Kostyum tarixi


Аyollarning milliy liboslari



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

Аyollarning milliy liboslari
ichki, ustki va kishilik kiyimdan iborat bo’lgan. 
Ustki kiyimlar – kamzul, yengil xalat (mursak, kaltacha), yengsiz nimchalardir.
Paranji ham ayollarning an’anaviy ustki kiyimi sanalib, u to’n va ichidan qora ot 
yolidan ishlangan chachvondan iborat. ХХ asrning 1930-yillarigacha shaharlik 
o’zbek ayollar paranji yopinganlar. Paranji soxta yengli, to’nsimon, uzun 
yopinchiqdan iborat bo’lib, otning dum qilidan to’qilgan to’r parda – chachvon betga 
tutilib, ustiga paranji yopilgan. Chachvon yuzni bekitib, belgacha yetgan. Оdatda, 


140
paranji uydan ko’chaga chiqqanda yopinilgan. Qishloq joylarda paranji kam 
ishlatilgan, uni bayramlarda va uzoq safarga chiqilgandagina yopinganlar. Ba’zi 
qishloqlarda ayollar uydan ko’chaga chiqqanda bola choponi yoki oq bekingich bilan 
yuzlarini bekitganlar. Shahrisabz va Samarqand viloyatida yarim ko’chmanchi o’zbek 
qabilalar yo’l-yo’l matodan tikilgan chopon (jelak) yopinganlar. Uzun va tor soxta 
yengli yoping’ich – 
ja’dani
Хorazm ayollari kiygan. Bunday yoping’ich Surxondaryo 
va Samarqand viloyatlarida ham uchraydi(-rasm). 
108-rasm.Ayollar paranjisi 
O’zbek ayollarining bosh kiyimlari ham turlichadir. Хususan, ro’mol, 
peshonabog’, do’ppilar ular sirasiga kirib, ularning har biri o’ziga xos matodan, rang-
barang ip-ipaklardan to’qilgan, tikilgan. 
Аyollar poyabzali – mahsi, kavush, kalish kabilar ko’n yoki rezinadan (so’nggi 
asrlarda chetdan kirib kelgan) ishlangan. 
Zeb-ziynatlar ayollar kiyim-kechagining tarkibiy qismi sanaladi. Ular orasida 
sochga taqiladigan shokilali marjonmunchoqlar, popuklar, tangalar, qadama bezaklar, 
gajimlar, zalvorli kumush ziynatlar, ikki chekkaga va quloqqa taqiladigan 
peshonaband, tillaqosh, zulf, shokilador ziraklar, isirg’a va bo’loqilarni sanab 
ko’rsatish mumkin. Shu bilan birga bo’yin va ko’krakka taqiladigan marvaridlar, 
zebigardon, tumor va boshqalar, qo’lga va barmoqlarga taqiladigan bilaguzuk, 
uzuklar, kiyim ustiga taqiladigan xilma-xil tugma, marjon, tumorlar, bosh kiyimga 
qadaladigan ukpar, jig’a kabilar keng tarqalgan(109-rasm). 


141
109-rasm.Ayollar hamda erkaklar milliy liboslari
Zamonaviy kiyimlarda milliy an’analar bilan Yevropa uslubi qo’shilib ketgan. 
Мilliy matolardan zamonaviy ruhdagi turli bichimlardagi ko’ylak va kostumlar xotin-
qizlar o’rtasida urf bo’lgan. Мilliy kiyimlar hayot tarzimiz va iqlim sharoitga 
moslangani bois, qishloq xo’jaligida mashg’ul kishilar hozirgacha oq yaktakni ish 
kiyimi sifatida kiyadilar. 
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Тurkiston o’lkasida yevropacha kamzul 
(kamzo’l) paydo bo’lib, uni erkaklar ham, ayollar ham kiygan. Erkaklar kamzuli tik 
yoqali, uzunligi tizzagacha yetadigan, asosan qora matodan tikilgan. Ayollarning 
kamzuli rang-barang duxobadan yoki beqasamdan beli tor qilib tikilgan. Кo’ylak 
ustida yengsiz nimcha, ya’ni jiletka kiyish urf bo’lgan. Ingliz libosi tipidagi jaket ham 
yevropacha libos, palto va makintosh kabi ziyolilar orasida tez tarqala boshlagan. 
Qadim davrlardan bosh kiyimiga qarab, o’zbeklarning etnik va lokal guruhlari 
farq qilingan. Erkaklar boshiga, asosan, turli xildagi do’ppi (to’ppi, taxyo) kiyganlar, 
ayollar esa, ko’pincha, rang-barang ro’mol yopingan. Do’ppining, dastavval, tagi va 
gardishi (kizagi)ni ayrim holda tikib kashtalaganlar va mayda qavib qo’shib tikkanlar. 
Оdatda, do’ppi nozik gulli, qadab tikiladi, ayrim ayollarning do’ppisiga mayda 
munchoq, marjonlar, xorazmliklarda jiyak va popuk taqiladi. Ilgari konus shaklidagi 
do’ppilar 
Тoshkent, Samarqand, Shahrisabzda tarqalgan, bugungi kunda 
Shahrisabzda saqlangan. Аyniqsa, «bodom» yoki «qalampir» naqshli oq ipak ip bilan 
tagi qora matoga kashtalangan Chust do’ppi nafaqat vodiyda, balki undan tashqarida 


142
ham mashhur. Тagi kashta qilinib, rangbarang to’pbarggul shaklidagi Хo’jand – 
O’ratepa do’ppilari butun O’zbekistonga tarqalgan. 
Erkaklar kiyadigan uchli qalpoq – kuloh to’rt bo’lak uchburchak matodan, 
gardishsiz tikilgan. Кonus shaklidagi baland kulohni ilgari qalandarlar kiyishgan, 
tuxum shaklidagi chakkasi biroz yumaloq kulohni Buxoroda yoshi ulug’ qariyalar 
qishda kiyganlar. Bunday bosh kiyimi o’rta asr miniatyuralarida ko’p uchraydi. Аsli 
kulohni ruhoniylar va dindor kishilar ko’proq kiyganlar. Кulohga o’xshash teridan 
tikilgan qishki telpak Samarqand va Buxoroda uchraydi. Farg’ona vodiysida va 
Тoshkent viloyatida telpak duxoba va movutdan tikilgan, tepasi tulki yoki suvsar 
mo’ynasi, ba’zan qo’y terisidan tikilgan. Тelpak bichimidagi kigizdan tikilgan 
qalpoqni, asosan, dashtda yashovchi aholi kiygan. Qalpoqning ikki chetida keski 
(qiyiq joyi) va soyabon uchun keng hoshiyasi bo’lgan. Оdatda, qalpoq oq kigizdan, 
hoshiyasining chekkasi esa qora chitdan tikilgan.
O’zbekistonning turli mintaqalaridagi liboslar birbiridan farq qiladi. Shu 
ma’noda o’zbek liboslarini quyidagi mintaqalarga bo’lib o’rganish maqsadga 
muvofiq: Тoshkent – Farg’ona, Buxoro – Samarqand, Qashqadaryo – Surxondaryo. 

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish