Aylanma mablag’larni normalashtirish korxonaning uzluksiz ishlashi ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag’larini aniqlashda ifodalanadi. U ichki zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish tsikli davomiyligini qisqartirish va tayyor mahsulotni tezroq sotish imkon yaratadi. Biroq amaliyotda korxonalarning barcha aylanma mablag’lari ham normalashtirilmaydi. SHu sababli aylanma mablag’lar normalashtiriluvchi va normalashtirilmaydigan turlarga taqsimlanadi va ular hozirgi bozor munosabatlari sharoitlarida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Normalashtiriluvchi aylanma mablag’lar qatoriga korxona omborlaridagi ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, unchalik qimmat bo‘lmagan predmetlar va jihozlar), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr harajatlari va ombordagi tayyor mahsulotlar kiritiladi. Normalashtirilmaydigan aylanma mablag’lar, bu – haridorlarga berib yuborilgan tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag’laridir. Korxonalar faoliyatida barcha aylanma mablag’lar salmog’ida 70-80%ni tashkil qiluvchi normalashtiriluvchi aylanma mablag’lar asosiy o‘rin tutadi. Aylanma mablag’larni normalashtirish tejamkorlik rejimiga rioya qilish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi. Resurslarni normalashtirish jarayonida aylanma mablag’larning norma va normativlari belgilanadi. - Aylanma mablag’larni normalashtirish korxonaning uzluksiz ishlashi ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag’larini aniqlashda ifodalanadi. U ichki zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish tsikli davomiyligini qisqartirish va tayyor mahsulotni tezroq sotish imkon yaratadi. Biroq amaliyotda korxonalarning barcha aylanma mablag’lari ham normalashtirilmaydi. SHu sababli aylanma mablag’lar normalashtiriluvchi va normalashtirilmaydigan turlarga taqsimlanadi va ular hozirgi bozor munosabatlari sharoitlarida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Normalashtiriluvchi aylanma mablag’lar qatoriga korxona omborlaridagi ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, unchalik qimmat bo‘lmagan predmetlar va jihozlar), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr harajatlari va ombordagi tayyor mahsulotlar kiritiladi. Normalashtirilmaydigan aylanma mablag’lar, bu – haridorlarga berib yuborilgan tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag’laridir. Korxonalar faoliyatida barcha aylanma mablag’lar salmog’ida 70-80%ni tashkil qiluvchi normalashtiriluvchi aylanma mablag’lar asosiy o‘rin tutadi. Aylanma mablag’larni normalashtirish tejamkorlik rejimiga rioya qilish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi. Resurslarni normalashtirish jarayonida aylanma mablag’larning norma va normativlari belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |