Kreativ 2020. indd


KREATIV GʻOYALARNI ISHLAB CHIQISH



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/80
Sana29.01.2022
Hajmi2,38 Mb.
#417897
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
Bog'liq
pisa-tadqiqotida-kreativ-fikrlashni-baholash-doirasi

KREATIV GʻOYALARNI ISHLAB CHIQISH
95. 
Kreativ fikrlash niyat bilan boshlanadi va joʻyali mahsulot yoki 
gʻoya bilan tugaydi. Kreativlik borasidagi nazariy va amaliy tadqiqotlar 
orasidagi tafovutlarga qaramay, umuman olganda ilmiy adabiyot ijodiy 
mahsulot ham yangicha, ham foydali ekanligi masalasida yakdildir.
96. 
Lekin kreativ gʻoyalarni baholashdagi ushbu «foydali va yangicha» 
mezon izohtalabdir. Birinchidan, adabiyotda «yangicha» deganda butkul 
yangi narsani anglatadimi yoki faqatgina aʼlosinimi, ijodiy mahsulot 
faqatgina ijodkor uchun yangi boʻlishi kerakmi yoki butun jamiyat uchunmi 
degan noaniqliklar mavjud (Batey va Furnham, 2006 [115]). 15 yoshlilarning 
gʻoyasini butkul yangilik va jamiyatning ijobiy 
qabuli mezoni asosida PISA tadqiqotida baholash 
nooʻrindir. Ushbu kontekstda, aloqador va koʻp tilga 
olinadigan yangilikni baholashning «originallik» 
mezoni kreativ gʻoyalarni baholashda foydali 
konsepsiyadir. Guilford (1950 [116]) tomonidan 
«statistik nomuntazamlik» deb taʼriflangan 
ushbu mezon oʻz ichiga yangilik, noodatiylik, 
muddatlilik sifatlarini qamrab oladi va joriy 
populatsiya ichida kuzatilgan muntazamliklardan ogʻishga aytiladi.
97. 
Ikkinchidan, kreativ gʻoyalarning «foydali va yangicha» taʼrifi bar cha 
domenlarga birdek tegishliligi masalasi ham mavjud. Yangilik talabi baʼzi 
ilmiy faoliyatlarga kamroq tegishli boʻlishi mumkin. Xuddi foydalilik ta labi 
sanʼatdagi ijodiy faollikning asosiy talabi boʻlmaganidek, ilmiy faoliyat-
larda ham samara va tatbiq etish imkoniyati hamda bilimni rivojlantirish 
borasidagi muvaffaqiyat yangilikdan qadrliroq boʻlishi mumkin (Batey 
va Furnham, 2006 [117]). Bu tafovutlar test vazifalarini tuzayotganda 
inobatga olinishi zarur: masalan, original boʻlmagan javoblar eng maʼqul 
variant boʻlib turganda, yangicha (original) ilmiy yechim qidirishning 
ahamiyatini oʻquvchilarga ochiq-oydin tushuntirib berish muhim.
98. 
PISA testining kreativ gʻoyani ishlab chiqish jihati o‘quvchilarning 
turli sohalar bo‘yicha munosib hamda original gʻoyalarni topish (masalan, 
original hikoya gʻoyasi, gʻoyani oʻziga xos usulda vizual ifodalash, ilmiy 
yoki ijtimoiy muammoning oʻziga xos yechimi) qobiliyatiga e’tibor qaratadi. 
Demak, PISA sinovida 
originallik tamal nuq-
taga – ayni vazifani 
bajargan boshqa o‘quv-
chilarning javoblariga 
nisbatandir.


37
Boshqacha aytganda, o‘quvchilar oldiga boshqa insonlar, hattoki oʻylab 
koʻrmagan munosib yechimni taqdim etish vazifasi qoʻyiladi. Munosiblik 
mezoni javob vazifaning asosiy talablariga mos boʻlishi vazifa cheklovlariga 
(mavjud boʻlsa) rioya etishi hamda minimal tarzda foydalilikning aks etishi 
kerak degani. Ushbu jihatga oid vazifalarda, talabalarga ochiq ssenariy 
beriladi va ular birmuncha batafsil shaklda yangicha gʻoyani taqdim etishi 
lozim.

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish