqda? Taklif etilgan sinov uslublari oʻquvchining javoblaridan olingan dalillarni samarali tahlil qilmoqdami?
Oʻquvchining tanlovidan hosil boʻlgan barcha dalillar butun vazifalar bo‘yicha qanday sintez qilinmoqda? Muayyan tuzilma uchun yigʻilgan barcha dalillar boshqa oʻquvchilar alohida vazifani bajarib koʻrganlarida ham taqqoslanishi mumkinmi?
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |