Reja:
“Kosonsoy” sihatgohi
“Chortoq” sanatoriysi
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi soʻlim togʻ hududi
“Kosonsoy” sihatgohi
Kosonsoy sanatoriysi ko’p sohali ixtisoslashgan shifo maskani bo’lib, harakat-tayanch, yurak qon tomir, oshqozon-ichak a’zolari va asab tizimi kasalliklarini davolash uchun mo’ljallangan. Sihatgoh dengiz sathidan 943 metr balandlikda, Chotqol tog’ tizimlari etagida joylashgan. Yozda havoning o’rtacha harorati +20, +24, qishda esa -1,+1 daraja o’rtasida. Havoning nisbiy namligi yozda 40 foiz, qishda 60 foizni tashkil etadi.
“Chortoq” sanatoriysi
C hortoq sanatoriysi - yurak qon tomir, ovqat hazm qilish va harakat-tayanch a’zolari, asab tizimi, ginekologik va teri kasalliklari (psoraiz) bilan og’rigan bemorlar uchun shifobaxsh maskandir.
Surxon vohasining Boysun tumanida joylashgan «Omonxona» bal neologik shifo maskani ko’rkam imorati, qulay shart-sharoitlari va go’zal manzarasi, tabiiy shifo suvlari bilan ma’lum va mashhurdir. «O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan jahon talablari darajasida yangitdan qad rostlagan maskanda oshqozon-ichak, qandli dia¬bet, yurak-qon tomir, jigar, o’t, umurtqa pog’ona kasalliklari bilan og’rigan bemorlar shifo topishmoqda. Omonxona atrofidagi tog’ buloqdaridan chiqayotgan shifobaxsh suvi bilan mashhur. Mazkur buloq suvi tarkibida sul fat, magniy, azot ionlari mavjudligi qolaversa, kremniy kislotasi, temir, alyuminiy va boshqa ko’plab mikroelementlar ham bo’lib, sul fat va magniy ionlari me’yordagidan bir necha barobor ko’pligi uchun yuqori darajada o’t so’ruvchi, peshob xaydovchi hamda qon bosimini tushiruvchi xususiyatlarga ega.
«Sihatgoh» sanatoriy-profilaktoriy 50 o’rinli bo’lib, bu erda bir yil davomida 700 dan ziyod xodim sog’lomlashtiriladi. Davolanish va dam olish muddatlari 10 – 15 kundan iborat. Dam olish yo’llanmalardan foydalanish asosida tashkil etilgan. Bu shifo maskanida asosan yurak, asab, oshqozon-ichak, nafas olish organlari, xarakat a’zolari, urologik kabi kasalliklar davolanadi. Shuningdek, fiziote¬rapiya, uqalash, sauna, ingalyasiya, parafin, suv muolajalari (sirkulyar dush, «sharko», yomgirli, suv osti dush-massaji, vanna) orqali davolash, stomatologiya, tuzxona, jismoniy tarbiya xonasi, giyoxlar bilan davolash, muolaja xonasi mavjud bo’lib, malakali shifokor va hamshiralar dam oluvchilarga xizmat ko’rsatadilar.
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi soʻlim togʻ hududida 200 oʻrinli zamonaviy «Xoʻjaipok» sanatoriy-sogʻlomlashtirish va dam olish majmuasi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tantanali marosimda davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik vakillari, yoshlar va nuroniylar ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari 2018-yilning 19-20-yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida shifobaxsh suv manbaiga ega ushbu maskanda barcha sharoitlarga ega dam olish va sogʻlomlashtirish majmuasini barpo etish yuzasidan tegishli koʻrsatma bergandi. Shundan soʻng, amaliy harakatlar boshlanib, sanatoriy qurilishi uchun Jobu mahallasi hududidan 5 gektar yer maydoni ajratildi. Buyurtmachi etib Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining kapital qurilish boshqarmasi belgilandi, loyiha ishlari “Kasaba loyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyati unitar korxonasi tomonidan amalga oshirildi. Besh qavatli, koʻrkam va muhtasham inshootni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga qarashli “Kasaba qurilish taʼmir” shoʻba korxonasi bunyodkorlari tez fursatda barpo etishdi. Buning uchun Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 85 milliard soʻm mablagʻ sarflandi. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish va dam olish majmuasida 200 oʻringa moʻljallangan madaniyat saroyi, 10 ming kitob fondiga ega kutubxona, turli rangda jilolanadigan favvora ham bunyod etildi. Sanatoriyda 20 dan ortiq fizoterapevtik davolashga moslashtirilgan zamonaviy uskunalar, shuningdek, UZI, EKG va laboratoriya jihozlari oʻrnatilgan. Fitobar, yopiq basseyn mavjud. Bu yerda kardiologik, nevrologik, tayanch harakat, ginekologik, stomatologik, urologik va boshqa kasalliklarga davolanish uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Majmua ishga t ushishi bilan 150 ta doimiy ish oʻrni yaratildi.
Majmuaning tantanali taqdimot marosimida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, senator Qudratulla Rafiqov, Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov va boshqalar mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash, ularning munosib dam olishini tashkil etish, mavjud davolash profilaktika, sogʻlomlashtirish muassasalarida barcha qulayliklarni yaratish, bu borada xorijiy ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirishning ahamiyati haqida soʻzladilar.
Mutaxassislarning fikricha, bu yerdagi oltingugurt suvi oʻn beshdan ortiq ogʻir, oʻtkir va yuqumli kasalliklardan forigʻ boʻlishga yordam beradi. Tabiiy samarali vosita sifatida tayanch harakat tizimi, akusher-ginekologik kasalliklar, asab tizimi, jigar, buyrak, teri tanosil va boshqa xastaliklarni davolashga juda foydali.
«Xoʻjaipok ota» ziyoratgohi nomi bilan mashhur soʻlim maskanning yonidan oqib oʻtayotgan daryo va hududning tabiiy iqlim sharoiti sanatoriy kurort muassasalarini rivojlantirish, agro, tibbiyot va ziyorat turizmini keng yoʻlga qoʻyish uchun juda qulay. Bu yerdagi mineral shifobaxsh suv, musaffo havoda kislorodning koʻpligi, betakror togʻ tabiati kishini beixtiyor maftun etadi. Shu bois yoz mavsumida bu joylarga mamlakatimiz va xorijdan koʻplab mahalliy va xorijiy sayyohlar kelishadi, muqaddas qadomjoni ziyorat qilishadi. Endilikda ular zamonaviy maskanda malakali shifokorlar nazoratida qulay imkoniyat, shart-sharoitlardan foydalanishadi. Bu majmua dunyoda oltingugurtli suv bilan davolashga ixtisoslashgan beshinchi sanatoriyga aylandi.
Shuni ham aytish kerakki, «Xoʻjaipok» maʼdanli shifobaxsh suvi tuman markazigacha 26 kilometr masofaga plastik quvurlar orqali olib kelindi. Natijada tuman markazida yashovchi aholining ham endi shifobaxsh suvdan foydalanish imkoniyati yaratilib, odamlarning azaliy orzusi roʻyobga chiqildi.
Buloqlar, chashmalar — yer osti suvlarining tabiiy holatda yer yuzasiga chiqishi (quruqlikda yoki suv ostida). B. suvli qatlamlarni daryo vodiylari, jarliklar, koʻl choʻkmalari kesib oʻtishidan, tektonik yoriklar, otqindi va choʻkindi jinslar kontakt zonalari mavjudligidan, suvli jinslar filtratsiya xossasining bir xil emasligidan paydo boʻladi. B. 2 ga boʻlinadi: 1) qaynar B.— yer ostidan gidrostatik bosim, gaz va bugʻlar taʼsirida yer yuzasiga chiqadi. Fargʻona vodiysida (Shoʻrsuv, Jalolobod), Tojikistonda (Obigarm, Issiqbuloq) koʻp. Qaynar B. paydo boʻlish sharoitiga qarab erozion va gaz bosimliga boʻlinadi. Bu B. artezian suvli qatlamlarning erozion kesilishi, tektonik yoriklardan otilib chiqishi hamda jarlik, soy va daryo vodiylarining suvli qatlamlarni kesib oʻtishi natijasida paydo boʻladi. Bunday B. Buxoro va Qoraqum neftgazli r-nlarida uchraydi; 2) sokin B.— sizot suvli katamlarning oldini suv oʻtkazmaydigan jinslar toʻsib qolishi yoki ochilib qolishi, karst buloklarining yer yuzasiga chiqishidan hosil boʻladi. Karst B.ning kattalari koʻp suvli (voklyuz). Ayrim karst B.dan sek. iga 200—250 l suv chiqadi. Bunday B. Fargʻona vodiysi jan. da, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida koʻp, ulardan aholi keng foydalanadi. Bulardan tashqari sek.iga 1000—1100 l suv beradigan yirik B. ham bor. Oʻzbekistonda bunday B.lardan Qorabuloq (Qashqadaryo), Nurota va Deytbaland (Samarqand viloyati)da mavjud. B.dan chiqayotgan suvning oʻzgarishiga kura doimiy, davriy va oʻzgaruvchan, temperaturasi boʻyicha sovuq (0°—20°), issiq (20°—42°), qaynoq (40°—100°), juda qaynoq (100° dan ortiq) B.lar boʻladi. B.dan ekinlarni sugʻorishda, sanoatda, aholini suv bilan taʼminlash va davolanishda (Xoʻjaipok bulogʻi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida) foydalaniladi. Suvi ichiladigan va sugʻorishda foydalaniladigan B. Fargʻona, Zarafshon, Qashqadaryo, Nurota, Toshkent v ohalarining togʻ oldi joylarida koʻp.
Do'stlaringiz bilan baham: |