Korxonaning mehnat resurslari



Download 294,74 Kb.
bet3/3
Sana20.03.2022
Hajmi294,74 Kb.
#503370
1   2   3
Bog'liq
2 5217586950478762897

Nominal ish xaqi - xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun xisoblangan va to‘langan ish xaqidir.
Real ish xaqi - nominal ish xaqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori: real ish xaqi - nominal ish xaqining "iste’mol qobiliyati"dir.
Korxonalarda ish xaqi soxasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:
  • adolatlilik, ya’ni bir xil mehnat uchun bir xil xaq to‘lash;
  • bajarilayotgan ishning murakkabligi va mehnat malakasi darajasini xisobga olish;
  • mehnatning zararli sharoitlari va og‘ir jismoniy mehnatni xisobga olish;
  • sifatli, sidqidildan mehnat qilishni rag‘batlantirish, yo‘l ko‘yilgan yo‘qotishlar yoki o‘z majburiyatlariga mas’uliyatsiz yondashishni moddiy jazolash;
  • mehnat unumdorligi sur’atini o‘rtacha ish xaqining o‘sish sur’atlariga nisbatan tezrok o‘stirish;
  • ish xaqi miqdorini inflyasiya sur’atlariga mos ravishda muvofiklashtirish;
  • mehnatga xaq to‘lashning korxona extiyojlariga to‘liq javob beruvchi ilg‘or shakl va tizimlarini qo‘llash.

Mehnatga xaq to‘lashning usullari

  • Mehnatga ishbay - mukofotli xaq to‘lashda ishchi bajargan ishiga xaq olishdan tashkari, mukofotga ham ega bo‘ladi. Mukofot asosan ma’lum bir ko‘rsatkichlarga erishish - maxsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, maxsulot sifatini oshirish, xomashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi.
  • Mehnatga vaqtbay xaq to‘lash tarif tizimida ko‘zda tutiluvchi ishlab berilgan vaqt - kalendar vaqt emas, balki me’yoriy vaqt uchun to‘lanadigan xaqni anglatadi. Vaqtbay - mukofotli xaq to‘lashda ishchi ishlab bergan vaqtiga xaq olishdan tashkari, ushbu ish xaqiga ma’lum bir foiz xisobida mukofot xam oladi.

5. Ishlab chiqarish resurslarining o‘zaro ta’sir mexanizmi

Korxonaning yaqin va uzoqdagi maqsadlarini aniqlash istiqbollar (maqsadlar bo‘yicha boshqarish) - bu menejmentdagi asosiy narsa.


Moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish maqsadlarga minimal xarajatlar va maksimal darajada erishishni o‘z ichiga oladi, guruhni boshqarish jarayonida amalga oshiriladigan samaradorlik, hamkorlik qiluvchi odamlar (kompaniya xodimlari) o‘z harakatlarini ularga yo‘naltiradi, ularning ishlashi uchun tegishli motivatsiya asosida umumiy maqsadlarga erishish.
Ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishning eng muhim masalalari:
1. Ishlab chiqarish jarayonlaridagi ayrim jarayonlarni operatsiyalarga ajratish va ularni sex, ishlab chiqarish uchastkalari, ishchi o‘rinlarga biriktirish.
2. Sex va ishlab chiqarish uchastkalari maydonlariga dastgoxlarni ishchi o‘rinlarga mos xolda joylashtirish.
3. Mehnat qurollarini ishlab chiqarish jarayonidagi operatsiyalar bo‘yicha kuzatish tartibini belgilash hamda ishlab chiqarish jarayonlarining to‘lik yoki bir qismi maromini xisoblash.
4. Belgilangan texnologik jarayonlar va ularning o‘zaro bog‘likligi, mehnat qurollari xarakati maromi va tartibiga kat’iy rioya qilish.
5. Korxona va ularning ishlab chiqarish bo‘limlarida ishlab chiqarish jarayonlarini borishini nazorat qilish va operatsion boshqarish.
6. Ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarish jarayonlari maromi buzilgan uchastkalarga tadbiq qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish samaradorligini korxonada mavjud bo‘lgan dastgoxlar, mexanizmlar va texnologik jarayonlar darajasida bir turdagi (unifikatsiyalangan) detallar va uzellardan maxsulot ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish xisobiga oshirish mumkin. Bu xattoki mayda seriyali va yakka tartibdagi ishlab chiqarish turiga seriyali va ommaviy ishlab chiqarishni qo‘llashga sharoit yaratadi.
Download 294,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish