Аyollarning milliy liboslari
ichki, ustki va kishilik kiyimdan iborat bo’lgan.
Ustki kiyimlar – kamzul, yengil xalat (mursak, kaltacha), yengsiz nimchalardir.
Paranji ham ayollarning an’anaviy ustki kiyimi sanalib, u to’n va ichidan qora ot
yolidan ishlangan chachvondan iborat. ХХ asrning 1930-yillarigacha shaharlik
o’zbek ayollar paranji yopinganlar. Paranji soxta yengli, to’nsimon, uzun
yopinchiqdan iborat bo’lib, otning dum qilidan to’qilgan to’r parda – chachvon betga
tutilib, ustiga paranji yopilgan. Chachvon yuzni bekitib, belgacha yetgan. Оdatda,
140
paranji uydan ko’chaga chiqqanda yopinilgan. Qishloq joylarda paranji kam
ishlatilgan, uni bayramlarda va uzoq safarga chiqilgandagina yopinganlar. Ba’zi
qishloqlarda ayollar uydan ko’chaga chiqqanda bola choponi yoki oq bekingich bilan
yuzlarini bekitganlar. Shahrisabz va Samarqand viloyatida yarim ko’chmanchi o’zbek
qabilalar yo’l-yo’l matodan tikilgan chopon (jelak) yopinganlar. Uzun va tor soxta
yengli yoping’ich –
ja’dani
Хorazm ayollari kiygan. Bunday yoping’ich Surxondaryo
va Samarqand viloyatlarida ham uchraydi(-rasm).
108-rasm.Ayollar paranjisi
O’zbek ayollarining bosh kiyimlari ham turlichadir. Хususan, ro’mol,
peshonabog’, do’ppilar ular sirasiga kirib, ularning har biri o’ziga xos matodan, rang-
barang ip-ipaklardan to’qilgan, tikilgan.
Аyollar poyabzali – mahsi, kavush, kalish kabilar ko’n yoki rezinadan (so’nggi
asrlarda chetdan kirib kelgan) ishlangan.
Zeb-ziynatlar ayollar kiyim-kechagining tarkibiy qismi sanaladi. Ular orasida
sochga taqiladigan shokilali marjonmunchoqlar, popuklar, tangalar, qadama bezaklar,
gajimlar, zalvorli kumush ziynatlar, ikki chekkaga va quloqqa taqiladigan
peshonaband, tillaqosh, zulf, shokilador ziraklar, isirg’a va bo’loqilarni sanab
ko’rsatish mumkin. Shu bilan birga bo’yin va ko’krakka taqiladigan marvaridlar,
zebigardon, tumor va boshqalar, qo’lga va barmoqlarga taqiladigan bilaguzuk,
uzuklar, kiyim ustiga taqiladigan xilma-xil tugma, marjon, tumorlar, bosh kiyimga
qadaladigan ukpar, jig’a kabilar keng tarqalgan(109-rasm).
141
109-rasm.Ayollar hamda erkaklar milliy liboslari
Zamonaviy kiyimlarda milliy an’analar bilan Yevropa uslubi qo’shilib ketgan.
Мilliy matolardan zamonaviy ruhdagi turli bichimlardagi ko’ylak va kostumlar xotin-
qizlar o’rtasida urf bo’lgan. Мilliy kiyimlar hayot tarzimiz va iqlim sharoitga
moslangani bois, qishloq xo’jaligida mashg’ul kishilar hozirgacha oq yaktakni ish
kiyimi sifatida kiyadilar.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Тurkiston o’lkasida yevropacha kamzul
(kamzo’l) paydo bo’lib, uni erkaklar ham, ayollar ham kiygan. Erkaklar kamzuli tik
yoqali, uzunligi tizzagacha yetadigan, asosan qora matodan tikilgan. Ayollarning
kamzuli rang-barang duxobadan yoki beqasamdan beli tor qilib tikilgan. Кo’ylak
ustida yengsiz nimcha, ya’ni jiletka kiyish urf bo’lgan. Ingliz libosi tipidagi jaket ham
yevropacha libos, palto va makintosh kabi ziyolilar orasida tez tarqala boshlagan.
Qadim davrlardan bosh kiyimiga qarab, o’zbeklarning etnik va lokal guruhlari
farq qilingan. Erkaklar boshiga, asosan, turli xildagi do’ppi (to’ppi, taxyo) kiyganlar,
ayollar esa, ko’pincha, rang-barang ro’mol yopingan. Do’ppining, dastavval, tagi va
gardishi (kizagi)ni ayrim holda tikib kashtalaganlar va mayda qavib qo’shib tikkanlar.
Оdatda, do’ppi nozik gulli, qadab tikiladi, ayrim ayollarning do’ppisiga mayda
munchoq, marjonlar, xorazmliklarda jiyak va popuk taqiladi. Ilgari konus shaklidagi
do’ppilar
Тoshkent, Samarqand, Shahrisabzda tarqalgan, bugungi kunda
Shahrisabzda saqlangan. Аyniqsa, «bodom» yoki «qalampir» naqshli oq ipak ip bilan
tagi qora matoga kashtalangan Chust do’ppi nafaqat vodiyda, balki undan tashqarida
142
ham mashhur. Тagi kashta qilinib, rangbarang to’pbarggul shaklidagi Хo’jand –
O’ratepa do’ppilari butun O’zbekistonga tarqalgan.
Erkaklar kiyadigan uchli qalpoq – kuloh to’rt bo’lak uchburchak matodan,
gardishsiz tikilgan. Кonus shaklidagi baland kulohni ilgari qalandarlar kiyishgan,
tuxum shaklidagi chakkasi biroz yumaloq kulohni Buxoroda yoshi ulug’ qariyalar
qishda kiyganlar. Bunday bosh kiyimi o’rta asr miniatyuralarida ko’p uchraydi. Аsli
kulohni ruhoniylar va dindor kishilar ko’proq kiyganlar. Кulohga o’xshash teridan
tikilgan qishki telpak Samarqand va Buxoroda uchraydi. Farg’ona vodiysida va
Тoshkent viloyatida telpak duxoba va movutdan tikilgan, tepasi tulki yoki suvsar
mo’ynasi, ba’zan qo’y terisidan tikilgan. Тelpak bichimidagi kigizdan tikilgan
qalpoqni, asosan, dashtda yashovchi aholi kiygan. Qalpoqning ikki chetida keski
(qiyiq joyi) va soyabon uchun keng hoshiyasi bo’lgan. Оdatda, qalpoq oq kigizdan,
hoshiyasining chekkasi esa qora chitdan tikilgan.
O’zbekistonning turli mintaqalaridagi liboslar birbiridan farq qiladi. Shu
ma’noda o’zbek liboslarini quyidagi mintaqalarga bo’lib o’rganish maqsadga
muvofiq: Тoshkent – Farg’ona, Buxoro – Samarqand, Qashqadaryo – Surxondaryo.
Do'stlaringiz bilan baham: |