Erkaklar kostyumi. Erkaklar kostyumi avvalgidek qulay bo’lib, ammo
sportning ta’siri ko’proq sezila boshladi. Kostyum kengroq, velosipedda yurish uchun
kalta shim va kurtka paydo bo’ldi. Syurtuk o’rnini pidjak egalladi. Oq qotirma yoqali,
rangli ko’ylaklar va fetr shlyapalar paydo bo’ldi. Silindr faqat aristokratik kiyimlarda
uchray boshladi. Yozda panama va shlyapa “
kanote ” ni kiyishar edi. Sochlar kalta
qirqilib, to’g’ri yoki yon farqiga taralar edi. Erkaklar soqol va mo’ylov qo’yishgan
(84-rasm).
98
84-rasm.Erkaklar kostyumi Kostyumga qo’shimcha qilib dastro’mol, xassa va “
monokl ” (bir ko’zga
tutiladigan ko’zoynak) olib yurishgan.