Kph-4,2, kop-4,2 kultivator-o’simlik oziqlantirgichlari asosan kon 8 pm kultivatori kabi tuzilgan


§2.5.AVTOMOBILLARNI KLASSIFIKASIYASI, VAZIFASI, UMUMIY TUZILISHI VA ISHLASHI



Download 12,27 Kb.
bet2/2
Sana21.01.2022
Hajmi12,27 Kb.
#396681
1   2
Bog'liq
2.3.KULTIVATOR-WPS Office


§2.5.AVTOMOBILLARNI KLASSIFIKASIYASI, VAZIFASI, UMUMIY TUZILISHI VA ISHLASHI

Avtomobil (avto. va lat. mobilis - harakatchan)-dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan transport vositasi. Relssiz yo’llarda odam va yuk tashishga mo’ljallangan. Tarixi. 1751-52 yilda Nijegorod gubernyasining dehqoni Leontiy Shamshurenko ikki kishi oyog’i bilan yurgiziladigan aravacha qurdi. Rus ixtirochisi I.P.Kulibin bir qator muhim mexanizmlarni masalan, uzatmalar qutisini taklif qildi, bu mexanizmlar yanada rivojlantirilib hozirgi Avtomobillarda ham ishlatilmoqda. Bug’ mashinasi paydo bo’lpshdan keyin ixtirochilar undan mexanik arava uchun foydalanishga harakat qildilar. 1769-70 yillarda fransuz harbiy injeneri N.J.Kyuno artilleriya to’plari uchun 3 g’ildirakli bug’ aravasi qurdi. Angliyada 1802 yilda Trevitnik bug’ mashinasi o’rnatilgan Avtomobil qurdi. 1830 yilda Peterburg ustasi K.Yankevich bug’ avtomobillariga temirdan yasalgan 100 dan ortiq gaz quvurli bug’ qozoni o’rnatishni birinchi bo’lib taklif etdi. Akkumulyatordan tok olib ishlaydigan elektr dvigatelli Avtomobillar bilan ham ko’pgina tajribalar o’tkazildi. Ichki yonuv dvigatellari ixtiro etilgandan keyingina Avtomobillar muntazam rivojlantirila boshlandi. Avtomobillarga benzin va kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar o’rnatish sohasida turli mamlakatlarning ko’pgina ixtirochilari ish olib bordilar. Rossiyada 18-asrning 80- yillarida O. S. Kostovich benzin bilan ishlaydigan еngil dvigatel qurdi. 1885- 86 yillarda Germaniyada Daymler benzin bilan ishlaydigan dvigatelni motosiklga, Bens esa uch g’ildirakli Avtomobilga o’rnatdi. Avtomobilni rivojlantirishda temir shinalar o’rniga yaxlit rezina shinalar, 1890 yilda pnevmatik rezina shinalar ishlatila boshladi. Avtomobil ishlab chiqarish dastlab Fransiyada rivojlandi. 1892 yilda avtomobilning o’rtacha tezligi soatiga 24 km.dan oshmagan bo’lsa, 1895 yilda soataga 69 km ga еtdi. 19- asrning oxiridan AQShda ham avtomobil ishlab chiqarila boshladi. Avtomobil konstruksiyasiga rus ixtirochilari katta hissa qo’shdilar. 1908 yilda avtomobillar Rigadagi Rus Boltiq zavodida ishlab chiqarila boshlandi, ammo atigi 450 avtomobil ishlab chiqarildi. avtomobilning transport, maxsus va poyga xillari bor. Transport avtomobillari: еngil avtomobil, avtobus va yuk avtomobillariga bo’liiadi. Max­sus avtomobil ma’lum ishlar uchun mo’ljallanadn va tegishli asbob-uskunalar bilan jihozlanadi. Ut o’chirish avtomobillari, еmish tashish avtomobillari, sani­tariya avtomobillari, suv sepadigan avtomobillar, axlat tashiydigan avtomobillar, avtovishkalar, avtokranlar, avtoyuklagichlar va boshqalar maxsus avtomobillar jumlasidandir. Poyga avtomobillari avtomobil sportida ishlatiladi. Avtomobil o’tuvchanligi jihatidan tekis va qiyin yo’llardan yuradigan xillarga bo’linadi. Avtomobilning barcha asosiy mexanizmlarni to’rt gruppaga: dvigatel, kuch uzatmasi (transmissiya), boshqarish mexanizmlari va yurish qismiga bo’lish mumkin. Avtomobil tarkibiga kuzov ham kiradi. Dvigatel, ko’pincha, avtomobilning old qismiga o’rnatiladi ammo dvigateli orqaga o’rnatilgan avtomobillar ham bor: masalan, «Zaporojes» еngil mashinasi. avtomobillarga, asosan, еngil yonilg’i (benzin) bilan ishlaydigan (karbyuratorli) dvigatellar o’rnatiladi. Katta yuk avtomobillariga og’ir yonilgi (kerosin, ligroin va boshqalar) bilan ishlaydigan dvigatellar o’rnatiladi. Karbyuratorli dvigatellarda yonuvchi aralashma (ish aralashmasi) elektr uchqunidan o’t oldiriladi, og’ir yonilg’i bilan ishlaydigan dvgatellardg esa yonilg’i siqish natijasida qizib, o’z-o’zidan yonib ketadi. Dvigateldan quvvat avtomobil еtakchi gildiraklariga kuch uzatmasi (transmissiya) mexanizmlari orqali uzatiladi. Kuch uzatmasi mexanizmlari jumlasiga friksion mufta, uzatmalar qutisi, kardan uzatma, asosiy uzatma, differensial va yarim o’qlar kiradi. Quvvat dvigatelning tirsakli validai frik­sion muftaga, undan uzatmalar qutisiga, uzatmalar qutisidan kardan uzatmaga, undan esa asosiy uzatmaga beriladi; quvvat asosiy uzatmadan differensial va yarim o’qlar orqali avtomobil еtakchi gildiraklariga o’tkaziladi.

Avtomobil dvigateli avtomobilni harakatga keltiruvchi qurilma hisoblanib 4, 6, 8 va 12 silindrli bo’lib, ular bir qator- yoki «V» tartibida joylashtiriladi. Karbyuratorli dvigatel porshenlari, ko’pincha, alyuminiy qotishmalaridai dizellarnikn esa cho’yandan quyiladi. Elektr uchquni bilan o’t oldiriladigan hozirgi zamon avtomobil dvigatellari to’rt taktli, dizellar esa to’rt va ikki taktli bo’ladi. Avtomobil dvigateli quyidagi mexanizm va sistemalardan tuzilgan: 1) krivoship shatunli mexanizm (porshenning ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantiradi), 2) gaz taqsimlash mexanizmi (silindrni ish aralashmasi (yoki havo) bilan ta’minlaydi va yonish mahsulotlarini chiqarib tashlaydi), 3) sovitish sistemasi (dvigatelning qizigan detallarini sovitadi va ularning temperaturasini zarur darajada saqlab turadi), 4) moylash sistemasi (dvigatelning barcha ishqalanuvchi detallarini moylab, еyilishini kamaytiradi), 5) ta’minlash sistemasi (karbyuratorli dvigatelda yonuvchi aralashma tayyorlab, uni silindrlarga kiritadi, dizellarda esa silindr ichiga yonilg’ini purkaydi va havo kiritadi), 6) o’t oldirish sistemasi (karbyuratorli dvigatelda silindr ichidagi ish aralashmasini yondiradi).

Keyingi yillarda zavod bu modelni takomillashtira bordi. 1969 yilda GAZ-24 markali yangi mo­delni ishlab chiqara boshladi GAZ-24 ga quvvati 72 ket (98 o k.) bo’lgan 4 taktli, 4 silindrli dvigatel o’rnatilgan. «Volga»ni soatiga 145 km gacha tezlik bilan haydash mumkin; 100 km yurganda 11-13 l yonilg’i sarflanadi.

O’zbekistonda Samarqand shahrida yo’lovchi va yuk tashishga mo’ljallangan



Mamlakatimizda Asaka shahrida еngil avtomobil ishlab chiqaradigan zavod faoliyat kursatmoqda.Ushbu zavodda еngil avtomobillarning “Daеvo” va “Shevrolet” markalari ostida neksiya,damas,matiz, tiko,lasseti va nomlardagi turlari ishlab chiqarilmoqda. Quyidagi 6-rasmda zavodda ishlab chiqarilayotgan еngil avtomobillarni ko’rinishi va tavsifi ko’rsatilgan. Samarqandda vtomobillar chiqaradigan zavod ishlamoqda.Quyidagi rasmlarda zavodda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning tavsiflari keltirilgan (8,9-rasm).
Download 12,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish