SHuni qayd qilib o‘tish muhimki, korxonaning aylanma mablag’lari bir vaqtning o‘zida uchala bosqichda ham pul mablag’lari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko‘rinishida mavjud bo‘lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag’lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko‘zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag’lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag’larning yetishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. - SHuni qayd qilib o‘tish muhimki, korxonaning aylanma mablag’lari bir vaqtning o‘zida uchala bosqichda ham pul mablag’lari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko‘rinishida mavjud bo‘lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag’lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko‘zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag’lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag’larning yetishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
4.Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish - SHakllanish manbaiga ko‘ra, aylanma mablag’lar xususiy va qarzga olingan turlarga bo‘linadi. Xususiy aylanma mablag’lar doimo korxona ixtiyorida bo‘lib, xususiy resurslar, asosan foyda hisobiga shakllanadi. Korxonaning xususiy aylanma mablag’lari qatoriga ish haqi bo‘yicha qarzlar, ta’minotchilar yoki hamkorlar qarzlari, buyurtmachilarning tayyorlangan mahsulot uchun to‘lagan pullari kabilarni kiritish mumkin. Bu mablag’lar xususiy mablag’larga tenglashtirilgan mablag’lar yoki korxonaning barqaror passivlari deb ataladi. Karzga olingan aylanma mablag’lar doimo harakatda bo‘lmaydi hamda korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarish dasturini oshirib bajarish va boshqa vaqtinchalik ehtiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi. Ular qatoriga bank kreditlari, kreditorlik qarzlari (tijorat kreditlari) va boshqa passivlarni kiritish mumkin. Aylanma mablag’larni boshqarish mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda aylanma mablag’lardan iloji boricha kamroq foydalanishda ifodalanadi. Bu esa korxona aylanma mablag’lari aylanishining barcha bosqichlarida mos ravishda minimal, lekin yetarli tarzda ratsional taqsimlanishi zarurligini anglatadi. Bu vazifa o‘z navbatida moddiy resurslar zahiralari va harajatlarini normalashtirish tufayli muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |