II.5. Ko’z kasaliklarida ishlatiladigon sintetik va tabiiy dori vositalar
OKULIN VISION Ko'rish organlarini zarur oziq moddalar - vitaminlar va mikroelementlar bilan qo'llab -quvvatlaydi, ko'rish organlarining funktsional holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, ko'zlarni charchashdan, ko'rishning tirnashidan va zaiflashishidan himoya qiladi, zulmatda ko'rishning moslashishini yaxshilaydi, kapillyarlarni kamaytiradi. o'tkazuvchanlik, qon tomirlari devorlarini, shu jumladan ko'z tubining tomirlarini mustahkamlaydi, shish va qizarishni kamaytiradi. Ko'k mevalaridagi faol moddalar hujayra membranalarining egiluvchanligini yaxshilaydi, ko'zning to'r pardasiga qon oqimini oshiradi va ko'z ichi bosimini pasaytiradi. Kompaniya haqida: DORALINE 2014 yilda tashkil etilgan va farmatsevtika bozorida eng tez rivojlanayotgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. DORALINE - dorivor o'tlar, vitaminlar, minerallar, tabiiy preparatlar ishlab chiqarishga va hayotiylikni oshirishga va sog'likni mustahkamlashga ixtisoslashgan farmatsevtika kompaniyasi. Hozirgi vaqtda DORALINE kompaniyasi assortimentiga planshet shaklidagi 20 ta nomli dorilar kiradi. Barcha DORALINE mahsulotlari o'simlik va mineral kelib chiqishi tabiiy xom ashyosi asosida ishlab chiqariladi. Tabiiy mahsulotlarning DORALINE assortimenti aniq klinik samaradorlikka ega original mahsulotlarni ishlab chiqish hisobiga doimiy ravishda o'sib bormoqda. DORALINE -dagi barcha uskunalar va ishlab chiqarish jarayonlari xalqaro standartlarga to'liq mos keladi. Eslatma: Preparatni ishlatishdan oldin, siz foydalanish bo'yicha ko'rsatmalarni o'qib, kontrendikatsiyalarni hisobga olishingiz yoki shifokor bilan maslahatlashingiz kerak.
Ko‘z o‘tkirligi pasayishiga asosiy sabablar quyidagilar:
Blueberry Dragon's sirop siropi ko'z kasalliklarida tavsiya etiladi. Ko'rish keskinligining buzilishini oldini oladi. Ko'z ichi bosimini pasaytiradi. Retinal qon oqimini yaxshilaydi. Antioksidant ta'sirga ega, vizual charchoqni kamaytiradi. Asab tizimini tinchlantiradi, ortiqcha ish paytida kuchni tiklashga yordam beradi. Bu shamollash paytida, ovqat hazm qilishni yaxshilash va qon tomirlarining holatini normallashtirish uchun foydalidir. Xotirani yaxshilaydi va immunitet tizimini mustahkamlaydi. Bakteritsid xususiyatiga ega. Choy va kofe bilan ishlatilishi mumkin, shirinliklarga qo'shiladi, pishirish uchun ishlatiladi. Meva salatlariga, muzqaymoqqa qo'shing va oddiygina suv bilan suyultiriladi. Faol moddalar: bilberry ekstrakti, gulhamishabahor ekstrakti, zanjabil ekstrakti, yalpiz ekstrakti, kekik ekstrakti, kollagen. Tarkibi: shakar, gulhamishabahor mevasi, yalpiz, kekik ekstrakti, ko'k, zanjabil ildizi
Kasbga aloqadorligi
Odam bir nuqtaga uzoq muddat tikilib turishi, ko‘z nervlarining zo‘riqishi ko‘z olmasida qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Bu faqatgina kompyuter qarshisida ko‘p o‘tiradiganlarda emas, balki haydovchilar, zargarlar, payvandchilar va boshqa turdagi kasb egalari ham bo‘lishlari mumkin. Ayniqsa, tunda televizor ko‘rishni yaxshi ko‘ruvchilar xavf guruhiga kirishadi. Bu bilan ish faoliyatini tugatish yoki “zangori ekranni” tashlab yuborish kerak degani emas, shunchaki xavf guruhidagi ishchilar ko‘zlar o‘tkirligini kompensatsiya qilish yo‘li bilan saqlab turishlari zarur. Kimdir aytishi mumkin: men 20 yildan beri yuk mashinasini uzoq masofaga haydab kelaman, lekin mening ko‘zim o‘tkirligi joyida yoki yana kimdir men 20 yildan beri «paravoz kabi tutaman» va men o‘sma bilan o‘lib ketmadim deb, shunchaki sizning omadingiz kelgan – chunki odam organizmida ichki rezervi (zahira) bor, lekin hamma organizm ham bir xil emas. Shuning uchun ko‘zlarni doimo parvarish qilib turish kerak.
Ko‘zlarga keragicha ozuqa yetishmasligi
Har bir tana a’zomiz uchun ozuqa moddalari kerak bo‘ladi, masalan yurak uchun boshqa turdagi vitaminlar, ko‘z uchun esa o‘ziga xos boshqa vitaminlar. Yetarlicha ozuqa moddalari kelmasa hujayralar funksiyasi sekinlashadi, regeneratsiyasi sekinlashadi va natijada a’zo ishlashida kamchiliklar kelib chiqishi mumkin. Mana ko‘z o‘tkirligi pasayishiga olib keladigan asosiy sabab nimada.
Jigar disfunksiyasi
Jigar funksiyasi bilan ko‘z o‘tkirligining bog‘liqligi qadim zamon tibbiyotidan ma’lum. Bu fakt haqida qadimgi hind va Tibet tibbiyoti ma’lumotlar berib ketgan. Quyida siz ayrim kitoblar nomi bilan tanishasiz. Ularda ko‘z va jigar salomatligi haqida ham keltirilgan. Muammoning ahamiyatliligi shundaki, ko‘z o‘tkirligi to‘satdan pasayib ketadi. Hammasi joyida edi, ammo birdaniga ko‘zlaringiz charchayotganini, ko‘z oldingizdagi tasvirlar chalkashayotganini va har kunlik masofadan o‘qiy oladigan yozuvlarni qiyinchilik bilan ko‘rishingiz boshlanib qoladi. Aytgancha ko‘zlaringizni tekshirib ko‘rishning ishonchli usuli ham shu: har kungi o‘tiradigan joyingizdan qarshingizdagi devorda osilgan soat raqamlarini ko‘rishingiz qiyinligi ko‘z o‘tkirligingiz pasayganligidan dalolat beradi.
Uy sharoitida ko‘z nurini tiklash
Ko‘z olmasida qon aylanishini yaxshilash, ko‘z o‘tkirligini saqlab qolish va qayta tiklash uchun quyidagi usullar foyda beradi:
Ko‘zlarni massaj qilish;Chernika va boshqa rezavor mevalardan tayyorlangan preparatlar; Tashqi ta’sirlovchilardan himoya qilish; Sabzavot sharbatlari; Beyts metodi; Yoga bilan shug‘ullanish.
Ko‘z uchun massaj va gimnastika
Biz aynan ko‘zlarni massaj qilish va mashq qildirishdan boshlaymiz. Chunki bu usul eng oddiygina bo‘lib qolmay, balki ko‘z o‘tkirligini tiklashda samarali usul ham hisoblanadi. Agar siz ko‘zlaringizni mashq qildirishni kunlik odatingizga aylantirsangiz, xursand bo‘lavering “ishning yarmini” bajarib bo‘ldingiz. Ish joyingizda yoki boshqa joyda ko‘zlaringizda noqulaylik his qilsangiz, ikki
Diagnostika va muolajalar Oftalmologik muolajalarKo'zni ultratovush yordamida tekshirish. Buning iloji bormi? Burunga ko‘zoynak taqibgina muammoni hal qila qolsak bo‘lmaydimi? Ko‘z o‘tkirligining yomonlashib borishi ko‘pchilik uchun juda katta muammo tug‘dirmaydi, ayniqsa yosh o‘tgan sari. Odamlar okulist ko‘rigiga borishadi va ularga mos keladigan ko‘zoynaklar taqish bilan muammoni hal qildim deb o‘ylashadi. Ammo ko‘zingizni “o‘ldirishga” shoshilmang, ular sizdan “qasd olishi” mumkin. Agar hech qanday chora ko‘rilmasa, vaqt davomida ko‘rish o‘tkirligi yomonlashib boradi va hech qanday ko‘zoynak, hatto eng kuchlilari ham yordam bera olmay qoladi. Keling shu darajagacha yetib bormaylikda, miopiya, gipermetriya va katarakta kabi kasalliklar bilan kurashaylik, hatto bu orqali ko‘zoynakdan ham vos kechish mumkin.Kasbga aloqadorligI. Odam bir nuqtaga uzoq muddat tikilib turishi, ko‘z nervlarining zo‘riqishi ko‘z olmasida qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Bu faqatgina kompyuter qarshisida ko‘p o‘tiradiganlarda emas, balki haydovchilar, zargarlar, payvandchilar va boshqa turdagi kasb egalari ham bo‘lishlari mumkin. Ayniqsa, tunda televizor ko‘rishni yaxshi ko‘ruvchilar xavf guruhiga kirishadi. Bu bilan ish faoliyatini tugatish yoki “zangori ekranni” tashlab yuborish kerak degani emas, shunchaki xavf guruhidagi ishchilar ko‘zlar o‘tkirligini kompensatsiya qilish yo‘li bilan saqlab turishlari zarur. Kimdir aytishi mumkin: men 20 yildan beri yuk mashinasini uzoq masofaga haydab kelaman, lekin mening ko‘zim o‘tkirligi joyida yoki yana kimdir men 20 yildan beri «paravoz kabi tutaman» va men o‘sma bilan o‘lib ketmadim deb, shunchaki sizning omadingiz kelgan – chunki odam organizmida ichki rezervi (zahira) bor, lekin hamma organizm ham bir xil emas. Shuning uchun ko‘zlarni doimo parvarish qilib turish kerak.
Ko‘zlarga keragicha ozuqa yetishmasligi.
Har bir tana a’zomiz uchun ozuqa moddalari kerak bo‘ladi, masalan yurak uchun boshqa turdagi vitaminlar, ko‘z uchun esa o‘ziga xos boshqa vitaminlar. Yetarlicha ozuqa moddalari kelmasa hujayralar funksiyasi sekinlashadi, regeneratsiyasi sekinlashadi va natijada a’zo ishlashida kamchiliklar kelib chiqishi mumkin. Mana ko‘z o‘tkirligi pasayishiga olib keladigan asosiy sabab nimada. Jigar disfunksiyasi. Jigar funksiyasi bilan ko‘z o‘tkirligining bog‘liqligi qadim zamon tibbiyotidan ma’lum. Bu fakt haqida qadimgi hind va Tibet tibbiyoti ma’lumotlar berib ketgan. Quyida siz ayrim kitoblar nomi bilan tanishasiz. Ularda ko‘z va jigar salomatligi haqida ham keltirilgan.
Muammoning ahamiyatliligi shundaki, ko‘z o‘tkirligi to‘satdan pasayib ketadi. Hammasi joyida edi, ammo birdaniga ko‘zlaringiz charchayotganini, ko‘z oldingizdagi tasvirlar chalkashayotganini va har kunlik masofadan o‘qiy oladigan yozuvlarni qiyinchilik bilan ko‘rishingiz boshlanib qoladi. Aytgancha ko‘zlaringizni tekshirib ko‘rishning ishonchli usuli ham shu: har kungi o‘tiradigan joyingizdan qarshingizdagi devorda osilgan soat raqamlarini ko‘rishingiz qiyinligi ko‘z o‘tkirligingiz pasayganligidan dalolat beradi.
Uy sharoitida ko‘z nurini tiklash. Ko‘z olmasida qon aylanishini yaxshilash, ko‘z o‘tkirligini saqlab qolish va qayta tiklash uchun quyidagi usullar foyda beradi:
Ko‘zlarni massaj qilish;Chernika va boshqa rezavor mevalardan tayyorlangan preparatlar;Tashqi ta’sirlovchilardan himoya qilish;Sabzavot sharbatlari;Beyts metodi;Yoga bilan shug‘ullanish.
Endi yuqoridagilar haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Ko‘z uchun massaj va gimnastika
Biz aynan ko‘zlarni massaj qilish va mashq qildirishdan boshlaymiz. Chunki bu usul eng oddiygina bo‘lib qolmay, balki ko‘z o‘tkirligini tiklashda samarali usul ham hisoblanadi. Agar siz ko‘zlaringizni mashq qildirishni kunlik odatingizga aylantirsangiz, xursand bo‘lavering “ishning yarmini” bajarib bo‘ldingiz. Ish joyingizda yoki boshqa joyda ko‘zlaringizda noqulaylik his qilsangiz, ikki daqiqaga chalg‘ing, ya’ni monitordan chetlashib, ko‘zlaringizni yuming, ustiga ikki barmog‘ingizni qo‘ying va aylana harakat bilan massaj qilishni boshlang, yengil bosim bilan.
Ko‘z gimnastikasi bundanda oson: boshni to‘g‘ri tutgan holda, faqatgina ko‘zlarni harakatlantirib yuqoriga qarang, keyin pastga, keyin o‘ngga va chapga. Shunday harakatlar bilan 10-15 marta takrorlab, mashqni ko‘zlaringizni soat strelkasi bo‘ylab va strelkasiga qarshi harakatlantirib tugating. Har kunlik mana shunday ko‘z mashqlari bilan siz ko‘zlaringiz qon aylanishini yaxshilaysiz va o‘tkirligini “kafolatlaysiz”, bundan tashqari pasaygan ko‘z o‘tkirligini ham qayta tiklashingiz mumkin. Qorag’at va rezavor mevalar. Qorag’at (chernika) o‘simligi qadim zamonlardan beri ko‘zlar bilan bo‘ladigan muammolarda qo‘llanilib kelgan. Bu xushbo‘y, mazali o‘simlik ko‘z o‘tkirligi pasaygan insonlar uchun kerakli mahsulot hisoblanadi. Chunki o‘simlik o‘zida ko‘zlar uchun zarur bo‘lgan vitaminlar saqlaydi, ona tabiatda ko‘zlar uchun bundan yaxshiroq ozuqa bo‘lmasa kerak. Insonlar chernikaning foydali jihatlarini bilganlari bois, meva izlash uchun tabiat qo‘yniga chiqishmaydi albatta, tayyor dorixonalarda sotiladigan sun’iy chernikalarda foydalanishadi (Chernika Forte).
Samaradorligi qanday? Hammaga ma’lum dorixonalardagi chernika tarkibli tabletkalar ko‘z uchun ancha foydali, u hujayralarni tez regeneratsiya qilishga yordam beradi, bir oy ichida ko‘zlar o‘tkirligini yaxshilanganligini sezsa bo‘ladi. Lekin oy o‘tib bu effekt kamayadi, balki sababi ko‘zlarning sun’iy chernikaga o‘rganib qolishidir. Shuning uchun tabiiy mevani topishga harakat qilib ko‘rish kerak. Ha, bozorlarda tabiiy mevani topish qiyinroq, lekin supermarketlarda mevaning muzlatilgani yoki dorixonalarda quritilganini topsa bo‘ladi. Muzlatilgan holda olib kunlik iste’mol qilinsa, quritilganini kompot qilib ichilsa, ko‘zlar uchun ancha samarali. Ushbu maqolani ham o‘qing: Baqlajon - hamma vitamin po‘stida
Ko‘z o‘tkirligi uchun asal
Asal – tabiat in’om etgan, ko‘zlar o‘tkirligi uchun foydali bo‘lgan “kokteyl”. Asal olayotganda e’tiborli bo‘lish kerak. Ayrim do‘konlarda sotilayotgan idishchalardagi asallar haqiqiy asalariniki bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun toza asalni izlab topishingiz zarur.
Asal bilan ko‘zlarni qayta tiklashning usullari:
1. Ko‘z o‘tkirligini tiklash uchun tungi primochkalar. Asal bilan ko‘zlar ustini yumshoq massaj qilib ustidan yumshoq salfetka yopib uxlash.
2. Har tongda och qoringa 2-3 choy qoshiqdan asal iste’mol qiling. Bunda asalning organizmga yaxshi so‘rilishi uchun shakar iste’mol qilishdan butunlay vos kechib turganingiz. Albatta bu usul asalga allergiyasi yo‘qlar uchun.
Ta’sir lovchilardan saqlash. Birinchi navbatda 1 hafta davomida kamida 2 marta kun davomida tashqi tasirlovchilardan ko‘zlarni saqlang, umumiy dam bering. Buning qiyinchiligi shundaki, ko‘pchilikning sabri yetmaydi, dam olish kunlari kompyuter yoki televizor qarshisida uzoq vaqt davomida o‘tiradi. Bu, albatta, odat tusiga aylangan, ammo ko‘zlar sog‘lig‘i uchun odatlarni ortga surib turish lozim. O‘zingiz uchun taqvim tuzib oling, dam oladigan kunlaringiz kompyuter, televizor qarshisida o‘tirmang, kitob o‘qimang va mashina haydamang. Yaxshisi tabiat qo‘ynida oilangiz, do‘stlaringiz bilan birga bo‘ling. Agar sizda shahardan tashqari tabiat qo‘yniga chiqish imkoni bo‘lmasa, uyni tekshirib ko‘ring tozalanishi kerak bo‘lgan joylar bormi-yo‘qmi. Burchaklardan changlarni ko‘zingiz bilan qidirishingiz ham ko‘z mushaklarini harakatga keltiradi. Boshqa kunlari ish davomida tashqi ta’sirlovchilardan qochish imkoni bo‘lmasa har ikki soatda ko‘zlaringiz mashqi va massaji uchun hech bo‘lmaganda 2 daqiqa vaqt ajrating. Beyts usuli. Yoga masterlari tavsiyalari. Yoga — sog‘liq uchun juda foydali bo‘lgan mashg‘ulotdir. Dunyoda millionlab insonlar yoga sababli o‘zlaridagi kamchiliklardan, ishonchsizlikdan va kasalliklaridan xolos bo‘lishganligini qayd etishgan. Ko‘z o‘tkirligi uchun maxsus qadimgi hindlar qo‘llagan usullarni Ramanatataning “Ko‘zlar uchun yoga mashqlari” kitobidan topish mumkin. Agar siz yoga bilan muntazam shug‘ullanishni istamasangiz ham kitobda maxsus nuqtalarni bosish yo‘li bilan ko‘zlaringizga yordam berishingiz mumkin. Bu usul akupunktura deyiladi. Ko‘rish o‘tkirligini yaxshilash uchun qanday ovqatlanishingiz kerak? Ko‘zlaringiz uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar quyidagilar:
Baliq va dengiz mahsulotlari;Sut mahsulotlari;Mol, tovuq, kurka jigari;Sabzavotlardan tayyorlangan sharbatlar. Albatta yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarning hammasi ovqatlanish tartibingizda har kuni bo‘lishi shart emas, hech bo‘lmaganda ikkitasi bo‘lsa ham kifoya. Baliqqa keladigan bo‘lsak yog‘li, dengiz turidagilarni tanlash kerak. Haftada ikki marta baliq mahsulotlari iste’mol qilib turish organizm, ayniqsa ko‘zlar uchun ancha foydali. Piksha, semga, paltusa, losos, skumbriya kabi mahsulotlar o‘zida omega-3-yog‘ kislotalarini ko‘proq saqlaydi. Bu moddalar ko‘z uchun foydali, hamda miyada qon aylanishini ham yaxshilaydi. Muntazam ravishda baliq mahsulotlarini iste’mol qilib turish ko‘zda qon aylanishini, ateroskleroz hosil bo‘lmasligini ta’minlaydi va stress holatlaridan chiqib ketishga yordam beradi.
Jigar temir mikroelementiga boy, ular qon hosil bo‘lishiga yordam beradi. Yosh buzoqcha, tovuq yoki kurka jigarini iste’mol qilish foydalidir.
Sut mahsulotlaridan qayta ishlovdan o‘tmagan sutni iste’mol qilish kerak. Bunday sut mahsulotlarini supermarketlardan bemalol topsa bo‘ladi, ular sterilizatsiyadan o‘tmagan, lekin pasterizatsiyadan o‘tgan, ya’ni qaynatilmagan, ammo iste’molga yaroqli hisoblanadi. Sabzavotlar sharbati yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlardan ham ko‘roq foydali hisoblanadi. Ko‘z o‘tkirligini yaxshilash uchun sabzi, petrushka, selderey va ismaloq kerak bo‘ladi. Aynan mana shu o‘simliklar tarkibida vitamin va mikroelementlar ko‘p va ular ko‘z uchun juda foydali. Ulardan tayyorlangan sharbatlarni vaqti-vaqti bilan iste’mol qilib turish tavsiya etiladi. Ko‘z nurini yaxshilash uchun sharbatlar
Yangi uzilgan, barra sabzavotlarni tanlang. Ular xona haroratida tursin. Sabzini olib yaxshilab yuving, lekin po‘stini archimang. Chunki unda ko‘plab foydali moddalar bor. Qolgan sabzavotlarni ham yaxshilab yuving. Quyidagi usulda sharbat tayyorlang: Sabzi 9 ta bo‘lak, selderey 5 bo‘lak, petrushka 2 bo‘lak. Ulardan sharbat tayyorlang. Sabzi 60 %, ismaloq 40 % nisbatdagi sharbat.
Sharbatlarni tongda och qoringa iching, kam-kam ho‘plamdan. Sharbatni tayyorlab uni saqlab qo‘yishdan ma’no yo‘q chunki 10 daqiqadan so‘ng oksidlanish jarayoni boshlanadi va foydali moddalarni yo‘qotib yuboradi. Qabul qilish miqdori esa xohishga ko‘ra belgilanadi. Yarim stakandan boshlab ko‘ring. Sharbatni majburlab emas, balki istakka ko‘ra qabul iching. Odatda har kuni 1 stakandan ichilgan sabzavot sharbatlarining natijasi 2-3 oydan keyin bilinadi.
Sharbatlarning foydasi haqida ko‘proq ma’lumot Norman Uokerning “Sabzavot sharbatlari yordamida davolash” kitobidan ham topsangiz bo‘ladi.
Balki 200 yildan keyin barcha odamlar hayotining yarmini ko‘zoynaklar taqib o‘tkazar yoki ko‘z o‘tkirligini tiklovchi boshqa zamonaviy vositalar o‘ylab topilar. Bunday oqibatlarga duchor bo‘lmaslik uchun ko‘zlarimiz uchun bir ozgina vaqt ajratib parvarish qilsak bas. Shunchaki ko‘zlarga dam bering, ularni muntazam mashq qildirib turing, foydali mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling, sabzavot sharbatlaridan ichib turing, tunda ko‘zlarni asal bilan massaj qiling, mutaxassis shifokor tavsiyalarini oling va yoga bilan shug‘ullaning. Umid qilamizki, biz bergan maslahatlar ko‘zlaringiz o‘tkirligi uchun foyda beradi va erishgan natijangizni biz bilan izoh shaklida bo‘lishasiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |