Korxonaning ichki va tashqi muhiti



Download 0,6 Mb.
Sana11.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#340595
Bog'liq
Informatika 1

Axborotni fan uchun ahamiyati, xususiyatlarini tushuntirish

Reja :

  • Axborotni fan uchun ahamiyati.
  • Axborotni xususiyatlari.
  • Elektron hisoblash mashinalarining rivojlanish tarixi.

Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit, ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elementlar (ob'ektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo’lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma'lum bo’lgan shaxar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning xar biri tizimga qo’yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya'ni, xar biri uziga xos yagona maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat.

Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi kursatilgan xolda tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan.

Informatikada «tizim» tushunchasi ko’prok texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murag’kab ob'ektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Tizim» tushunchasiga «axborot» so’zining qo’shilishi uning belgilangan funktsiyasini va yaratilish maqsadini anik aks ettiradi.

Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.

Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat uz boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy muhim axamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish xam murag’kablashadiki, o’z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag’batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik.

Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog’langan. To’g’ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob'ektiga yo’naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yo’nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi xisobot axboroti oqimida o’z aksini topadi.

Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma'lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlash bo’yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o’zaro aloqasi ob'ektning axborot tizimini tashkil etadi.

Axborot tizimlari nafaqat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish (sun'iy intellekt usullari, ekspert tizimlari va xokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiyalar), yalpi va lokal xisoblash tarmoklari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish xisobiga boshqaruv ob'ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo’llaniladi.

Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma'lum.

Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma'lumotlarni qayta ishlash funktsiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi.

Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma'lumotlarni qayta ishlashning barcha funktsiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).

Qo’llanish sohasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:


  • ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish;
  • loyixalashtirishni avtomatlashtirish;
  • tashkiliy jarayonlarni boshqarish;
  • texnologik jarayonlarni boshqarish.

  • Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarishda axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni taxlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo’ljallangan.

    Loyixalashtirishni avtomatlashtirishda axborot tizimlari yangi texnika (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va muhandis loyihachilar mehnatini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan.

    Tashkiliy boshqaruvda axborot tizimlari — shaxslar funk­tsiyalarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Bu sinf­ga ham sanoat (korxonalar), xam nosanoat ob'ektlari (bank, birja, sug’urta kompaniyalari, mexmonxonalar va xokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.

  • Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o’z ichiga oladi:
  • • Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr.
  • • Mexanik mashinalar davri.
  • • Elektron mexanik mashinalar davri.
  • • Elektron hisoblash mashinalari davri.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov A “Microsoft Access bilan dastlabki tanishuv”

TDYuI 2005

2. Anatoliy Xomokenno “Microsoft Access 2002” Ekspress kurs Peterburg 2005

3. “Uchebnik po Access” Sostavitel'. Djalilov M.L. TATU FF-2006

4. Informatika 2003 Alekseev A.P. M: SOLON-Press 2003



5. Informatika va xisoblash texnikasi Xolmatov T va boshkalar T.: Uzb. M.E 2001

6. Axborot tizimlari va texnologiyalari S.S. Gulomov, va boshqalar T: «Shark» 2000
Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish