usuli haqida oʻylab koʻrishlari soʻraladi. Bu topshiriq turli g‘oyalarni ishlab
55
yuqoridagi munosiblik mezonidan ortiq tarzda koʻrib chiqilmaslik haqida
koʻrsatma beriladi. Boshqacha aytganda, yechim qanday boʻlmasin
roʻzgʻorda suvni tejashga olib kelsa, boshqa yechimlar undan samaraliroq
yoki amaliyroq boʻlishidan qatʼi nazar, demak, gʻoya munosib, deb
hisoblanishi kerak. Goʻyalar turli boʻlishi uchun, ularning amaliyotga tatbiq
etilishida yo farqli uslub, yo farqli jihoz, yoki bajaruvchi mavjud boʻlishi
kerak. Kodlashtirish yoʻriqnomasida javoblar biriktirilishi mumkin boʻlgan
yechim toifalarining batafsil roʻyxati keltiriladi.
134. Topshiriqning ikkinchi vazifasi kreativ gʻoyalar berish jihati bora-
sida maʼlumot yigʻadi. Unda suvni tejagan foydalanuvchilarni ragʻbatlanti-
ruvchi smartfon ilovasini yaratish gʻoyasi taqdim etiladi. O‘quvchilar ushbu
ilovani ehtimoliy foydalanuvchilarga reklama qilishning kreativ usullari
haqida gʻoya berishlari kerak. Bu vazifadagi munosib gʻoya reklama
strategiyasi borasidagi joʻyali gʻoya boʻlish bilan bir qatorda, tatbiq etilganda,
ilovani muvaffaqiyatli reklama qilinishiga olib keladigan gʻoya hisoblanadi.
Originallikkni belgilashda kodlovchilar yoʻriqnomaning vazifaga tegishli
qismiga murojaat qilgan holda, o‘quvchining javobi mavzusida yoki yonda-
shuvida noodatiy ekanligini aniqlaydilar. Ushbu topshiriq uchun odatiy
javoblar quyidagicha boʻlishi mumkin: 1) ilovani reklama qiladigan plakat
yoki reklama shitlarini o‘rnatish; 2) televideniyada qurgʻoqchilikning salbiy
oqibatlari va ilova haqida rolik koʻrsatish. O‘quvchining javobi ushbu odatiy
toifalar qatoriga kiritilganda ham, agar unda noodatiy yondashuv ishlatil-
gan boʻlsa, u original deb baholanishi mumkin. Noodatiy yondashuvlar
roʻyxati kodlashtirish yoʻriqnomasida keltiriladi.
135. Ushbu topshiriqdagi soʻnggi vazifa o‘quvchilardan foydalanuv-
chilarni ushlab qolish (odamlar ilovani yuklab olgandan soʻng undan
foydalanmasligi) masalasini hal etishga qaratilgan ilova borasida original
takomillashtirish gʻoyasini berish soʻraladi. Ushbu vazifa kompetensiyaviy
modelning gʻoyani baholash va takomillashtirish jihati borasida maʼlumot
beradi. O‘quvchilar foydalanuvchilarning ilovadan foydalanishda davom
etishlari uchun ragʻbatlantirish kerakligini anglashlari zarur. Shuning
uchun bu vazifa munosib gʻoya tatbiq etilganda, foydalanuvchi ilovadan
foydalanishda davom etsa, unga qoʻshimcha ragʻbat beruvchi joʻyali yechim-
dan iboratdir. Takomillashtirish taklifining originalligi taklif etilgan gʻoya
mavzusi yoki yondashuvida odatiy ekanligi bilan oʻlchanadi.