Kreativ 2020. indd



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/81
Sana31.12.2021
Hajmi2,38 Mb.
#226747
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
Bog'liq
pisa-tadqiqotida-kreativ-fikrlashni-baholash-doirasi

Vizual ifodalash

Topshiriq 2/2



TAOMLAR FESTIVALI LOGOTIPI

Ta’rif

Foydalaniladigan shtamplar

130.  Bu  topshiriqda  o‘quvchilar  mahalliy  taomlar  festivali  uchun 

logotip  yaratishda  oʻz  kreativ  vizual  tasavvurlaridan  foydalanishlari 

kerak. Birinchi vazifada o‘quvchilar festival tashkilotchilari tanlovi uchun 




52

53

logotipning uchta farqli dizaynini taqdim etishlari kerak. Bu vazifa kreativ 



gʻoya ishlab chiqish jihati bo‘yicha ma’lumot beradi. Logotipning dizaynini 

yaratish uchun o‘quvchilarga festival mavzusi haqida maʼlumot va logotip 

chizish uchun eng oddiy ( shakl, shtamplar kabi) grafik jihozlar beriladi. Har 

bir dizayn uchun alohida joy ajratiladi, u yerda o‘quvchi logotipning maz-

muni haqida qisqa tushuntirish berishi kerak. Dizayn gʻoyalari, agar ular 

taom mavzusiga tushunarli tarzda bogʻlangan logotipga oʻxshasa, munosib 

deb topiladi. Kodlovchilar logotip dizayni tushunarsiz yoki nomuno sib dek 

tuyulgan paytda o‘quvchi taqdim etgan tushuntirishga murojaat qilishlari 

mumkin.  O‘quvchilar  farqli  dizayn  gʻoyalarini  bera  olish  qobiliyatlarini 

har bir dizaynda turli vizual elementlarni qamrab olgan holda yoki tayyor 

shakl va shtamplarning turli qorishmasidan foydalangan holda namoyish 

qilishlari mumkin. Batafsil baholash rubrikasida ushbu vazifadagi yaqqol 

farqli dizayn yechimlarining namunasi taqdim etiladi. Ushbu namunalar 

kognitiv laboratoriya, validlash tadqiqotlari va tajriba-sinov mobaynida 

olingan real javoblar asosida tuziladi. Toʻliq kredit o‘quvchilar uchta ham 

munosib, ham original dizayn gʻoyasini ishlab chiqqanda beriladi; qisman 

kredit  o‘quvchilar  faqat  ikkita  bir-biridan  farqli  javob  ishlab  chiqqanda 

beriladi.

131.  Ikkinchi  va  oxirgi  vazifada  taqdim  etilgan  logotip  dizaynini 

original  tarzda  takomillashtirish  soʻraladi.  O‘quvchiga  festival  mavzusi 

(masalan, u vegeteriyan taomlar festivali 

ekanligi)  haqida  qoʻshimcha  maʼlumot 

berilib, ushbu yangi maʼlumotni munosib 

tarzda  aks  etgan  logotip  dizaynini  tako-

millashtirish  soʻraladi.  Bu  topshiriq  gʻo-

yalarni baholash va takomillashtirish jihati 

boʻyicha maʼlumot beradi. Toʻliq kredit olish 

uchun javob oʻziga xos takomillashtirish dan 

iborat  boʻlishi  kerak.  Kodlovchilarga  real 

o‘quvchilarning  javoblari  asosida  tuzilgan 

odatiy takomillashtirishlar roʻyxati beriladi.

Takomillashtirilgan 

(yaʼni, munosib) logo tip dizayni 

joʻyali lo gotipga oʻxshaydi va 

festival  mavzusiga  yaq qol 

aloqador boʻlishi bilan birga, 

taqdim etilgan logotipning 

dastlabki  elementlarini 

ham saqlab qolgan boʻladi.



53


Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish