Kostyum tarixi


Birinchi jahon urushi davrida liboslardagi o’zgarishlar



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

Birinchi jahon urushi davrida liboslardagi o’zgarishlar.
XX asr ommaviy 
modadagi tub o’zgarishlar Birinchi jahon urushi (1914–1918) davriga to’g’ri keldi. 


103
Shu vaqt mobaynida Avstriya – Vengriya, Serbiya, Germaniya, Rossiya, Fransiya, 
Angliya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Bolgariya va Amerika Qo’shma Shtatlari o’zaro 
urushishgan. Bu urush yangicha tarixdagi burilish nuqtasi bo’lib, nafaqat 
Yevropaning siyosiy xaritasini, balki hayot tarzini tubdan o’zgartirib yuborgan. 
Urushda qatnashayotgan mamlakatl ardagi 74 mln. dan ziyodroq harbiy xizmatga 
chaqirilgan erkaklar harbiy forma kiygan. Xaki
1
rangi urush timsoli bo’lib qolgan. 
Uniforma nafaqat o’sha davrning ommaviy liboslariga, balki butun XX asr modasiga 
o’z ta’sirini ko’rsatgan – harbiylar kiyimidagi ko’p elementlar kundalik liboslariga 
kirib kelgan. 
88-rasm. XX asr boshlari erkaklar kostyumi 
Urush paytida erkaklar jang qilayotgan bo’lsa, ayollar frontga ketgan 
erkaklarning o’rnini bosishga majbur edi. Tarixda birinchi marta ayollar gospital, 
fabrika, harbiy zavodlarda ishlay boshlashgan, tramvay haydovchi, xat tashuvchi, 
chiptachi bo’lib xizmat qilishgan. Xayr-ehson maqsadida oqsuyak xonimlar (yuqori 
tabaqadagi ayollar) muhtojlarga yordam berib, kasalxonalarda hamshiralik qilganlar, 
ularning oqsochlari esa ish haqi kattaroq bo’lgani va hech bo’lmaganda maxsus kiyim 
berilgani sababli harbiy zavodlarga ishga kirgan. 
1
Xaki
– hind.< fors. (zahil, tuproq rang < hak – tuproq, yer) – qo‘ng‘imtir-yashil rang 
(himoya rangi deb ham nom olgan) yoki shu rangdagi mato. Harbiylarning shu rangdagi 
formasini ham ba’zan xaki deyishadi. 


104
Ayollar birinchi marta uniforma: xizmatchilar – kombinezon, pochtachi va 
chiptachilar – kaltalashtirilgan etagi keng yubka, forma ko’rtkalari bilan furajka, 
hamshiralar – qizil xoch chizilgan oq ro’mol bilan oq yoki kulrang xalat kiyganlar. 
Serharakat hayot tarzi, oziq-ovqat, yokilg’i va mato tanqisligi nisbatan qulay 
kiyim kiyishni taqozo etar edi. Aynan Birinchi jahon urushi davrida shakllangan libos 
ayollarning XX asrda kiyiladigan libosi qanday bo’lishini belgilab berdi. Ya’ni, 
yubkalar kaltalashdi; korset va «bedanaqadam» yubkalardan voz kechildi; murakkab 
soch turmaklari, katta hajmdor shlyapalar barham topdi(89-rasm).
89-rasm. Ayollar liboslari 
Asr boshi modasidagi ayollar libosi uchun odatiy bezaklar (kashta, applikatsiya, 
nafis to’rlar) esa kundalik kiyimdan yo’qolib ketdi. Sovun yetishmasligi va tif 
kasalligining tarqalishi sochlarni kalta qirqishga majbur qildi. Deyarli barcha 
korxonalar harbiy buyurtmalarni bajargani sababli tinch aholi uchun gazlama, 
poyabzal va shu kabilar yetishmas edi. Ko’pchilik harbiy formani o’zgartirib, o’ziga 
libos tikishga majbur edi.
Qo’lda to’qilgan trikotajdan jaket, kardigan, jemper, sharf va qalpoqlar modaga 
kirib keldi. Erkaklar libosidagi boshqa elementlar – getralar, fetr shlyapalar, kashne – 
sharflar ham keng tarqaldi. Ichki kiyim ham ancha soddalashdi: byustgalter va uzun 
paypoq uchun belbog’lar korsetlar o’rnini tamomila egalladi. Korsetlardan voz 
kechilishi beo’xshov keng ko’ylak va jaketlarning tarqalishiga sabab bo’lgan. 
Oliy moda ham urush davri talabiga bo’ysunishga majbur bo’lgan, hatto P. 
Puare ham harbiy buyurtmalar bo’yicha ishlagan. Boshqa Moda Uylari – «Paken», 


105
«Vort», «Doye», «Lyusil» kabilar taklif qilgan kundalik liboslarda harbiy kiyim 
ta’siri sezilib tursa-da, ammo bashang liboslarda urushgacha moda bo’lgan kiyim 
elementlarini – jig’ali sallasimon bosh kiyimlar, sharqona uslubdagi (bel chizig’i 
ko’tarilgan, lekin avvalgiga nisbatan kengroq va kaltaroq yubkali) ko’ylaklarni 
ko’rish mumkin edi.
Urush davriga Koko Shanelning ham modali kiyim yaratuvchisi sifatida ilk 
yutuqlari to’g’ri kelgan. Boshqa kutyuryelar mato tanqisligini sezayotgan bir paytda u 
o’z korxonasini yana ham kengaytirishga muvaffaq bo’lgan. Shanel 1913-yili Dovill 
kurort shahrida ochilgan korxonasida dam olish uchun sport uslubidagi liboslarni 
yarata boshladi. U yaratgan sodda bichimli oddiygina ko’ylak va kostumlar urush 
paytida xaridorgir bo’lgan. Birozdan so’ng Shanel o’z korxonasini Byaritss shahriga 
ko’chirib, oliy Modalar Uyini ochadi va mijozlariga o’sha davrda ustki kiyim uchun 
g’ayrioddiy material – trikotajdan tikilgan liboslarni taklif etadi (90-rasm).

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish