18
19
yurish-turishini oʻrganadigan
amaliy tadqiqotlar, odatda, savolnoma
instrumentlaridan foydalanadi va kreativlik nisbatan barqaror va mun-
tazam feʼl-atvor ekanligidan kelib chiqadi (Hennessey va Amabile, 2010
[1]). Ushbu tadqiqotlar aksar ijodkor insonlarga bir qator moyilliklar xos
ekanligini, lekin, ayniqsa, ochiqlik – ham tajribaga ochiqlik, ham intellektga
ochiqlik – ular orasida eng keng tarqalgan xarakter ekanligini namoyon
qilmoqda (Amabile, 2012 [59]; Batey va Furnham, 2006 [60]; Feist, 1998
[61]; Prabhu, Sutton va Sauser, 2008 [62]; Sternberg va Lubart, 1991 [41];
Sternberg va Lubart, 1995 [42]).
37.
Kaufman va boshqalarning (2009 [31]) aniqlashicha,
tajribaga
ochiqlik barcha sohalardagi ijodiy muvaffaqiyat bilan salmoqli va uzil-
kesil tarzda bogʻliq boʻlgan «Katta beshlik»dagi
1
yagona xarakterdir.
Ushbu tadqiqot xitoyliklarda ham kuzatilgan va oʻxshash natija qayd
etilgan (matematika/ilmiy sohadagi ijodkorlikdan mustasno) (Werner va
boshqalar., 2014 [63]). McCrae (1987 [64]) ham
tafovutli fikrlash tarzi
doimo tajribaga ochiqlik bilan (lekin feʼl-atvorning boshqa qirralari bilan
emas) boʻgliq ekanligini kashf etgan. Feʼl-atvor hamda ijodiyot bilan
bogʻliq tadqiqotlarning meta-tahlillari tajribaga ochiqlik barcha sohadagi
ijodkorlarga xos ekanligini tasdiqlamoqda, qolgan feʼllarning esa ijodiyot
bilan bogʻliqligi faqatgina muayyan sohada faoliyat yuritayotgan muayyan
shaxslarga foydali boʻlishida kuzatilgan (masalan, «batartiblik, onglilik»
feʼli ilmiy ijodkorlikni qoʻllab-quvvatlashi, lekin sanʼatdagi
ijodkorlikka
xalal berishi mumkin) (Batey va Furnham, 2006 [60]; Feist, 1998 [61]).
38.
Taxmin qilinishicha, bu xususiyat «aqliy
(misol uchun xayolot, tasavvur),
emotsional
(misol uchun qiziquvchanlik, ichki motivatsiya)
va xulq-atvordagi (masalan, komfort zonasidan
chiqish, yangi narsalarni faol sinab koʻrish)
koʻrinishlardan iborat xarakterlarning keng
turkumidir» (Werner va boshqalar, 2014
[63]). Bir qator tadqiqotchilar qiziquvchanlik
hissini muvaffaqiyatli
ijodiy faoliyat uchun
1
«Katta beshlik» ayni damda shaxsiy fe’llarning «Besh faktorlik modeli» deb ham ta’irflanadi:
Tajribaga ochiqlik, onglilik, ekstraversiya, xayrixohlik va nevrotizm.
Tajribaga ochiqlik
deganda shaxsning
yangi gʻoyalarni, xayo-
lot va tasavvurlarni oʻz-
lashtirishi
tushunila di
(Berzonsky va Sullivan,
1992 [65]).
19
muhimligini taʼkidlagan (Chávez-Eakle, 2009 [66]; Feist, 1998 [61];
Guastello, 2009 [67]; Kashdan va Fincham, 2002 [68]).
39.
Shunga bogʻliq, lekin butkul farqli feʼl boʻlgan «intellektga ochiqlik»
ham ijodiy yutuqlarni bashorat qilishda qoʻl keladi. Intellektga ochiqlik
deganda, mavhum va semantik ma’lumotni asosan mantiqiy fikrlash vosita-
sida aniqlash tushuniladi (DeYoung, 2014 [69]). Tajribaga
ochiqlikdan farqli
oʻlaroq, intellektga ochiqlik, ayniqsa, ilmiy ijodkorlik bilan cham bar chas
bogʻliqdir (Kaufman va boshqalar., 2016 [70]).
Do'stlaringiz bilan baham: