Kotlinning asosiy xususiyatlari
Sizda allaqachon Kotlinning qanday til ekanligi haqida tushuncha bo’lsa, ajab emas. Keling, unda uning asosiy xossalariga ko’proq to’xtalib o’tamiz. Birinchi navbatda, Kotlin bilan qanday turdagi ilovalar yaratish munkinligini ko’rib chiqamiz.
Mo’ljallangan platformalar bu Back-End, Android qisqasi Java ishlaydigan har qanday joy
Kotlinning bosh maqsadi bugungi kunda Java foydalaniladigan barcha joylarda, Javaning o’rnini bosa oladigan qisqaroq, samaraliroq, ishonchliroq muqobil bilan ta’minlashdir. Java nihoyatda mashhur til hisoblanadi va u keng miqyosdagi muhitda: Smart card dan tortib Google, Twitter, LinkedIn va boshqa internet sohasidagi kompaniyalar tomonidan yuritiladigan eng katta ma’lumot bazalarida ham foydalaniladi. Ushbu joylarning ko’pchiligida, Kotlindan foydalanish dasturchilarga kamroq asabiylashish va kamroq kod yozishlar bilan o’z maqsadlariga erishishida ko’maklashadi.
Kotlindan foydalanadigan eng ko’p tarqalgan dasturlash sohalar, bular:
Do'stlaringiz bilan baham: |