Korxona aylanma mablag’laridan samarali foydalanish uchta asosiy ko‘rsatkichni tavsiflaydi: 1)aylanish koeffitsienti; 2)aylanma mablag’larning yuklanish koeffitsienti; 3)vositalarning bir marta aylanishi davomiyligi. Aylanish koeffitsienti korxona aylanma mablag’larining ma’lum bir vaqt (yil, chorak) davomida amalga oshiruvchi aylanishini tavsiflaydi yoki aylanma mablag’larning har 1 so‘miga to‘g’ri keluvchi sotilgan mahsulotlarni ko‘rsatadi. U quyidagi formula asosida hisoblab topiladi: Ka = Rm : Sa

Bu yerda:Rm –sotilgan mahsulot hajmi, pul o‘lchovida; Sa – aylanma mablag’larning o‘rtacha qoldiq hajmi, pul o‘lchovida (aylanma mablag’lar normativi). Misol. Korxonaning bir yil mobaynida sotilgan mahsulotlari hajmi 800 mln so‘mni tashkil qiladi. Bu holda aylanma mablag’lar normasi 200 mln so‘mni tashkil qiladi. Demak Ka = 4,4 (880:200). Aylanma mablag’larni yuklanish koeffitsienti aylanish koeffitsientiga teskari bo‘lgan qiymatdir. U sotilgan har 1 so‘m mahsulotga sarflangan aylanma mablag’larni tavsiflaydi hamda quyidagi formula asosida hisoblab topiladi: Kyu = Sa : Rm Bir marta aylanish davomiyligi kunlarda o‘lchanadi hamda shu davrdagi kunlar sonini aylanish koeffitsientiga nisbati orqali quyidagi formula asosida hisoblanadi: T = D : Ka Bu yerda:D - shu davrdagi kunlar soni (360, 90).