Amilopektin. Amilopektin molekulalari ham glukoza qoldiqlaridan iborat bo’lib, ular tarmoqlangan tuzilishga ega. Amilopektin molekulasida glukoza qoldiqlarining soni amilozadagiga qaraganda ko’p. Shuning uchun ham uning molekulyar massasi amilozaning molekular massasidan ancha katta. Molekular massasi 1000000 bo’lgan amilopektin ma’lum. Amilopektin ______ erimaydi, bo’kib _______ hosil qiladi. Amiloza _____ bo’lib, amilopektin biror uglevodning _______ kislotali efiridir. Amilopektin molekulasida taxminan 4000 glukoza va 0.4% gacha fosfat kislota qoldig’i bo’ladi. Amilopektin yuksak darajada tarmoqlangan molekula bo’lib, 20 dan 25 tacha -1,4-bog’ bilan bog’langan glyukoza qoldig’idan tashkil topgan, ayrim zanjirlari -1,6-bog’lar bilan bog’langan. Amilopektin molekulasining tuzilishi.
Demak, kraxmal tarmoqlanmagan molekulalardan emas, balki tarmoqlangan tuzilishga ham ega bo’lgan molekulalardan iborat ekan. Kraxmalning donador tuzilishi shu bilan tushuntiriladi. Glukoza molekulalaridan kraxmal molekulasining hosil bo’lishi polikondensatlanish reaksiyasiga o’xshash. Uning polimerlanish reaksiyasidan farqi shuki, bu jarayonda kichik molekulali modda – _____ hosil bo’ladi.
Olinishi. Kraxmal ko’pincha kartoshkadan olinadi. Buning uchun kartoshka maydalanadi, sovuq suv bilan yuviladi va katta idishlarga solib tindiriladi. Hosil bo’lgan kraxmal yana bir marta suv bilan yuviladi, tindiriladi va iliq havo oqimida quritiladi. Kimyoviy xossalari. Kraxmal uchun xos reaksiya unga _____ning ta’siridir. Agar sovitilgan kraxmal kleysteriga yod qo’shilsa, ______rang paydo bo’ladi. _______ qizdirilganda rang yo’qoladi, sovitilganda yana qaytadan paydo bo’ladi. Ovqat mahsulotlaridan kraxmalni aniqlashda kraxmalning shu xossasidan foydalaniladi. M-n: kartoshkaning kesilgan joyiga yoki oq non ushog’iga bir tomchi _____ tomizilsa, ______rang paydo bo’ladi. Kraxmal kleysterini Cu(OH)2 bilan aralashtirib qizdirsak, _______ cho’kma Cu2O hosil bo’lmaydi. Demak kraxmaldagi glukozada ko’rilgan qaytaruvchilik xossasi yo’q. Kraxmal mineral kislotalar ishtirokida qizdirilganda, uning katta molekulalari kichikroq molekulali suvda eriydigan (C6H10O5)m _________larga parchalanadi. Kraxmal enzimlar, ya’ni solod tarkibidagi _______ va so’lakdagi ________ fermentlari ta’sirida ham parchalanib _____lar hosil qiladi. Ammo shu bilan kraxmalning gidrolizi tamom bo’lmaydi. ___________, o’z navbatida, gidrolizlanib, ___________ga, __________ molekulasi esa ikki molekula
Do'stlaringiz bilan baham: |