Kostyum tarixi


Ishbilarmonlar kiyimi va aerobika



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

Ishbilarmonlar kiyimi va aerobika.
1980-yillar ramzlaridan biri – 
ishbilarmonlar kiyimi (pader essing). Yelkalari keng, erkin turadigan jaket Italiya va 
AQSHda keng yoyildi, bu o’n yillik ikkala mamlakat uchun ham hokimiyat, ravnaq 
va omad yillari bo’ldi. 1980-yillarda amerikalik dizaynerlar ko’pincha ayollarga 
amaliy tavsiyalar berar edilar. Masalan, Kelvin Klyayn «W» jurnaliga («Vogue» 
jurnali bilan bir qatorda «Gonde Nast» nashriyot uyida chiqadi) eng kam vositalar 
bilan qanday qilib eng ko’p foydali taassurot hosil qilish mumkinligi haqida maslahat 
berdi. Ishbilarmon ayol uchta jaket, uchta sviter, ikkita yubka va bitta ko’ylak bilan 
qanoat qila oladi, ammo barcha buyumlar a’lo sifatli va uslubli bo’lishi kerak – 
qimmatbaho kashemir, shoyi va charmdan ishlangan bo’lmog’i shart. Klyayn 
o’zining bosiq uslubiga sodiq qoldi – bu keng paltolar, bo’yni baland sviterlar, 
qimmatbaho matodan tikilgan mumtoz shimlar edi. Mavsumdan mavsumga faqat 
rangi va ayrim bichiq qismlarigina o’zgarardi (masalan, 1983-yilda belga mayda 
buklamlar bilan shimarib tushiriladigan serbar tunikalar). 1980-yillarda dizayner 
ismiga bo’lgan e’tibor yana «Calvin Cleun» jinsilar reklamalar kompaniyalari 
tomonidan jalb etilgan edi, ular uchun aktrisa Bruk Shilde va fotograf Richard 
Avedon ishlagandi. Yaratilgan tarxning shahvat qo’zg’atuvchanligi Amerika 
jamiyatida janjalga sabab bo’ldi, ammo juda tez orada u jazavador orzuga aylandi. 
1981-yilda «Shirinliklar» jamlanmasida pastel ranglaridagi paxtadan tikilgan kostum 
taqdim etildi: yelkalari har tomonga keng yoyilgan jaket, yuqori qismi qatlamlangan 
yenglar (bu qo’shimcha hajm yaratardi) va beldagi uncha katta bo’lmagan baska 
(burma) bilan yoki taram-taram qatli o’rtacha yubka bilan, yoxud tizzadan pastga 


127
qaratib yig’ilgan keng brijlar bilan to’ldirilgan. Mazkur sportcha uslub shunchalik urf 
bo’ldiki, ko’chalarda uning sonsiz nusxalarini ko’rish mumkin edi(105-rasm). 
 
105-rasm.Ayollar kostyumi 
1980-yillar tarzi ancha ziddiyatli. Agar mualliflik kechki modada oldingidek 
tilla, kashta va to’rlar hukm sursa, o’rta sinf kiyim-kechaklari variantida diskoteyka 
uchun diska va pank uslublarining sporti libosi uzvlari birlashib keladi: bo’lar 
futbolkalar, krossovkalar, mini-yubkalar, qora charm ko’rtkalar, bluzkalar va ochiq 
rangli ko’ylaklardir. Lagerfeld, Versache, Valentino va Janfranko Ferre kabi bir xil 
dizaynerlar o’tmishning nazokatli orastaligi haqidagi xotiralarni jonlantirsa, Jan Pol 
Gotye, Vivyen Vestvud va Jon Galyanolar ko’cha modasidan g’oyalar to’playdilar va 
ularni omma orasida san’at asariga aylantiradilar. 
Jamiyatdagi o’zgarishlar ketidan borib, moda yoshlarga ergashib, alohida 
ishchan faoliyatgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi va o’tmish tajribasini o’zlashtirib, 
keyingi o’nyillikka qadam qo’ydi. Shu bois u hamma uchun yagona yechimni talab 
etmaydi – modelchilar truppalar uchun emas (xoh yappi, xoh panklar bo’lsin), balki 
muayyan uslubni tanlagan odam uchun liboslar yarata boshlaydilar. 

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish