2. tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar – bu, ishlab chiqarish jarayonida foydalanishga topshirilgan hamda ishlov berish va yig’uv jarayonida bo‘lgan, lekin ishlab chiqarish jarayoni to‘liq tugallanmagan hamda ushbu korxonada keyinchalik ishlov berilishi lozim bo‘lgan mehnat predmetlari; 3. kelgusi davr harajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash va o‘zlashtirish harajatlari (masalan, asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish, mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va loyihalashtirishga sarflanuvchi harajatlar va boshqalar). Aylanma ishlab chiqarish fondlari alohida tarkibiy qismlari yoki elementlari o‘rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi o‘zaro munosabatlar aylanma ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini tashkil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlari o‘rtasidagi xuddi shunday foizlardagi munosabatlar korxona aylanma mablag’larining tuzilmasi deb ataladi. Ishlab chiqarish zahiralari aylanma ishlab chiqarish fondlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti, ayniqsa, barcha resurslar taqchilligi sharoitlarida ishlab chiqarish zahiralarining haddan tashqari oshirib yuborilishi korxona iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qilishidan tashqari, resurslarni “bog’lab” qo‘yadi hamda ularning yo‘qotilishiga olib keladi. SHu sababli aylanma mablag’lar hajmini optimallashtirish va ularni mahsulot ishlab chiqarish dasturlariga mos holga keltirish korxonaning tejamkorlik rejimida faoliyat yuritishi katta ahamiyatga ega bo‘lad