SINFDAGI MUHIT
52. Tashkilotchilik borasidagi tadqiqotlar ish muhitining baʼzi xu-
susiyatlari ishchilarning ijodkorligiga taʼsir qilishini namoyish etgan.
Faoliyatga berilgan norasmiy munosabat, maqsad qoʻyish, ijobiy ragʻ-
batlantirish vazifani bajarishdagi nisbatan mustaqillik, munosib eʼtirof
va yangi goʻyalar berishni qoʻllab-quvvatlashning barchasi kreativlikning
muhit bilan bogʻliq yordamchi omillaridir (Amabile, 2012 [59]; Zhou va
Su, 2010 [95]). Va aksincha, yangi gʻoyalarni tanqid qilib tashlash, mavjud
ishlarning ahvoliga urgʻu berish, rahbariyatning ortiqcha ehtiyotkorligi,
muddatlar bosimi kreativlikni boʻguvchi muhit omillaridandir (Amabile,
2012 [59]). Xuddi shu muhit omillari sinfdagi kreativ fikrlashga ham taʼsir
oʻtkazadi, deyish mumkin.
53. Nickerson (2010 [96]) kreativ fikrlashni boʻguvchi aynan maktab
bilan bogʻliq bir qator amaliyotlarni sanaydi: 1) vazifani bajarishning
yagona toʻgʻri usuli, savolga yagona toʻgʻri javob boʻlishi kerak, degan
gʻoyaning quloch yoyʻishi; 2) nufuzli insonlarga boʻysunish va ulardan
qoʻrqish kerak, degan munosabatni targʻib etish; 3) har qanday holatda
ham dars rejasiga amal qilish; 4) originallik oʻta noyob xislat ekanligiga
ishonib qolish; 5) bilim alohida sohalarga boʻlinishi haqidagi ishonchni
targʻib etish; 6) qiziquvchanlik va sinchkovlikni maʼqullamaslik; 7) va
eng muhimi, bilim olish va muammoni yechishning qiziqarli mashg‘ulot
boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik.
54. O‘qituvchilar innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlaydigan (va bu bilan
bogʻliq xatarlarni qabul qiluvchi) maktab va taʼlim siyosati muhitida
taʼlim berishda ijodiy yondashuvga, oʻquvchilarning kreativ fikrlashini
rivojlantirishga e’tibor qaratadi. O‘qituvchilar o‘quvchilarning rang-barang
gʻoyalarini, tavakkal qarorlar qabul qilishlarini va sinfdoshlari bilan
murakkab masalalarni hal etishda hamkorlik qilishlarining ahamiyatini
anglashlari kerak. Ushbu yondashuvlar asnosida kreativ fikrlash malakasini,
maʼlum muddat olsa ham, oʻrgatish mumkin ekanligiga pedagogning
ishonchi yotadi.
55. Beghetto va Kaufman (2014 [97]) o‘qituvchilar sinfdagi muhit
berayotgan noaniq ma’lumotlarni nazorat qilishlari hamda oʻzlari ham
oʻquvchilarni ijodiy fikrlashga undovchi muhitni yaratishda faol ishtirok
etishlarini taklif qiladi. Masalan, buni o‘quvchilarga maqsad qoʻyish, uning
24
25
bajarilayotganini monitoring qilish, joʻyali gʻoyalarni aniqlash hamda
samarali guruh ishi uchun jamoaviy mas’uliyatni boʻyniga olishda koʻproq
erkinlikni berish orqali amalga oshirish mumkin. Shuningdek, o‘qituvchilar
oʻquvchilarga ijodiy fikrlash qachon va qay yoʻsinda vazifaga mos kelishini
oʻrganishda yordam berishlari kerak.
56. Taʼlim tadqiqotchilarining baʼzilari bilim hosil qilish ehtimolini
oshiruvchi turli oʻqitish va taʼlim olish usullarini tadqiq etmoqdalar. Tad-
qiqotlarga koʻra, ijodiy fikrlash bilim-yaratuvchi jamoalardagi hamkorlik
orqali muvaffaqiyatli vujudga kelishi mumkin. Yaʼni, maktablar bilim-
yaratuvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritsa va u yerda o‘quvchilar goʻyalar
bilan toʻgʻridan toʻgʻri va davomiy faoliyat yuritsa (Scardamalia va Bereiter,
2006 [98]; Scardamalia va Bereiter, 1999 [99]), vujudga keladi. Taʼlim
jarayonining integral qismi oʻlaroq, bilim yaratish maqsadli faoliyatga
aylanganda, o‘quvchilar oʻz jamoasiga yangi gʻoyalarni taqdim etadilar
hamda ushbu gʻoyalarni davomiy takomillashtirib borishi uchun ishlaydilar
(Scardamalia, 2002 [80]).
57. Bilimlar yaratish, shuningdek, «hayratlanish topshiriqlari» orqali
ham ilgari surilishi mumkin. Hayratlanish topshiriqlari dunyoni anglashga
urinish jarayonlarini tasvirlaydi va o‘quvchilarni turli hodisalar haqida o‘z
g‘oyalarini aytishga undaydi. (Scardamalia va Bereiter, 1992 [100]; Bereiter
va Scardamalia, 2010 [101]).
Do'stlaringiz bilan baham: |