Statistik kuzatish aniqligi deyilganda statistik kuzatish ma'lumotlari bo'yicha aniqlangan biron-bir ko'rsatkich miqdorining amaldagi haqiqiy miqdoriga mos kelish darajasi tushuniladi. O'rganilayotgan belgining amaldagi va hisob-kitob miqdorlari o'rtasidagi farq kuzatish xatoligi deyiladi.
Jamlash to'g'risida: Statistik kuzatish ma'lumotlarini bir tizimga solish, qayta ishlash, umumlashtirish bosqichi jamlash va guruhlash deb yuritiladi. Statistik jamlash to'plangan ma'lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko'zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |