Agar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobining u yoki bu usullarini mustaqil ishlab chiqadigan bo‘lsa, u holda auditor ularning buxgalteriya hisobiga oid me’yoriy hujjatlarda belgilangan qoida va talablarga mos kelishini tek-shirishi lozim.²isob siyosati to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) mazmunining amaldagi me’yoriy hujjatlarga nomuvofiqligini test sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Bunday nomuvofiqlikning sabablaridan biri me’yoriy hujjatlar o‘zga-rishi bilan bog‘liq tuzatishlarning o‘z vaqtida qilinmasligi hisoblanadi.

Ayrim hollarda nomuvofiqlik buyruq (farmoyish)ning matnidagi noaniqliklardan ham kelib chiqadi. CHunonchi, korxonaning tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasini tan olish shartlarini tanlashda tanlangan usulni buyruqda «jo‘natili-shiga qarab» yoki «to‘lanishiga qarab» degan jumlalar bilan ifodalash bilan chegaralanib qolinadi. Bunda uning «soliq-qa tortish maqsadida» tayinlanishi tushirib qoldiriladi.
«²isob siyosati va moliyaviy hisobot»nomli №1 B²MS ga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan hisob siyosatini shakllantirish chog‘ida tanlangan buxgalteriya hisobi usullari tegishli tashkiliy-farmoyish hujjatlari rasmiylashtirilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan qo‘llani-ladi. ²isobot yili davomida yangidan tashkil etilgan xo‘ja-lik yurituvchi sub’ektlar bundan mustasnodir.
aim.uz
Mablag‘larni asosiy vositalar qatoriga kiritishga doir tavsiyalardagidan farq qiladigan chegaralar belgilanish hol-lari mavjud bo‘lsa, korxona ularni hisob siyosatida ko‘rsa-tishi lozim. Arzon baho va tez eskiradigan buyumlar qatoriga kiradigan mulklar miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, hisobot dav-ri sarflarining summasi shuncha yuqori va foyda kam bo‘ladi, mos ravishda to‘lanadigan soliq miqdori ham kamayadi.

Auditor yuqorida keltirilgan masalalar qanchalik ishonchli va to‘liq ochib berilganligini, shuningdek, faoliyat predmeti taqozo etadigan, daromad yoki operatsion daromad sifatida turkumlangan daromadlarni tan olish to‘g‘risidagi qarorlar nima bilan izohlanishini aniqlashi lozim. Bunda auditor korxonada hisob siyosatini qabul qilish chog‘ida «faoliyat predmeti» to‘g‘risidagi masalani hal etishda qabul qilingan omillarni (muhimlik, muntazamlik va shunga o‘xshash) e’tiborga oladi.
SHunday qilib, buxgalteriya hisobotining ishonchliligini tasdiqlovchi auditorlik xulosasi hisob siyosati to‘g‘ri-sidagi axborotlarga ham bir xilda taalluqli bo‘lishi lozim. Buxgalteriya hisobotiga berilgan tushuntirishlarning korxonadagi haqiqatan foydalanilayotgan buxgalteriya hisobini yuritish usullariga nomuvofiqligi aniqlanganida auditorlik hisobotining xotima qismida maxsus izohlar berilishi zarur.