Kreativ 2020. indd


KREATIV FIKRLASHDA TAʼLIMNING OʻRNI QANDAY?



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/83
Sana12.01.2022
Hajmi2,38 Mb.
#336878
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
Bog'liq
pisa-tadqiqotida-kreativ-fikrlashni-baholash-doirasi (1)

KREATIV FIKRLASHDA TAʼLIMNING OʻRNI QANDAY?

4. 


Taʼlimning  asosiy  vazifasi  oʻquvchida  jamiyatda  muvaffaqiyatli 

hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni 

shakllantirishdir.  Kreativ  fikrlash  bugungi  yoshlar  ega  boʻlishi  kerak 

boʻlgan muhim koʻnikmadir (Lucas va Spencer, 2017 [15]). Bu koʻnikma 

ularga doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan 

tashqari «XXI asr» koʻnikmalariga ega ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga 

moslashishga koʻmaklashadi. Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kela jakda 

hozir hatto mavjud  boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi 

texnologiyalar  orqali  hal  etishi  kutilmoqda.  Oʻquvchida  kreativ  fikrlash 

  

1



 CERI 2015-yildan beri 11 mamlakatda ijodiy fikrlashni oʻqitish va baholashni oʻrganib kelmoqda. 

CERI boshlangʻich nuqta sifatida Lucas, Claxton va Spencerning (2013 [124] ) Angliyadagi tajribasini 

olgan holda, boshlangʻich va oʻrta ta’limda ijodiy va tanqidiy fikrlashni sinf xonalarida oʻrgatish 

uchun yangi oʻqituvchi konseptual ramkasini yaratdi. Shuningdek, CERI o‘qituvchilarni qo‘llab-

quvvatlash maqsadida tanqidiy va ijodiy fikrlash boʻyicha OECD rubrikalarini shakllantirgan. 

Xalqaro mutaxassislar ijodiy fikrlashni «yangi gʻoya va yechimlarni berish» deb ta’riflaganlar. 

Uning  6  jihati  bor:  1)  mos  tajriba  va  ma’lumotni  ta’riflash,  sezish,  kuzatish,  hamdard  boʻlish; 

2) tadqiq qilish, qidirish va gʻoyalarni ishlab chiqish; 3) bogʻliqliklarni qurish, sohalararo nuqtayi 

nazarni tatbiq etish; 4) noodatiy yoki jasur gʻoyalar bilan oʻynash; 5) yangi mahsulotni tasavvur 

 qilish, ifodalash, ishlab chiqish, kashf qilish; 6) yechimning yangiligini tan olish.




7

koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy 

va  global  muammolarni  noodatiy  yondashuv  orqali  hal  etish  imkonini 

beradi.


5. 

Maktabda  kreativ  fikrlashni  rivojlanti-

rishning  ahamiyati  faqatgina  mehnat  bozori 

bilan  cheklanmaydi.  Maktab  yoshlar  uchun 

oʻz qobiliyat va koʻnikmalarini, shu jumladan 

ijodiy  talantlarini  kashf  etishda  muhim 

ahamiyatga ega. 

6. 


Shuningdek,  kreativ  fikrlash  oʻquv-

chilarning taʼlim olishini hodisalar, tajribalar 

va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin etish 

orqali qoʻllab-quvvatlaydi (Beghetto va Kaufman, 2007 [17]). Oʻquvchining 

xayoli  va  qiziquvchanligi  taʼlim  jarayonida  qoʻl  keladi:  ijodiy  fikrlash 

shu  tariqa  oʻzaro  kelishuvchanlik  vositasiga  aylanadi,  hattoki  avvaldan 

belgilangan  taʼlim  maqsadlari  kontekstida  ham  (Beghetto  va  Plucker, 

2006 [18]). Maktabda oʻquvchining motivatsiyasi va qiziqishini oshirish 

uchun,  barcha  oʻquvchilarning  ijodiy  salohiyati  va  shijoatini  hisobga 

oluvchi taʼlimning yangi shakllari yoʻlga qoʻyilishi zarur. Bu ayniqsa taʼlim 

jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan oʻquvchilarga yordam berishi 

mumkin  va  ular  oʻz  fikrini  ayta  olishiga,  salohiyatini  ochishiga  xizmat 

qiladi. (Hwang, 2015 [19]).

7. 


Har  qaysi  boshqa  koʻnikma  kabi,  kreativ  fikrlash  ham  amaliy  va 

manzilli yondashuv orqali rivojlantirilishi mumkin (Lucas va Spencer, 2017 

[15]). Baʼzi o‘qituvchilarga oʻquvchining kreativ fikrlashini rivojlantirish 

oʻquv  dasturidagi  boshqa  fanlar  evaziga  boʻlayotgandek  tuyulishi 

mumkin.  Aslida,  oʻquvchilar  barcha  fanlarda  kreativ  fikrlashi  mumkin. 

Kreativ  fikrlash  bilim  berishga  qaratilgan  dars  mobaynida  koʻr-koʻrona 

yodlash oʻrniga tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar 

orqali rivojlantirilishi mumkin (Beghetto, Baer va Kaufman, 2015 [20]). 

O‘qituvchilar  kreativ  fikrlashni  ajrata  olishlari,  bunday  fikrlashga  mos 

shart-sharoitlarni bilishlari va oʻzlari ham oʻquvchilarga fikrlashda koʻp roq 

ijodiy yondashishga yordam bera olishni bilishlari kerak. Kreativ fikr lash 

qay tariqa vujudga kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, oʻz navbatida,

 

Maktab  bolalarda  ular 



ham jamiyatning bir boʻla-

gi  ekanligi  va  jamiyat  ta-

raqqiyotiga  oʻz  ulushini 

qoʻsha  olishi  mumkinligi 

bo rasidagi hissiyotni shakl-

lantirishda katta rol oʻynaydi 

(Tanggaard, 2018 [16]).



8

9

o‘qituvchilarga taʼlim jarayonida o‘quvchilarda ijodiy gʻoyalar «inkubatsiya» 



boʻlishi  uchun  muayyan  vaqt  talab  etishini  anglashga  yordam  beradi 

(Csikszentmihalyi, 1996 [21]).




Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish