4.1. Drapirovkalarni tasvirlash. Drapirovkalardagi shakllarni hosil qilishdagi
asosiy usullar.
Mato farturasi bilan bir qatorda libos eskizini yaratishda drepirovka, burmalar va
taxlamalarni tasvirlash katta ahamiyat kasb etadi. Hayoldan yoki o’quv
106
mashg’ulotlarida natyurmort yoki interer, maniken yoki kiyimli inson gavdasidagi
turli matolarni (drapirovka) uning buklama va taxlamlarni xarakterli shakllarini
tasvirlash mahoratini rivojlantirish katta axamiyat kasb etadi . Turli davr
rassomlari asarlarida tasvirlangan matolarning burma va taxlamlari drapirovka deb
ataladi. Aniqrog’i, burama- bu matoni beixtiyor siqilishi natijasida matoning
yuzasida hosil bo’ladigan tartibsiz buklamalardir, drapirovka esa bezash
maqsadida ixtiyoriy tarzda buklamalarni bog’lash, tikish, taxlash va boshqa
uslublarda hosil qilinadi. Drapirovkalar haqida so’z borganda buklamlarning
(taxlamalarning) chizmatasvirda plastik ifodalash qonuniyatlari haqida gapirish
maqsadga muvofiq bo’ladi. Bir qarashda buralib-buralib ketuvchi shakllar ma’lum
qonun- qoidalar asosida, ma’lum ketma-ketlikda, qiziqarli, ritmik tarzda
takrorlanuvchi, chiroyli chiziqlar to’plamini hosil qilib, rassom uchun keng va boy
tasvirlash imkoniyatlarini ochadi. Drapirovka tasviriy san’atning ifoda
vositasidan biri bo’lib, jiddiy o’rganishni talab etadi. Chizmatasvir vazifalarni
bajarishda, o’quv qo’yilmalarga biriktirilgan drapirovkaning statik holatini, ya’ni
osig’liq yoki yotgan mato bo’lagini tasvirlashga katta e’tibor qaratilishi lozim
(natyurmort yoki inter’er, drapirovkalar bilan manikin yoki kiyimli inson).
Drapirovkani to’g’ri tasvirlash uchun, unda sodir bo’layotgan dinamik holatni aniq
tasavvur eta olishi kerak. Hajmli-fazoviy shakllarni “o’qiy” olib chizmatasvir
vositalari orqali grafik etyudga ko’chira olishi lozim. Matodagi tahlamlar mato
uzunligiga nisbatan kam masofada cho’zilgandada hosil bo’ladi. Mato xarakatdagi
kuchga bo’ysungan holda, fizik hususiyatlari ya’ni qaysi materialdan
ishlanganiga,qalinligi, xarakterli tuzilmasiga ko’ra bukiladi. Taxlamalarning
shakli mato xususiyatiga va turiga bog’liq. Yupqa va harir matolar mayda
taxlamlar, qalin va dag’allari esa katta va keng taxlamlar hosil qiladi,ya’ni turli hil
matolar g’ijimlanganda qarshilik ham har-xil bo’ladi.
Xozirgi kunda to’qimachilik matolarining ko'plab hillari mavjud, ular
o’zining elastiklik va taranglik darajasiga ega. To’qimachilik polotnolari
(gazlamaning qalinroq turi) dinamik ta’sir natijasida, boshqa matolarga qaraganda
tekis yumaloq shakldagi taxlamlarni hosil qiladi.
107
Drapirovka uchun xar-hil yuzalar hosil qiladigan matolar va to’qimachilik
gazlamalari ishlatiladi. Mato va gazlamalar o’zining fakturasi (o’ziga hoslik,
sifati)ga qarab farqlanadi. Ular tekis, silliq,tukli, paxmoq, yaltiroq yoki xira,jilosiz,
dag’al yoki yumshoq, zich yoki siyrak to’qilgan va hokazo bo’lishi mumkin. Shu
bilan birga mato va polotnolar bir qancha xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Bu
xususiyatlar mato va gazlamalarni tayyorlashda ishlatilgan tolalarining xossalariga
bog’liq. Shunday qilib, shoyi matolar yumshoq va yaltiroq, junlilari tukli, momiq,
jilosiz va xokazo. Yumshoq, yupqa matolar drapirovka uchun qulay
bo’lib,yumshoq bukilishlar beradi, zich va dag’allari esa uchli aniq burchakli
taxlamlar hosil qiladi. Drapirovka uchun matolar tanlashda bu xususiyatlarini
e’tiborga olish zarur, noto’g’ri tanlangan mato esa o’ylangan kompozitsiyada
mo’ljaldagi natijani bermasligi mumkin.
45- rasmda bir qancha drapirovkalarning kompozitsion yechimlari keltirilgan.
Kompozitsiya variantlarining biri bu, bir yoki ikki tayanch nuqtalariga osilgan
drapirovkalardir. Birinchi variantda bitta tayanch nuqtada osilib turgan drapirovka,
vertikal yo’nalishda konussimon shakl hosil qilgan. Ikkinchi variantda esa
drapirovka ikki nuqtaga osilgan bo’lib, u yoki bu tarafdan guruhlarga ajralgan
holda, to’g’ri tuzilmali yaxlit yoysimon taxlamlar hosil qilgan.
108
Do'stlaringiz bilan baham: |