Aylanma mablag’larning to‘liq aylanish muddati qanchalik kichik yoki bu aylanishlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag’lar shunchalik kam talab qilinadi va aksincha, aylanma mablag’lar qanchalik tez aylanishda bo‘lsa, shunchalik samarali ishlatiladi. Bugungi kunda aylanma mablag’larda, ayniqsa, korxonalarning moddiy-tovar boyliklarida band bo‘lgan yirik miqdordagi pul mablag’lari ularning to‘liq saqlanishiga ehtibor qaratish, ulardan maqsadlarga muvofiq va samarali foydalanish, shuningdek, ularning aylanishini tezlashtirishni talab qiladi. Korxonalar oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi: - Aylanma mablag’larning to‘liq aylanish muddati qanchalik kichik yoki bu aylanishlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag’lar shunchalik kam talab qilinadi va aksincha, aylanma mablag’lar qanchalik tez aylanishda bo‘lsa, shunchalik samarali ishlatiladi. Bugungi kunda aylanma mablag’larda, ayniqsa, korxonalarning moddiy-tovar boyliklarida band bo‘lgan yirik miqdordagi pul mablag’lari ularning to‘liq saqlanishiga ehtibor qaratish, ulardan maqsadlarga muvofiq va samarali foydalanish, shuningdek, ularning aylanishini tezlashtirishni talab qiladi. Korxonalar oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi:
fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini keng qo‘llash; ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jihatdan asoslangan norma va normativlar tizimini yaratish; korxonalarni uzoq muddatli xo‘jalik aloqalari yuritishga o‘tkazish va kooperatsiya qilishni rivojlantirish; mahsulotlar, moliyaviy, moddiy va kuch-quvvat resurslarining sifat balansini tuzish; boshqarish tizimini tashkil etishning va rag’batlantirishning optimal shakllarini qo‘llash. Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish uchun kurashda har bir korxona ularning ishlab chiqarish va muomalada bo‘lish muddatini qisqartirishga erishishi zarur. Gap shundaki, aylanma mablag’larning muomala sohasida sekin harakatlanishi korxonaning bu vositalardan ishlab chiqarishda foydalanishda erishgan yutuqlarini yo‘qqa chiqarishdan tashqari, ularning umumiy aylanishini ham sekinlashtirishi mumkin. SHu sababli tayyor mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishni tezlashtirish yoki mahsulotni realizatsiya qilish muddatini qisqartirish ham aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirishning muhim yo‘li hisoblanadi. - fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini keng qo‘llash; ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jihatdan asoslangan norma va normativlar tizimini yaratish; korxonalarni uzoq muddatli xo‘jalik aloqalari yuritishga o‘tkazish va kooperatsiya qilishni rivojlantirish; mahsulotlar, moliyaviy, moddiy va kuch-quvvat resurslarining sifat balansini tuzish; boshqarish tizimini tashkil etishning va rag’batlantirishning optimal shakllarini qo‘llash. Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish uchun kurashda har bir korxona ularning ishlab chiqarish va muomalada bo‘lish muddatini qisqartirishga erishishi zarur. Gap shundaki, aylanma mablag’larning muomala sohasida sekin harakatlanishi korxonaning bu vositalardan ishlab chiqarishda foydalanishda erishgan yutuqlarini yo‘qqa chiqarishdan tashqari, ularning umumiy aylanishini ham sekinlashtirishi mumkin. SHu sababli tayyor mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishni tezlashtirish yoki mahsulotni realizatsiya qilish muddatini qisqartirish ham aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirishning muhim yo‘li hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |