Косая таблица вагонопотоковRefrijeratorli vagonlardan tashkil topgan yuk poyezdlari
Ilyosbek Kurs ishi
Har xil turdagi poyezdlarning yurish yo’li chizig’i turli ranglar bilan belgilanadi, ya’ni yo’lovchi poyezdlari qalin qizil chiziqlar bilan, yuk poyezdlari ingichka qora chiziq bilan, dispetcherlik lokomotivlarining o’zi ingichka uzuq chiziqlar bilan va hokazo.
Poyezdlar harakat grafigi quyidagi ketma-ketlikda tuziladi: avvalam bor yo’lovchi poyezdlari joylashtirib olinadi. Birinchi tezyurar, keyingi navbatda uzoq masofaga qatnovchi yo’lovchi poyezdlar joylashtiriladi, so’ngra grafikda mahalliy ishlarni bajaruvchi terma va boshqa poyezdlar joylashtiriladi. “O’zbekiston temir yo’llari” AJning tegishli boshqarmalari bilan yo’lovchi va tezlashtirilgan yuk poyezdlarining harakat jadvallari kelishib, tasdiqlangandan so’ng grafikda boshqa poyezdlarni joylashtirish davom ettiriladi. Qolgan poyezdlarni grafikda joylashtirish, jo’natish va pog’onali marshrutlarning yurish chiziqlarini joylashtirishdan boshlanadi. Grafikda qolgan poyezdlarni joylashtirish jarayonida oldindan joylashtirib olingan poyezdlar (yo’lovchi, tezlashtirilgan yuk, terma va hokozo) harakat chiziqlariga kichik o’zgartirishlar kiritilishiga ruxsat etiladi. Harakat grafigini ishlab chiqishning asosiy masalalaridan biri – yuk va yo’lovchi poyezdlari hamkorligini ta’minlash, yo’lovchi poyezdlarini to’g’ri joylashtirishdir. Poyezdlar harakat grafigini tuzishda quyidagilar ta’minlanishi lozim: 1) temir yo’llarning texnik vositalari (harakat tarkibi, o’tkazuvchanlik qobiliyati va boshqalar) dan samarali foydalanish; 2) poyezdlar harakatining yuqori tezliklari; 3) yo’lovchilar uchun oxirgi stansiyalardan poyezdlarni jo’natish va qabul qilishning to’g’ri va qulay vaqtini tanlash; 4) uzel stansiyalari bo’yicha harakat jadvallarini muvofiqlashtirish. Shu va boshqa talablarning bajarilishi yo’lovchilar uchun qulaylik yaratadi. Harakat grafigi tuzilganda, yuqori darajadagi poyezdlar uchastka tezligi va lokomotivlarning sutkalik o’rtacha bosib o’tgan masofasi ta’minlanishiga harakat qilinadi. Grafikda yuk poyezdlari sutkalik davrda bir tekis joylashtiriladi. Bu esa o’z navbatida, uchastkalarning o’tkazuvchanlik qobiliyatidan samarali foydalanishga sharoit yaratadi va poyezdlar harakati uchastka tezligining oshishini, lokomotivlar aylanmasining tezlashishini va stansiyalar ishining bir maromda bajarilishini ta’minlaydi. Yuk poyezdlarining yurish chiziqlarini joylashtirish bilan bog’liq omillar quyidagilar: 1) poyezdlar grafikda shunday joylashtirilishi lozimki, bunda poyezdlarni ajratish punktlarida kesishish va quvib o’tish amallari bo’yicha turish vaqtlari kichik bo’lsin; 2) texnik stansiyalardan jo’natiladigan ketma-ket poyezdlar orasidagi intervallar, chegaralovchi peregon grafik davriga mos bo’lishi, avtoblokirovka tizimi bilan jihozlangan uchastkalarda esa paketdagi poyezdlar orasidagi interval bilan mos kelishi; 3) quvib o’tish amallarini imkon qadar ikki yengil peregonlar orasidagi ajratish punktlarida amalga oshirish lozim. Chunki quvib o’tiladigan poyezd texnik sabablarga ko’ra to’xtashi mumkin. Kurs loyihasida B-V uchastkasi uchun to‘liq, A-B uchastkasi uchun esa, qisqartirilgan poyezdlar harakat grafigi tuziladi. Download 7,23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |