Kostum va moda tarixi


V BO‘LIM. JANUBIY VA SHARQIY OSIYO



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

V BO‘LIM. JANUBIY VA SHARQIY OSIYO 
XALQLARI LIBOSI TARIXI
5.1. YAPONIYA KOSTUMI TARIXI
Yaponiya tasviriy san’atining qadimiy yodgorliklari dzyomon 
madaniyati davri (mil. avv. 8–1-ming yilliklar o‘rtalari)ga 
mansub bo‘lib, miloddan avvalgi I asrda tayyorlangan bronza 
buyumlar, sopol idish namunalari saqlangan. VI asrda buddizm 
tarqalishi munosabati bilan ibodatxonalar yaratildi va ular budda 
dinidagi mashhur personajlar tasvirlangan haykalchalar bilan 
bezatildi. Nara shahridagi Xoryudzi, Yakusidzi monastirlaridagi 
haykallar haykaltaroshlikning nodir namunalari sanaladi.  Ilk 
o‘rta asrlarda rangtasvir va haykaltaroshlikda portret janri, 
shuningdek, teatr niqoblari san’ati rivojlandi. Yaponiya 
rangtasviri buddizm hamda Xitoy san’ati ta’sirida taraqqiy etgan 
bo‘lsa-da, XI–XII asrlarda o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ega 
bo‘ldi. Bu davrda Fudzivara Takayosi, Fudzivara Nobudzane 
va Toba Sodzyo kabi rassomlar mashhur bo‘ldilar. Fudzivara 
Takanobuning «Minamoto Yoritoma portreti» yapon portret 
san’atining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan. 
XIV–XV asrlarda budda sektasining dzen maktablarida tush 
rangtasviri rivoj topdi. Dzyosetsu, Syubun, Toy Oda (Sessyu 
taxallusi bilan mashhur) kabi rassomlarning manzaralari aynan 
shu davrga oid.  XV asrda dunyoviy professional rangtasvir 
shakllandi. Kano maktabi (asoschisi Kano Masanobu) va Tosa 
maktabi (asoschisi Tosa Matsunobu) asarlarida xitoy mumtoz 
rangtasviri o‘z aksini topdi. XV–XVII asrlarda bezak yozuvi 
san’ati yuqori darajaga yetdi. XVII asr boshlarida yog‘ochga 
rangli gravyura ishlash san’ati – ukiyyoe  yapon  san’ati ning 
yetakchi turiga aylandi. San’atning ushbu turida Morono-
bu Xisikava, Xarinobu Sudzuki, Utamaro Kitagava, Xokusay 
Katsusika, Xirosige Ando kabi ustalar ijod qildi. XVII–XIX 


56
asrlarda miniatyura haykaltaroshligining o‘ziga xos turi va  
kiyimlar uchun tugmailgak bezaklar yasash rivojlandi. Yapon 
amaliy bezak san’atining kashtado‘zlik, mato to‘qish, loklan-
gan buyumlar tayyorlash, to‘r to‘qish turlari rivojlandi. XIX asr 
oxirlaridan Yevropa san’ati ta’sirida moybo‘yoq rangtasvir – 
«yoga» rivojlana boshladi (Asai Tyu, Kuroda Seyki va bosh-
qalar). Bu sohadagi rassomlar ijodida impressionizm, fovizm 
ta’siri yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu yo‘nalishda Umexara 
Ryudzaburo, Yasun Sotarolar muvaffaqiyatli ijod qildilar. 
XX asrning birinchi yarmida abstrakt san’at, ekspressio-
nizm, syurrealizm ta’siri seziladi. «Nixonga» rangtasvir usta-
lari Tomioka Tessey, Yokoyama Taykon, Takueti Seyxo kabilar 
milliy an’analar ruhida asarlar yaratdilar. 1920–1930-yillarda 
Okamoto Toki, Otsuki Gendzi, Yorimoto Sirin, Yanase Masamu, 
Sudzuki Kendzi kabi rassomlar samarali ijod qildilar. Ikkinchi 
jahon urushidan keyin rassomlar ijodidan ijtimoiy muammolar 
keng o‘rin oldi; ko‘p asarlar Xirosima va Nagasakidagi atom 
bombasidan halok bo‘lganlar fojiasiga bag‘ishlandi (Maruki 
Iri va Tosiko, Mita Gendziro, Sakurai Makoto, Fukuda Sinsey, 
Ono Tadasige, Ueno Makoto). Zamonaviy yapon tasviriy 
san’atida  grafika  demokratik  va  ommaviy  san’at  turi  sifatida 
mashhur. Taniqli rassom N. Xirayama ijodida Buyuk ipak yo‘li 
manzaralari muhim o‘rin tutadi. Tasviriy san’atda turli oqim va 
yo‘nalishlarning ko‘pligi ko‘zga tashlanib turadi.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish