Koson tuman 59-umumiy o`rta ta`lim maktab pedagogika kengash va maxsus komissiyasining BAYONNOMASI № 4
25-aprel 2018-yil Koson tuman Oqsalla qishlog`i
Yig`ilish raisi: .Choriyeva
Kotibi: .Xudoyorova
Yig`ilishda maxsus komisiya a`zolarining 7 nafari ishtirok etdi.
Kun tartibi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta`limi xodimlari mehnatiga haq to`lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag`batlantirish to`g`risida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ 227-son hamda qarori vazirlar mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qarorini bajarish yuzasidan
Ko`riladigan masala
Koson tuman 59-maktabning tashkiliy va tarbiyaviy ishlarida samarali mehnat qilib yuqori natijalarga erishgan Yoshlar ittifoqi yetakchisini direktor jamg`armasi hisobidan rag`batlantirish to`g`risida
Eshitildi
Maktab rahbari H.Choriyeva so`zga chiqib O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta`limi xodimlari mehnatiga haq to`lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag`batlantirish to`g`risida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ 227-son qarori hamda Vazirlar mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga asosan direktor jamg`armasi to`g`risidagi nizomning 3-bandida umumta`lim muassasalari xodimlariga bir martalik mukofotlar to`lash va moddiy yordam ko`rsatish, o`quv jarayoniga qo`shgan shaxsiy hissasi, o`qitishda yuqori natijalarga erishganligini hisobga olib, direktor jamg`armasi hisobidan rag`batlantirish ta`kidlab o`tilgan. Maktab maxsus komissiya kotibi N.Xudoyorova Yoshlar ittifoqi yetakchisining ish faoliyati o`rganib chiqilganda yaxshi natijalarga erishganligini hisobga olib unga direktor jamg`armasidan rag`batlantirish berish lozimligini ta`kidladi.
Asamiddinov Furqat bir yildan buyon maktabda Yoshlar ittifoqi yetakchisi bo`lib ishlab kelmoqda. U ish faoliyati davomida maktabning jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. O`quvchilar bilan turli tadbirlar uyushtirib kelmoqda. Ularni tabiat qo`yniga, teatr va muzeylarga olib chiqadi. Yurtimiz tarixi tanishtirib, ulargta vatanparvarlik, mehnatsevarlik ruhini singdirmoqda. Maktab va tumanda bo`ladigan barcha tadbir va ko`rik tanlovalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
So`zga chiqdi:
Maktab kasaba uyushma qo`mita raisi Q.Baratova, maxsus komissiya a`zolari Y.Cho`lliyev, A.Yozubovlar so`z olib haqiqatdan ham yoshlar ittifoqi yetakchisi Asomiddin Furqat jamoat ishlarida tadbir va ko`rik tanlovlarda faol ishtirok etib, o`quvchilar davomatini yaxshilashdao`z hissasini qo`shib kelmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib maxsus komissiya yig`ilishi
Qaror qiladi:
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta`limi xodimlari mehnatiga haq to`lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag`batlantirish to`g`risida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ 227-son qarori hamda Vazirlar mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga asosan direktor jamg`armasi to`g`risidagi nizomning uchinchi bandi ijro uchun qabul qilinsin va Yoshlar ittifoqi yetakchisi F.Asomiddinov direktor jamg`armasidan rag`batlantirilsin.
Maxsus qarorni bajarilishini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.
Maxsus komissiya raisi: H.Choriyeva
Mas`ul kotib: Xudoyorova
A`zolari: Cho`lliyev
Yoqubov
Baratova
Xudoyberdiyeva
Atayeva
Koson tuman 59-umumiy o`rta ta`lim maktabi bo`yicha
buyruq № 2
25-aprel 2018-yil Koson tuman Oqsalla qishlog`i
Maktabda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 275-sonli qaror ijrosini ta`minlash to`g`risida
Maktabda faoliyat ko`rsatayotgan maxsus komissiya 2017-2018-o`quv yilining o`tgan davrida Yoshlar ittifoqi yetakchisining ish faoliyati o`rganib berilgan xulosaga tayangan holda
BUYURAMAN
Maxsus komissiya tomonidan 2017-2018-o`quv yilining o`tgan davrida yoshlar ittifoqi yetakchisining faoliyatini o`rganilganligini va xulosalanganligini ma`lumot uchun qabul qilinsin.
Ismi sharifi quyida ko`rsatilgan yoshlar ittifoqi yetakchisi 2017-2018-o`quv yilining o`tgan davrida ishda o`rnak ko`rsatganligi, maktab boshlang`ich tashkilot yoshlari uchun tashkil etilgan loyiha va festivallarda faol ishtirok etganligi, maktab yoshlarini har tomonlama qo`llab quvvatlayotgani, ularni davomatini yaxshilash va ittifoq faoliyatidagi samarali mehnatini hisobga olib ba`zaviy ta`rif stavkasi direktor jamg`armasi hisobidan belgilangan tartibda rag`batlantirish berilsin.
Asos: O`zbekiston yoshlar ittifoqi Koson tuman kengashi raisi A.Suyunovning tavsiyasi: № 02.06./113 19-aprel 2018-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |